137. “Aqliy hujum” usulining qanday shakllari bor? *a) yozma va og`zaki
138. Birinchi marta chinakam milliy asoslardagi maktab adabiyot dasturi qachon tuzilgan? *a) 1991 yilda
139. Adabiyot faniga oid kompetensiyalar qaysilar? *a) Adabiy nutqiy kompetensiya, badiy asarni tahlil qilish kompetensiya
140. O`quvchilarda xususiy va tayanch kompetensiyalarni shakllantirishda ularning qiziqish va ehtiyojini o`rganishda o`qituvchi tomonidan qanday tashxis o`tkaziladi? *a) Pedagogik
141. Rivojlantiruvchi ta`lim texnologiyasining yetakchi tamoyillaridan moslanuvchanlik tamoyilining qulayligi nimada? *a) ta`lim shakli, usuli va usullarining turli ta`lim muassasalarida qo`llanuvchanligida
142. Fikrlarning sabablarini aytib, turli misollar orqali umumlashtiruvchi texnologiyaning nomi nima? *a) “FSMU”
143. Ta`lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish, hamda ularning yechimini topish bo`yicha ko`nikmalarini shakllantirishga qaratilgan usul qaysi? *a) “muammoli vaziyat” usuli
144. Biror muammo bo`yicha ta`lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to`plab, ular orqali ma`lum bir yechimga kelinadigan usul qanday nomlanadi? *a) “aqliy hujum” usuli
145. Milliy asoslardagi maktab dasturiga mos darsliklar qachon yaratilib, maktab amaliyotiga joriy etildi? *a) 1993 yilda
146. Dars mavzusini savol-javoblar orqali o`zlashtirish mashqi qanday nomlanadi? *a) Matbuot konferensiyasi darsi
147. O`quvchilarning bir nechta guruhlarga bo`linib vazifalar bajarishini tashkil etish orqali bilimlarni mustahkamlash mashqini ko`rsating. *a) Guruhlarda ishlash darsi
148. A.Navoiy nomidagi O`zbek tili va adabiyoti universiteti O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qaysi sanadagi Farmoni asosida tashkil etilgan? *a) 2016-yil 13-may