„Alpomish“ning slovak tilida nasriy bayoni, rus tilida badiiy tarjimasi nashr etilgan. Undan parchalar ingliz tilida eʼlon qilingan. Doston turk tiliga tarjima qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga (1998-yil 13-yanvar) hamda YUNESKOning 1999-yildagi tadbirlar rejasiga binoan Oʻzbekistonda 1999-yil noyabrda „Alpomish“ dostonining 1000-yilligi keng nishonlandi. Soʻnggi tantanalar 1999-yil 6-noyabrda Termiz shahrida boʻlib oʻtdi. Shu munosabat bilan bu yerda xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazildi, Alpomish nomidagi bogʻ barpo etildi va xalq qahramoniga haykal ochil-di. „Alpomish“ning atoqli xalq baxshilari kuylagan variantlari qayta nashr etildi. Doston haqida hujjatli va badiiy film, uning motivlari asosida teatr spektakllari yaratilgan.

Qadimiy turkiy tilda yozilgan doston. 1999-yilda Oʻzbekistonda „Alpomish“ dostonining 1000-yilligini keng nishonlandi. Bu dostonda Alpomish laqabli Hakimbek degan qoʻrqmas pahlavonning amakisi (qaynotasi) bilan sevgilisi Barchinoyni yovuz Qalmoqlar yurtidan qutqarib kelishi va murod-maqsadiga yetishi juda jonli tasvirlangan. Alpomish Qalmoqlar yurtida koʻp qiyinchiliklarga, hiyla-nayranglarga duch kelib, ularni mardona yengib oʻtadi. Oʻzining mardligi, haqqoniyligi, tantiligi tufayli Qalmoqlar yurtida ham, oʻz vatanida ham adolatni qaror toptiradi. Ushbu dostonda oʻzbeklarning feʼl-atvori juda mahorat bilan tasvirlangan.