Alkenlar
Alkenlar – tarkibida qoʻshbogʻ boʻlgan toʻyinmagan uglevodorodlar. A.ning juda koʻp
molekulalari oʻzaro birikib (polimerlanish reaksiyalariga kirishib), yuqori molekulali birikmalar hosil
qiladi. Koʻpgina muhim polimerlar (polietilen, polipropilen, polistirol, poliizopren) shu yoʻl bilan
olinadi (qarang Toʻyinmagan uglevodorodlar).
Olefinlar (frans. defi ant — moy hosil qiluvchi, lot. oleum — moy va facio — qilyapman), alkenlar
— toʻyinmagan uglevodorodlarning gomo-logik qatori, umumiy formulasi SpN2p. Zanjiri ochiq
boʻlib, bitta qoʻsh boglidir. Atsiklik birikmalarga ki-radi. O.ning eng oddiy vakili etilen SN2=SN2
boʻlganligidan ular etilen uglevodorodlari deb ham ataladi. Etilen va uning yaqin gomologlari
(propilen SN2=SN—SN3, butenlar S4N8, amilenlar S5N|0 va boshqalar) koʻpincha alki-lenlar deb
yuritiladi. O. Jeneva no-menklaturasiga muvofiq tegishli toʻyingan uglevodorodlarning nomiga
qarab ataladi, faqat "an" qoʻshimcha oʻrniga "en" qoʻllaniladi va zanjirdagi qoʻshbogʻ oʻrni
raqamlar bilan koʻrsatiladi. Butendan boshlab O. qatorida struktura izomeriyasi mavjud; bundan
tashqari, molekulasida qoʻshbogʻ borligidan O. geometrik izomerlar holida ham boʻlishi mumkin
(qarang
Izomeriya
). O. fizik xossasiga koʻra, toʻyingan uglevodorodlardan kam farq qiladi.
Ularning qaynash temperaturasi alkanlarga Karaganda ancha past, zichligi esa bir-muncha
yuqori. Kuyi O. (S2N4 dan S4N8 gacha) gaz, keyingilari S]8N36 gacha su-yuklik, undan yuqorisi
qattiq moddalardir. Barcha O. rangeiz, suvda de-yarli erimaydi, spirtda oz eriydi, uglevodorod va
efirlarda yaxshi eriydi. O.ning qoʻshbogʻiga vodorod, galo-genlar, vodorod-galogenidlar, suv
osonlikcha birikadi (bunda moysimon suyuklik hosil boʻladi; O.ning nomi ham shundan olingan). O.
oson izomerlanib, polimerlanib va sopolimerlanib qimmatbaho mahsulotlar hosil qiladi (qarang
Poliolefinlar
,
Polietilen
,
Polipropilen
,
Poliizobutilen
). Yuqori alkillanish qobiliyati O.ning muhim
xossasi hisoblanadi (qarang
Izooktan
). O. sanoatda, asosan, neftni qayta ishlash mahsulotlari va
tabiiy gazlardan olinadi. O.ning kimyoviy reaksiyalarga kirishish xususiyati yuqoriligi, arzonligi
Soʻnggi tahrir 4 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
tufayli ulardan neft-kimyoviy sin-tezda plastmassalar, sintetik kauchuklar, kimyoviy tolalar va
boshqa muhim sanoat mahsulotlari olishda foydalaniladi.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Kimyoga oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?ti
tle=Alkenlar&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Alkenlar&oldid=2393187
" dan
olindi
Manbalar