Alkenlar mavzusini o‘qitishda "F. S. M. U" Metodini qo‘llash f. S. M. U. Metodi



Yüklə 9,05 Kb.
tarix27.03.2023
ölçüsü9,05 Kb.
#90306
Alkenlar mavzusini o‘qitishda F. S. M. U Metodini qo‘llash f.


ALKENLAR MAVZUSINI O‘QITISHDA "F.S.M.U" METODINI QO‘LLASH
F.S.M.U. METODI
F.S.M.U. metodining tavsifi: Bu metod mashg’ulotda o’rganilayotgan mavzuning muhokamasi jarayonida unga doir masalalar bo’yicha talabalar o’z fikrlarini bayon qilishlari, shu fikrlarni asoslovchi sabablarni ko’rsatishlari, ularni tasdiklovchi misolllarni keltirishlari va pirovardida umumlashtiruvchi xulosalar chiqarishlarini o’rgatish va mashq qildirish metodidir.Bu metod talabalarni erkin fikrlashga, o’z fikrini himoya qilishga va boshqalarga o’z fikrini o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga, bahs-munozara madaniyatiga, shu bilan bir qatorda, talabalar tomonidan o’quv jarayonida egallangan bilimlarni tahlil etishga va o’zlashtirish darajasini aniqlashga, baholashga o’rgatadi.

FSMU metodining umumiy sxemasi:

F – fikringizni bayon eting;
S – fikringizni asoslovchi sabab ko’rsating;
M – ko’rsatgan sababingizni tasdiqlovchi misol keltiring;
U – fikringizni umumlashtiring.
Alkenlar
To’yingan ochiq zanjirli uglevodorodlardan ikki vodorod atomiga kam bo’lgan, shuning hisobiga molekulasida bitta qo’shbog’ saqlaydigan uglevodorodlar alkenlar deyiladi. Alkenlar yana etilen qatori uglevodorodlari yoki olefinlar deb ham nomlanadi. Ularning gomologik qatorining umumiy formulasi CnH2n bo’lib, birinchi vakili C2H4. Alkenlardagi s-orbitallar soni vodorod atomlari soniga teng, jami bog’lar soni 3n ga teng, shundan σ-bog’lar soni 3n-1 ga teng, molekulasida 2 ta uglerod sp2 gibridlangan, n-2 ta uglerod esa sp3 gibridlangan.
Nomenklaturasi:Alkenlar sistematik nomenklaturaga muvofiq to’yingan uglevodorodlar singari ataladi, bunda alkanlardagi “an” qo’shimchasi o’rniga “en” ishlatiladi va qo’shbog’ o’rni ko’rsatiladi. Zanjirdagi qo’shbog’ o’rnini ko’rsatish uchun uglerod atomlari raqamlanadi. Raqamlash zanjirning qo’shbog’ yaqin turgan uchidan boshlanadi:
Zanjir tarmoqlangan bo’lsa, u holda uglerod atomlarining eng uzun zanjiri raqamlanadi. Bunda raqamlash zanjirning qo’shbog’ yaqin turgan uchidan boshlanadi:
To’yinmagan uglevodorodlar to’yinmagan radikallar hosil qiladi. Ular ko’pincha tarixiy nom bilan ataladi. Masalan, etilendan hosil bo’ladigan radikal vinil, propilendan hosil bo’ladigan radikal (CH2 = CH - CH2­ -) allil deyiladi.
Alkenlarning bir xil stereoizomeri yuqori temperaturada ikkinchi xil izomerga aylanishi mumkin. Temperatura yuqori bo’lganda molekuladagi qo’shbog’ning (π-bog’) energiyasi zaiflashadi. Uglevodorod molekulasida uglerod atomlarining soni ortishi bilan izomerlar soni ham orta boradi.
FSMU metodini amalda qo’llash namunasi:
O’qituvchi quyidagiga o’xshagan vazifalar yozilgan tarqatma materiallarni oldindan tayyorlab, mashg’ulot vaqtida kichik guruhlarga yoki alohida talabalarga tarqatadi.
Topshiriq."Nima sababdan alkenlarda stereoizomeriya mavjud?"

F-_________________________________________________

S-_________________________________________________

M-________________________________________________



U-_________________________________________________

O’qituvchi vazifani bajarish uchun vaqtni belgilab e’lon qiladi. Vazifalarni bajarish vaqtida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Talabalar o’zlariga berilgan vazifani bajarib bo’lgandan so’ng, ularning umumiy muhokamasini tashkil qiladi. Vazifani eng yaxshi bajarganlar rag’batlantiriladi.
Yüklə 9,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin