Alpomish „Alpomish



Yüklə 17,25 Kb.
səhifə2/5
tarix21.12.2023
ölçüsü17,25 Kb.
#189001
1   2   3   4   5
Soliyev Javohir

„Alpomish“ dostoni bundan ming yil oldin turkiy xalqlarning qadim dostonchilik anʼanalari asosida xalq ogʻzaki ijodi namunasi sifatida yaxlit doston shaklini olgan boʻlsada, aslida „Alpomish“ dostonining eng qadim qatlamlari miloddan avvalgi yuz yilliklarda yurtimizda kechgan jarayonlarning badiiy talqinini oʻzida aks ettirgan. Qoʻngʻirot qabilasining turli hududlarga siljishi va ularning yangidan shakllanayotgan xalqlar tarkibiga kira borishi natijasida doston boshqa urugʻ va elatlarga ham oʻtib, ularning epik anʼanalari asosida qayta ishlana borib, juda keng tarqaldi va nihoyat, uning yaratilishida ota-bobolari ishti-rok etgan har bir xalqning oʻz eposiga aylandi. „Alpomish“ dostonining ogzaki epik anʼanalarda bizgacha yetib kelgan nusxalari IX-X asrlarda yaratilgan. Ammo bunday xulosa dostonga asos boʻlgan syujet va yetakchi motivlarning mifologik va tarixiy-hayotiy ildizlari qadimgi davrlarga — miloddan avvalgi zamonlarga taqalishini inkor etmaydi.

  • „Alpomish“ dostoni bundan ming yil oldin turkiy xalqlarning qadim dostonchilik anʼanalari asosida xalq ogʻzaki ijodi namunasi sifatida yaxlit doston shaklini olgan boʻlsada, aslida „Alpomish“ dostonining eng qadim qatlamlari miloddan avvalgi yuz yilliklarda yurtimizda kechgan jarayonlarning badiiy talqinini oʻzida aks ettirgan. Qoʻngʻirot qabilasining turli hududlarga siljishi va ularning yangidan shakllanayotgan xalqlar tarkibiga kira borishi natijasida doston boshqa urugʻ va elatlarga ham oʻtib, ularning epik anʼanalari asosida qayta ishlana borib, juda keng tarqaldi va nihoyat, uning yaratilishida ota-bobolari ishti-rok etgan har bir xalqning oʻz eposiga aylandi. „Alpomish“ dostonining ogzaki epik anʼanalarda bizgacha yetib kelgan nusxalari IX-X asrlarda yaratilgan. Ammo bunday xulosa dostonga asos boʻlgan syujet va yetakchi motivlarning mifologik va tarixiy-hayotiy ildizlari qadimgi davrlarga — miloddan avvalgi zamonlarga taqalishini inkor etmaydi.

Doston syujet tarkibida islomgacha bulgan karashlar va mifologik qatlam mavjud. Undagi mifologik qatlam esa, kad. turmush tarzining badiiylashtirilgan va ideallashtirilgan koʻrinishlaridir. „Alpomish“ variantlari 1922-yildan yozib olina boshlangan. Hozirgacha Fozil Yoʻldosh oʻgli, Mahammadqul Jonmurod oʻgʻli Poʻlkan, Berdi baxshi, Saidmurod Panoh oʻgʻli, Boʻri baxshi, Bekmurod Joʻraboy oʻgʻli, Mardonaqul Avliyoqul oʻgʻli, Abdulla Nurali oʻgʻli, Umir baxshi, Haydar Boycha oʻgʻli, Rahmatulla Yusuf oʻgʻli, Hodir Rahim oʻgʻli kabi oʻttizdan ortiq dostonchilardan qirqqa yaqin variantlari yozib olingan. Dostonning yozib olingan qoʻlyozmalarining asl nusxalari Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutinnng folklor arxivida saqlanadi. Bu variantlar orasida eng mukammali, badiiy jihatdan eng yuksagi Fozil Yoʻldosh oʻgʻlidan yozib olingani hisoblanadi. „Alpomish“ning Berdi baxshi, Saidmurod Panoh oʻgʻli, Pulkan va Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Bekmurod Joʻraboy oʻgʻli, Xushboq Mardonaqulov aytgan variantlari ham nashr etilgan.

  • Doston syujet tarkibida islomgacha bulgan karashlar va mifologik qatlam mavjud. Undagi mifologik qatlam esa, kad. turmush tarzining badiiylashtirilgan va ideallashtirilgan koʻrinishlaridir. „Alpomish“ variantlari 1922-yildan yozib olina boshlangan. Hozirgacha Fozil Yoʻldosh oʻgli, Mahammadqul Jonmurod oʻgʻli Poʻlkan, Berdi baxshi, Saidmurod Panoh oʻgʻli, Boʻri baxshi, Bekmurod Joʻraboy oʻgʻli, Mardonaqul Avliyoqul oʻgʻli, Abdulla Nurali oʻgʻli, Umir baxshi, Haydar Boycha oʻgʻli, Rahmatulla Yusuf oʻgʻli, Hodir Rahim oʻgʻli kabi oʻttizdan ortiq dostonchilardan qirqqa yaqin variantlari yozib olingan. Dostonning yozib olingan qoʻlyozmalarining asl nusxalari Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutinnng folklor arxivida saqlanadi. Bu variantlar orasida eng mukammali, badiiy jihatdan eng yuksagi Fozil Yoʻldosh oʻgʻlidan yozib olingani hisoblanadi. „Alpomish“ning Berdi baxshi, Saidmurod Panoh oʻgʻli, Pulkan va Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Bekmurod Joʻraboy oʻgʻli, Xushboq Mardonaqulov aytgan variantlari ham nashr etilgan.

Yüklə 17,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin