Klassik iqtisodiy o’sish modellarining keynscha modellardan asosiy farqi mehnatning kapital bilan qurollanganlik koeffitsientini tabiatidadir. uzluksiz yoki nouzluksiz variantlarda yozilishi mumkin. Kapital bilan qurollanganlik koeffitsienti ishlab chiqarishda band bo’lgan bir ishlovchiga to’g’ri keladigan asosiy kapital qiymatini ko’rsatadi.
Agar iqtisodiy o’sishning keynscha modellarida bu koeffitsient o’zgarmas miqdor bo’lsa, klassik modellarda u iqtisodiy holatga qarab o’zgarib turadi. R.Solou modelida Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funktsiyasida mehnat va kapital o’zaro almashishi mumkin, omillar bo’yicha elastiklik koeffitsientlari yig’indisi 1 ga teng.