Alisher Navoiyga


Farobiy (taxallusi; toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə7/9
tarix16.05.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#114540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
buyuklar ёзувсиз

Farobiy (taxallusi; toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon Forobiy) (873, Farob shahri — 950, Damashq) — Oʻrta Osiyoning mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun „al Muallim assoniy“ („Ikkinchi muallim“, Aristoteldan keyin), „Sharq Arastusi“ nomlariga sazovor boʻldi. Farobiy Sirdaryo sohilidagi Farob (Oʻtror) degan joyda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topadi. Oʻsha davrda Movarounnahrda somoniylar sulolasi hukmronlik qilayotgan edi. Boʻlajak faylasuf boshlangʻich bilimini Oʻtrorda olgandan soʻng, oʻqishini Toshkent, Samarqand va Buxoroda davom ettirdi. Farobiy ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bagʻdodga yoʻl oladi. Olim yoʻl-yoʻlakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va boshqa joylarda boʻladi. Bagʻdodda Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar toʻplangan edi. Bu yerda koʻzga koʻringan olim-u fuzalolar bilan tanishdi, yunon falsafiy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini oʻrgandi. Masalan, Abu Bashar Matta ibn Yunusdan (870—940) yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Hiylondan (860—920) esa tibbiyot va mantiq ilmini oʻrgandi. Baʼzi tarixiy manbalarda keltirilishicha, Farobiy 70 dan ortiq tilni bilgan.
Olim 941 yildan Damashkda muhtojlikda kun kechira boshlaydi. Shunga qaramay, ilm bilan shugʻullanadi, falsafa va boshqa fanlar sohasida tadqiqot ishlari olib boradi. U Aleppo (Halab) hokimi Hamdamid (hukmronlik yillari 943—967) iltifoti va hurmatiga erishadi. U olimlarning homiysi sifatida tanilgan edi. Hokim Forobiyni oʻz saroyiga taklif etadi, lekin, u saroyga bormasdan, erkin hayot kechirishni maʼqul koʻradi. Shunga qaramasdan, allomaning Halabdagi hayoti sermahsul boʻldi, bu yerda oʻzining koʻplab asarlarini yozdi. Forobiy 949— 950 yillarda Misrda, soʻngra Damashqda yashaydi va shu yerda umrining oxirgi kunlarini oʻtkazadi. U Damashqsagi „Bob assagʻir“ qabristoniga dafn etilgan.



Muhammad Yusuf (asl ism-sharifi Yusupov Muhammadjon; 1954-yil 26-aprel, Marhamat tumani — 2001-yil 29-iyul, Ellikqalʼa tumani) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1998). Muhammad Yusuf 1954-yilning 26-aprelida Andijon viloyatining Marhamat tumani Qovunchi qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. Rus tili va adabiyoti instituti(hozirgi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti)ning rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1978).
Respublika kitobsevarlar jamiyati (1978-1980), „Toshkent oqshomi“ gazetasida (1980-1986), Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti (1986-1995)da turli lavozimlarda ishlagan. 1995—1997-yillar „Tafakkur“ jurnalida boʻlim mudiri, 1997—2001-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Muhammad Yusufning dastlabki sheʼrlari „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ haftaligida bosilgan (1976). Shundan boshlab respublika matbuotida uning sheʼr, ocherk va maqolalari muntazam ravishda chop etila boshlagan. Muhammad Yusuf Oʻzbekiston xalq shoiri unvoni va Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan. Muhammad Yusuf ijodi ayni gullab yashnagan paytda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanida sheʼriyat muxlislari bilan uchrashish maqsadidagi ijodiy safarida 2001-yil 29-iyulda vafot etgan. Andijonda dafn etilgan. Toshkent shahri va Marhamat tumanidagi koʻchalardan biri, shuningdek, Andijon shahridagi bolalar kutubxonasi va Marhamat tumanidagi ijod maktabi Muhammad Yusuf nomi bilan ataladi.



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin