Alisher navoiy nomidagi


II. BOB. ZULFIYA IJODIDA VATAN VA HIJRON MOTIVI



Yüklə 238,56 Kb.
səhifə4/6
tarix15.07.2022
ölçüsü238,56 Kb.
#62783
1   2   3   4   5   6
302.Yuldasheva Nilufar. Kurs ishi Zulfiya she\'riyati

II. BOB. ZULFIYA IJODIDA VATAN VA HIJRON MOTIVI
2.1. Zulfiya ijodida vatan madhi

Shoira Zulfiya ham barcha shoir va shoiralar kabi vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, ishq-muhabbat ruhi bilan sug‘orilgan mavzularda ijod qildi. Ijodining asosi Vatanga bo‘lgan muhabbat, uning go‘zalligi, tabiat manzaralari, vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi mavzular bilan boyib bordi. Bu davrda shoiraning obrazli tafakkurda qanchalik kamolga erishganini uning ,,Hayot varaqlari“ to‘plamidan joy olgan ,,Mening Vatanim“ sheʼri misolida ko‘rish mumkin:

Bog‘laring gullarga burkangan bahor,
Ilk sevgi qalbimga kirdi yashirin.
Salqin kechalarni o‘tkazib bedor,
Toshqin suvlaringga aytdim ishq sirin.

Bu sheʼriy satrlar shoiraning ilk sheʼrlaridan bo‘lib, Vatan go‘zal-ligi tavsifini oshiqlar ko‘zi bilan sodda til va samimiylik ila ona-Vatanning go‘zal taʼrifini keltiradi. Hayot shunday go‘zal va lazzatbaxsh. Shoirani maftun qilgan narsa ham ana shu – ona-Vatanning beqiyos go‘zal tabiati-yu, bag‘ri issiq ekani. Sheʼrning har bir satri jo‘shqinlik ruhi bilan sug‘orilganligi ham ana shundan.


Men shunda tug‘ildim, ko‘rdim dunyoni,
Hayotga ilk qadam qo‘yganman shunda.
Tilim nutq topdi, ko‘zim dunyoni,
Mehr va erk bilan yashadim kunda.

Vatan mavzusini yoritishda shoira rang-barang badiiy-tasviriy vositalardan unumli foydalanib, mavzuning turli-tuman yangi tomonlarini kashf etadi:

Go‘dak tushunchamda Vatan deb bildim,
Ko‘zni qamashtirgan ko‘m-ko‘k bog‘ingni.
Ko‘rganda qirg‘oqdan ketolmay qoldim,
Oyga ko‘zgu bo‘lgan sof bulog‘ingni.
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Yerdan bosh ko‘targan har bir giyoga,
Bog‘bon muhabbati, mehri-la boqdim.
Har g‘unchang, har guling ko‘zim erkalab,
Men g‘amsiz, alamsiz qo‘shiq-la oqdim.

Bu sheʼr shoiraning yoshlik chog‘ining gullagan, bokiralik ruhi bilan sug‘orilgan davrini esga soladi. Bu ona-Vatan tabiatining shoirona his etib, yurak harorati bilan kuylangan ajoyib satrlardir. Bunda shoiraning peyzaj (manzara) yaratish mahoratining rivojlanib borayotganini aniq his etsa bo‘ladi. Shoira hayotga hayrat, jo‘shqinlik bilan boqib, his-tuyg‘ularini go‘zal tashbehlar bilan aks ettira boshlaganini ko‘rish mumkin.


Аmmo, endigina ozod diyorimizda zavq-la hayot nashidasini surayotgan xalqimizning turmushiga 1941 yil, 22 iyunga o‘tar kechasi qo‘qqisdan boshlangan Ikkinchi jahon urushi raxna soldi. Hayot lazzatlaridan hayratlanish, mehnatdagi jo‘shqinlik o‘rnini dushmanga nisbatan nafrat, g‘azab egalladi. Urushning to‘foni – olimu ijodkor, barcha mehnat ahlining qo‘liga qurol berib kurashga chorladi. Zulfiya bilan bir safda ijod qilayotgan bir guruh ustoz ijodkorlar ham qalam o‘rniga qo‘liga qurol olib, jangga otlandi. Bir guruh ijodkorlar esa garchi o‘zlari front orqasida bo‘lsalar ham ularning butun fikri-zikri frontga – jang maydoniga, mard jangchilarimiz taqdiriga, g‘alaba mavzuiga qaratildi. Ular yaratgan yuzlab asarlar o‘z o‘quvchilarini Vatanga muhabbat, dushmanga nafrat va g‘alabaga ishonch ruhida tarbiyalashga xizmat qildi. Zulfiya ham ijodkorlar do‘stlari safida turib urushning birinchi oylaridayoq biri otasini, biri o‘g‘lini, biri og‘a-inisini, biri sevimli yorini frontga kuzatib, ular o‘rnida kunni tunga ulab mehnat qilayotgan o‘zbek ayollarining lirik obrazini yaratishga kirishadi. Shoiraning 1942-yil kuzida yozilgan ,,Hijron“ sarlavhali sheʼrida hijronning achchiq damlarida orzu-umidini so‘ndirmagan yosh kelin obrazini ko‘ramiz:

...Yorim, sevar yorim jo‘nadi jangga,


Mening yuragimga tushdi hijron-dog‘.
Men sevgan dildorningsevgan yurti bor,
Ishq doim erk uchun hijronga rozi.
Bu hijron mangumas, visoli ham bor –
Qahraton qishlarning bo‘lganday yozi.

Shoiraning lirik qahramoni ijtimoiy hayotning faol ishtirokchisi. U kunduzi front uchun ishlaydi. Mehnatning mohiyatini chuqur tushunadi. Qilayotgan g‘ayrati jang maydonlarida jon olib, jon berayotgan sevimli yoriga madad bo‘layotganini yaxshi biladi. Аmmo tunlari-chi... uyqusiz hijron tunlarida shirin xayollarga beriladi. Bu hol muallif xayollarida ham yuz beradi. Shularni o‘ylagan lirik qahramon ham, uning fikrlarini tasdiqlagan shoira ham

Bu hijron mangumas, visoli ham bor –
Qahraton qishlarning bo‘lganday yozi
deb, qalb qumsashlariga, xayollarga taskin beradi.
Urush davri Zulfiyaning maʼnaviy dunyosi hissiyotlar bilan boyib boradi, bu hissiyotlar badiiy obrazlarda ifodalash mahorat manbaiga aylanadi:

O‘sha o‘tli daryo zo‘r to‘lqinida


Totli bir lazzatda par kabi oqdim.
Yurak kuyga kirdi ishq yolqinida,
Shu ishq kitobiga ilk marta boqdim.

Urushdan avval ishq kitobining sahifasi shunday lazzatbaxsh edi, davomi undan ham shirinroq. Аmmo urush... urushning dahshatli kunlaridan, tunlari xayol olib qochishlaridan lirik qahromonning qalbi yonsa-da, chidashga majbur. Urushning og‘ir kunlari birma-bir o‘taveradi, muhabbat cho‘g‘i esa sovimaydi, balki, aksincha kuchayadi, jamiki yor xotiroti bilan bog‘liq bo‘lgan narsalar yodga va tilga kelaveradi. Yor xayoli bilan visol orasida hijron jilva qilib turaveradi. Bunday vaqtda tunlarni bedorlikda o‘tkazayotgan lirik qahramon – yorini urushga kuzatgan yosh ayol, – g‘alaba damlarini orziqib kuta-kuta qo‘liga igna oladi, o‘z dardini xirgoyi qilib, palak tikish bilan mashg‘ul bo‘ladi:

Uni tikaverdim, kechalar bedor,
Qarshimda surating, tortdim qatimni.
Xayolimda sensan doim aziz yor,
Ishqing bilan chekdim sevgim xatini.

Bu satrlarda uyqu qochgan uzun tunlarda yorini o‘ylab palak tikib o‘zini ovutgan muqaddas va samimiy pok yor obrazi gavdalanadi.


Umuman olganda, Zulfiyaning urush yillarida yaratilgan ana shunday o‘nlab sheʼrlarida hijron azobini chekayotgan o‘zbek xotin-qizlarining haqqoniy obrazi yaratilganini ko‘rish mumkin.


Yüklə 238,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin