O’tgan asrda uning variantlari o’ttizga yaqin xalq baxshisidan qirqqa yaqin variantda yozib olingan. Uning to’la variantlari Fozil Yo’ldosh o’g`li, Muhammadqul Jonmurod o’g`li Po’lkan, Berdi baxshi, Bo’ri Sodiq o’g`li, Bekmurod Jo’raboy o’g`li, Mardonaqul Avliyoqul o’g`li, Abdulla Nurali o’g`li, Saidmurod Panoh o’g`li, Umir Safar o’g`li kabi etakchi dostonchi baxshilardan yozib olingan. Shular orasida eng mukammali, badiiy jihatdan eng yuksagi atoqli xalq shoiri Fozil Yo’ldosh o’g`lidan yozib olingan nusxa hisoblanadi. Unda shoirning yuksak dostonchilik mahorati to’la namoyon bo’lgan.

Ana shundan kelib chiqqan holda folklorshunos J.Eshonqulov: “Shuni aytib o’tish kerakki, eposning, ayniqsa, qahramonlik dostonlarining bevosita marosim bilan bog`liq jihatlari hali etarli darajada o’rganilgan emas. Arxaik eposda, jumladan, “Alpomish” dostonida ham marosimlarning muhim o’rin tutishi va ustuvor qonuniyat kasb etishi kuzatiladi. Biroq qahramonlik eposi birgina marosimlardan kelib chiqadi yoki tug`iladi deb xulosalash masalani o’ta jo’n hal etish bo’ladi”, – deb yozadi.

Darhaqiqat, “Alpomish” dostoni garchi qahramonlik dostoni bo’lsa-da, unda xalqimizning madaniy-maishiy turmush tarzi, o’ziga xos oilaviy marosimlari, urf-odat va an’analari tasviri muhim o’rin egallaydi. Ularni o’rganish orqali “Alpomish” dostoni ajdodlarimizning eng qadimiy va hayotbaxsh an’analarini o’zida mujassam etgan betakror badiiy durdona asar ekanini his etish hamda shu orqali “epos va marosim”ning uzviy bog`liqligini anglash mumkin.