Yuzaga kelgan yangi tarixiy shart-sharoit ilm-fan sohasini tub islohot qilishni taqozo etdi.
Zero, dolzarb ilmiy-texnik muammolar hal qilinishi respublikaning rivojlanishini ta’minlar edi.
Avvalo, 1992-yil martdagi Prezident farmoni bilan ilmiy kadrlar tayyorlanishini tashkil
etuvchi vakolatli organ – Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tashkil etildi.
Prezidentning 1992-yil iyuldagi «Ilm-fanni davlat yo‘li bilan qo‘llabquvvatlash va
innovatsiya faoliyatini rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmoni asosida respublika olimlari xorijiy
mamlakatlarga tajriba oshirishga yuborilishi yo‘lga qo‘yildi. Ilmiy natijalarni ichki va tashqi
bozorga olib chiqish bilan shug‘ullanuvchi Respublika ilmiy ishlanmalarni innovatsiya tijorat
1997-yil Xorazm Ma’mun akademiyasi qayta tiklanib, Fanlar akademiyasining mintaqaviy
2000-yili Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondi dunyoning
eng boy qo‘lyozmalar xazinasidan biri sifatida YUNESKO madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi.
Prezidentning
2006-yil
avgustdagi
«Fan
va
texnologiyalar
rivojlanishining
muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga
muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzurida Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish
qo‘mitasi tashkil etildi (bugungi kunda vazirlik).
Qo‘mitaga fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish,
akademik va oliy ta’lim muassasalari fani integratsiyalashuviga, ilmiy sohadagi xalqaro
hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish kabi vazifalar belgilab qo‘yildi.
2008-yildan buyon Toshkentda innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi
o‘tkazib kelinmoqda. 2008–2015-yillar davomida o‘tkazilgan I – VIII yarmarkalar doirasida jami
4000 dan ortiq ishlanmalar taqdim etildi. 2008-yildan buyon umumiy qiymati 113 mlrd. so‘mdan
ortiq bo‘lgan 3000 dan ziyod shartnomalar tuzildi.
O‘zbekiston olimlari demokratik va huquqiy jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy va madaniy
rivojlanishini tadqiq qilish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish, energetika va energiya
xomashyoni
tejash,
axborotlashtirish
va
axborot-kommunikatsiya,
kimyo,
bio
va
nanotexnologiyalarni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish,
tibbiyot, farma-kologiya, geologiya, geofizika, seysmologiya bo‘yicha ma’lum yutuqlarga erishib
kelmoqda.
Arxeologiya fani sohasida ham ma’lum siljishlar bo‘ldi. Jumladan, 2002-yildan
«O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar» yillik to‘plamlari nashr etilib, ularda respublikamiz
hududida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarning umumlashma ilmiy xulosalari berib
boriladi.
2010-yildan esa «O‘zbekiston Arxeologiyasi» ilmiy jurnali chop etila boshlandi. Fanning
boshqa yo‘nalishlaridagi olimlar ham yirik natijalarni qo‘lga kiritishmoqda. Fanlar akademiyasi
O‘simlik moddalari kimyosi instituti tomonidan tayyorlangan 10 jildlik «Tabiiy birikmalar
(O‘simlik zaxiralari, tuzilishi va xossalari)» nomli noyob ma’lumotnoma ingliz tilida Londonda
chop etildi. Bu ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlik rivojlanayot-ganidan ham dalolat beradi.
Mustaqillikning dastlabki yillari birgina Fanlar akademiyasining ilmiy mahsulot eksporti 8,2
martaga ko‘paydi.
Dostları ilə paylaş: