Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini o‘rganish. Maqsad: Buyuk daho Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni haqida ma`lumot, doston tahliliga oid ilmiy – metodik fikrlar bayoni, IX sinfda dostonni o‘rganilishiga oid ayrim mulohazalar.
Darsning metodi: O‘qituvchining ma’ruzasi, suhbat, ifodali o‘qish, ko‘rgazmalilik, ilmiylik.
Ko‘rgazmalilik: “Farhod va Shirin” dostoni haqidagi miniaturalar va rasmlarni namoyish etish.
Darsning borishi: O‘tgan darsda o‘tilgan Alisher Navoiyning hayoti, ijodiy faoliyati va “Xamsa” asarini yaratilishiga oid savollarni o‘rtaga tashlash, o‘quvchilar bilimini aniqlash:
a) o‘qituvchining “Farhod va Shirin” dostoni haqidagi kirish so‘zi, adabiyotshunos olimlarning doston haqidagi ilmiy talqinlari;
b) “Farhod va Shirin” dostoni mazmunini bayon etish;
d) doston haqida o‘quvchilar taassurotini aniqlash.
Badiiy asar tahlili haqida ma’lumot. Navoiy yaratgan bog‘ning kishini hayratga soluvchi gulshani bu uning “Farhod va Shirin” dostonidir. Adib ushbu asarni yozishga kirishar ekan, bu ko‘hna sharq afsonasini yangi mazmun bilan boyitib, unga yangicha ruh va bo‘yoq berishga jazm qilganini aytadi va shunday yozadi:
Oni nazm etki, tarhing toza bo‘lg‘ay,
Ulusqa mayl beandoza bo‘lg‘ay.
Yo‘q ersa nazm qilg‘onni xaloyiq,
Muqarrar aylamak sandin na loyiq”.
O‘qituvchining Alisher Navoiyning “Xamsa” asari, undagi “Farhod va Shirin” dostonini haqidagi kirish so‘zi. Alisher Navoiy “Xamsa”sini tashkil etgan asarlar o‘rtasida “Farhod va Shirin” dostoni alohida ajralib turadi. Ulug‘ shoir bu dostonni qadimgi Sharq adabiyotida uzoq tarixa ega bo‘lgan Farhod afsonalari, Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy kabi Sharq adabiyotining mumtoz so‘z san’atkorlari yaratgan “Xusrav va Shirin” dostonlarining hayotiy traditsiyalarini davom ettirgani, boyitgani holda yangi, mustaqil syujet, g‘oya va obrazlarga ega bo‘lgan asar sifatida ishladi. Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” dostonining muqaddima boblarida bu masalalarga mufassal to‘xtalib o‘tadi. “Xusrav va Shirin” manzumasini Sharq adabiyotida birinchilardan bo‘lib keng epik planda ishlab shuhrat qozongan ulug‘ ozarboyjon shoiri Nizomiy Ganjaviy, Hindistonda fors-tojik adabiyotiga asos solgan iste’dodli qalam sohibi Xusrav Dehlaviy nomlarini hurmat bilan tilga oladi. Ular tomonidan amalga oshirilgan ijodiy ishning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. “Farhod va Shirin”ning maydonga kelishi esa bu silsila tarixida yangi bosqich bo‘ldi. Shunga ko‘ra ham Sharq adabiyotida Farhod qissalari tarixini kuzatish bu bilan birga ulardan har birining o‘ziga xos takrorlanmas fazilatlarini ta’kidlash jihatidan juda muhimdir.
“Farhod va Shirin” 1484-yilda yozilgan bo‘lib, 54 bob (5782 bayt)ni o‘z ichiga oladi. Shundan o‘n bir bob muqaddima, ikki bob xotima, qolgan qirq bir bob esa doston voqealarining asosini tashkil qiladi. Muqaddimaning dastlabki boblari hamd, na’t va bir qator bag‘ishlovlardan iboratdir. Keyingi bir necha bobda esa Navoiy dostonning yozilish sabablariga batafsil to‘xtalib, Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Ashraf kabi shoirlarning “Xusrav va Shirin” yaratish borasidagi tajribalarini tilga oladi. Mohiyat jihatidan bir butunlikni tashkil qilgan bu boblarda Navoiyning “Hayrat ul-abror”dan keyin “yana bir kon” qazishga ─ Farhod qissasini yaratishdek katta ijodiy ishga kirishganligini aytadi. Alisher Navoiy Nizomiy va Xusrav Dehlaviy kabi ustodlar qadam qo‘ygan ijod maydoniga kirib, ular bilan bellashish ─ “Xusrav va Shirin”larga javob yozishning naqadar mushkulligini chuqur his qilgani holda ish boshlaydi.
“Layli va Majnun” Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang: Layli va majnun (maʼnolari).
Layli va Majnun (arab. مجنون و ليلى („Majnun va Laylo“)) fors-turkiy romantik dostonidir. Chunki bu dostonlarni dastlab fors tarixiy asari „Shohnoma“da (Firdavsiy), keyinchalik shoir Nizomiy Ganjaviyning „Xusrav va Shirin“ dostonida va buyuk turkiy shoir Alisher Navoiyning beshligi boʻlmish ''Xamsa"sida uchraydi. Voqeiy boʻlmish bu hikoya Navoiyning ''Xamsa"sida Qays ibn al-Mulavvo ismli arab yigitining Layli ismli qiz bilan ishqiy munosabatlari yoritiladi. Oʻgʻlining bu qizga uylanishiga qarshi chiqqan otasining tazyiqlari va ayriliq tufayli Qays aqldan ozib, devona boʻladi („majnun“ va „jinni“ "dali'' soʻzlarining oʻzagi bir).