Alisher navoiy nomidagi


I.1. “Qisasi Rabg'uziy” asari va uning janriy tarkibi



Yüklə 72,03 Kb.
səhifə4/9
tarix08.05.2023
ölçüsü72,03 Kb.
#109683
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Rahmatullayeva Nozima kurs ishi Qissasi Rabg`uziy

I.1. “Qisasi Rabg'uziy” asari va uning janriy tarkibi.
Rabgʻuziy (taxallusi; asl ismsharifi Nosiriddin Burhoniddin oʻgʻli) (13-asr oxiri — Xorazmning Rabotoʻgʻuz mavzei — 14-asr boshlari) — turkiy shoir.
Rabotoʻgʻuzda qozilik qilgan. Sharq xalqlari ogʻzaki ijodini, ayniqsa, rivoyatlarni, avliyo-anbiyolar toʻgʻrisidagi qissalarni chuqur oʻrgangan. Oʻzi ham koʻpgina ibratli hikoyatlar, qissalar yozgan. Turkiy xalqlar adabiyoti tarixida birinchilardan boʻlib nasrda rivoyatlardan hikoyat, hikoyatlardan qissa yaratishni boshlab bergan. Bizgacha "Qisasi Rabgʻuziy" (1309—10) asarigina yetib kelgan. Asar musulmon moʻgʻul beklaridan Nosiriddin Toʻqbugʻaning topshirigʻi bilan yozilgan. Kitob turkiy tilda, asosan, nasrda, madhiyalar, baʼzi qissalarning xulosalari, lirik kechinmalar va xotima qismi esa nazmda yozilgan. Qurʼoni karimdagi baʼzi lavhalar, islomga oid boshqa kitoblardan va Abu Ishoq Nishopuriyning "Qisas ul-anbiyo"sidan ayrim faktlar asarga asos qilib olingan. Asar anʼanaviy hamd va naʼt bilan boshlanadi, soʻng uning yozilish sababi, muallif haqida maʼlumot beruvchi qisqa soʻzboshi, keyin esa qissalar keladi. Jami 72 qissadan iborat. Mavzu doirasiga koʻra, asar qissalari juda rang-barang. Olamdagi butun mavjudot egasi boʻlgan Allohni ulugʻlash, paygʻambarlar hayotiga doir lavhalarni eslash, kamtarinlik va takabburlik, otaona va farzand munosabatlari, erk va adolat mavzulari shular jumlasidandir. Qissalar hajmi turlicha: Mas, Yusuf haqidagi qissa salkam 100 sahifani tashkil kilsa, Lut haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat. Qissalarda real hayot voqealari bilan bogʻliq mavzular ham uchraydi. Qissalar bayonida, personajlar tasvirida xalq ogʻzaki ijodining bevosita taʼsiri seziladi. Asarda maʼrifiy-didaktik hikoyatlar ham mavjud (Luqmon hikoyasi va boshqalar), qissalardagi hikoyatlarga dunyoviy ruh ham singdirilgan (Yusuf qissasi va boshqalar). R.ning bu asari oʻzbek adabiyotida badiiy nasr yodgorligining yetuk namunasi hamda 13—14-asrlar eski oʻzbek adabiy tilini oʻrganishda asosiy manba sifatida ahamiyat kasb etadi. Qissaning 15-asrga oid qoʻlyozmasi Londondagi Britaniya muzeyida, 16-asrda koʻchirilgan nusxasi Sankt-Peterburgda, 19-asrda koʻchirilgan qoʻlyozma, shuningdek, bosma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. №1025, 7397, 1874) saqlanadi. Qissayi rabguziy o`zbek so`z sanatining ajoyib obidasi hisoblanadi.Unda anbiyolar-payg`ambarlar xayotidan xikoya qiluvchi qadimiy sharq qissa va afsonalarini qayta ishlab, manzarali lavxalar,jonli tasvirlar, xiyla pishiq his-hayojon,kechinmalarga boy obrazlar hosil etgan.Asarda etiqod va imonga sodiqlik,pok insoniy axloqning badnaflik,xirsiy xasad,qonxo`rlik va noxaqliklar ustidan bo`lgan galaba tasvirlangan.
XIII-XIVasrlar adabiyotinig eng yirik vakili bo`lgan mumtoz adabiyotimiz tarixida alohida e`tirof etiladigan adibimiz Nosiruddin Rabg`uziyning hayoti va ijodi haqida bizgacha juda kam ma’lumot yetib kelgan. Rabg‘uziy (taxallusi; asl ism-sharifi Nosiriddin Burhoniddin o‘g‘li) XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida Xorazmning Raboti o’g’uz degan joyida yashab ijod qilgan. Bu hozirgi Bog’ot tumanining “Qizilrabot” qishlog’iga to’g’ri keladi. Ushbu qishloq tuman markazidan 20 km sharqda Hazorasp tumaniga 7 km yaqinlikda joylashgan. Bizgacha uning “Qissasi Rabg’uziy”dan boshqa asari ma’lum emas. Mazkur kitobda u o’zi haqida musulmonlarga xos kamtarinlik bilan “...bu kitobni tuzgan, toat yo’lida tizgan, masnaviyat xiyobonin kezgan, oz ozuqliq, ko’p yozuqlik Raboti o’g’uz qozisi Burhon o’g’li Nosiruddin ...” deb yozadi. Rubg’uziy taxallusi ham u yashagan joy nomi bilan bog’liq. Yetuk ulamo va diniy oilada tarbiyalangan Nosuriddinning o’z zamonasida taniqli tarixchi, yetuk shoir va iste’dodli tarjimon sifatida tan olinganligidan dalolat beruvchi bir talay yordamchi manbalar mavjud.
Raboti o‘g‘uzda qozilik qilgan. Sharq xalqlari og‘zaki ijodini, ayniqsa, rivoyatlarni, avliyo-anbiyolar to‘g‘risidagi qissalarni chuqur o‘rgangan. O‘zi ham ko‘pgina ibratli hikoyatlar, qissalar yozgan. Turkiy xalqlar adabiyoti tarixida birinchilardan bo‘lib nasrda rivoyatlardan hikoyat, hikoyatlardan qissa yaratishni boshlab bergan. Asar muqaddimasida aytilishicha, qo‘lyozma Xorazmda Raboti o‘g‘uz degan joyning qozisi Burhonuddin o‘g‘li Nosiruddin tomonidan musulmon dinini qabul qilgan, e’tiborli mo‘g‘ul beklaridan hisoblangan Nosiruddin To‘qbug‘aning iltimosiga ko‘ra, hijriy 709 (milodiy 1309–1310) yilda yozilgan. Nosiruddin Rabg‘uziy asarni deyarli bir yillik tinimsiz mehnatdan so‘ng hijriy 710-yilning Hut (milodiy 1310-yil 21-fevral-21-mart) oyida nihoyasiga yetkazadi. Bu haqida qo‘lyozmaning so‘zboshisida ya’ni, Rabg‘uziyning o‘zi tomonidan yozilgan birinchi kitobdagi muqaddimada keng qamrovli sharh berilgan. Shuningdek, muallif ikkinchi kitobning she’riy xulosasida ham uni qachon yozganligini ifoda etadi. “O‘zgalar dunyo lazzati deb, qimmatbaho toshlardan mol dunyo yiqqanida, xushmanzara joylarda ko‘ngil ochib yurganida men so‘zdan gavhar-u dur tuzdim”, deb bashorat qiladi. Darhaqiqat, ushbu kitob o‘lmas ganjina bo‘lib, asrlardan asrlarga, xalqlar tilidan o‘zga xalqlar tiliga o‘tib kelyapti. Rabg‘uziy uni shunday ifoda etadi:
O‘zgalar ko‘p olamunchoq tuzdilar el tizginib,
Man guvar, dur, yinju tuzdim, kezmadim yobon yozi.
Yetti yuz o‘n erdi yilg‘akim bitildi bu kitob,
Tug‘mish erdi ul o‘g‘urda Hut saodat yulduzi.
Darhaqiqat, allomaning o‘zi aytganidek, asarni dur-u gavharga qiyos etgulik. Ayni paytda bu kitobni butun jahon ahli o‘qib o‘rganayotganligi buni tasdiqlaydi.
Asosan payg’ambarlar hayotini hikoya qiluvchi bu asarning o’ziga xos yaratilish tarixi bor. Musulmon Sharqida bu mavzuda “Qisas ul-anbiyo” (“Payg’ambarlar qissasi”) nomi bilan mashhur ko’plab asarlar yaratilgan. Lekin, asarda yozilishicha, ularning “bazisi mustaqim (to’g’ri, haqiqiy) bor, bazisi nomustaqim. Bir onchasi (bir qanchasi) muqarrar (puxta, tugal) va bir onchasi mubattar (notugal) bor. Shuning uchun ham bek To’qbo’g’a adibdan “o’qimoqg’a keraklik, o’rganmakka yarog’liq” payg’ambarlar qissalaridan iborat asar yozib berishini so’ragan edi. Mazkur vazifani ulkan salohiyat, katta mahorat bilan uddalagan adibning asari “Qissasi Rabg’uziy” yoki “Qisas ul-anbiyoi turkiy” nomi bilan shuhrat topdi va yaratilgandan to bugungi kungacha sevilib o’qib kelinmoqda. Kitob turkiy tilda, asosan, nasrda, madhiyalar, ba’zi qissalarning xulosalari, lirik kechinmalar va xotima qismi esa nazmda yozilgan. Qur’oni karimdagi ba’zi lavhalar, islomga oid boshqa kitoblardan va Abu Is’hoq Nishopuriyning «Qisas ul-anbiyo»sidan ayrim faktlar asarga asos qilib olingan. Asar an’anaviy hamd va na’t bilan boshlanadi, so‘ng uning yozilish sababi, muallif haqida ma’lumot beruvchi qisqa so‘zboshi, keyin esa qissalar keladi. Jami 72 qissadan iborat. Qissalar hajmi turlicha: Masalan, Yusuf haqidagi qissa salkam 100 sahifani tashkil qilsa, Lut haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat.
Qissaning XV asrga oid qo‘lyozmasi Londondagi Britaniya muzeyida, XVI asrda ko‘chirilgan nusxasi Sankt-Peterburgda, XIX asrda ko‘chirilgan qo‘lyozma, shuningdek, bosma nusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Qadimiy turkiy tilni o‘zida ifoda etgan bebaho durdona ikki kitobdan iboratdir. Sobiq sovetlar davrida hayoti va ijodi o‘rganilishi taqiqlangan allomaning ushbu asari mustaqillik sharofati va tariximizga munosabat o‘zgarganligi tufayli darsliklardan o‘rin oldi. Masalan, 9-sinf adabiyoti majmuasiga Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziyning mashhur asarlaridan namunalar kiritilgani buning isbotidir.
Asarning eng qadimiy qo‘lyozmasi XV asrda ko‘chirilgan bo‘lib, u Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Ushbu nusxaning faksimelisi mashhur matnshunos K. Gronbek tomonidan 1948-yili Kopengagenda nashr qilingan. Qarangki, bizning kitobxonlarimizga o‘qish ta’qiqlangan kitob, o‘sha davrda Yevropada keng tarqalgan va qiziqish bilan o‘qilgan.
Rabg‘uziy asarining qo‘lyozma nusxalaridan eng mo‘tabarlaridan yana biri Rossiya Sharqshunoslik institutining Sank-Peterburg bo‘limida S-245 inventar raqami bilan saqlanayotgan nusxasi bo‘lib, u XV yoki XVI asrda ko‘chirilgan deb taxmin qilinadi.
“Qisasi Rabg‘uziy”ning boshqa nusxalari keyingi davrlarda ko‘chirilgan bo‘lib, bularning leksikasi vaqt taqozosiga ko‘ra o‘zgarib borgan. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida yodgorlik Toshkent, Qozon shaharlarida litografiya asosida bir necha marta nashr qilingan. Asarning to‘la teksti ilk marta rus turkshunos olimi N. I. Ilminskiy tomonidan 1859-yili Qozon shahrida e’lon qilingan. Bu nashr nisbatan keyinroq ko‘chirilgan nusxaga asoslangan bo‘lib, til jihatdan asl nusxadan ancha farq qiladi.
XIX asr oxirlari va XX asrning boshlarida “Qisasi Rabg‘uziy”ning ayrim parchalarining ruscha tarjimasi, ba’zi lingvistik sharhlar bilan P. M. Melioranskiy, S. YE Milov, N. F. Katanov, N. F. Ostroumov kabi olimlar tomonidan o‘quvchilar hukmiga havola qilingan. Olimlarning asarga bo‘lgan e’tiborining o‘zi ham bu asarning katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib turibdi. Ayniqsa, ushbu asar milliy kitobatimiz tarixining durdonasi ekanligi bilan ham katta ahamiyatga ega.
Nosiruddin Burxonuddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asari mustaqilligimiz sharofati va bir guruh olimlarimizning sa’y-harakati bilan kitob javonlarimizdan o‘rin oldi. Asarning eng qadimiy qo‘lyozmasi bo‘lmish, XV asrda ko‘chirilgan, Britaniya muzeyida saqlanayotgan nusxaning faksimilesi ya’ni mashhur matnshunos K. Gronbek tomonidan 1948-yili Kopengagenda nashr qilingan faksimile-“Qisasi Rabg‘uziy” kitobini tayyorlovchilar – filologiya fanlari nomzodlari Abdullo Yunusov, Hamidullo Dadaboyev tomonidan asos qilib olingan. “Yozuvchi” nashriyotida 1990-yil chop etilgan kitobga filologiya fanlari doktori, professor Ergash Fozilov so‘zboshi yozgan. Oyatlar, hadislar, arabiy she’rlarni hozirgi o‘zbek tiliga filologiya fanlari nomzodi Yusufxon Shokirov tarjima qilgan.


Yüklə 72,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin