3. Kompyuter tarmoqlari Kompyuterlarning o'zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.
Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog'liq
Axborot ashyolarideganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig'indisi tushuniladi.
Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Kompyuterlarni tarmoqqa ulash usullari ko'rsatilgan.
Kompyuterlar soniga qarab, tarmoqlar lokal, mintaqaviy va global tarmoqlarga bo'linadi.
Lokaltarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o'zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi.
Mintaqaviy tarmoq— biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o'zida mujassamlashtirgan tarmoq.
Global tarmoq— dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o'zida birlashtirish imkoniga ega bo'lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Internet) deb ham yuritiladi.
4. Elektron pochta tizimidan foydalanish asoslari Elektron pochta – kompyuter tarmoqlari bo‘ylab elektron xatlar bilan almashish (qabul qilish va yuborish) imkonini beruvchi texnologiyadir. Elektron pochta tuzilishi va ishlash prinsipi jihati tomonidan oddiy (qog‘ozli) pochta tizimiga o‘xshab ketadi. Undagi terminlar (xat, konvert, banderol («посылка»), pochta quti, etkazib berish), unga xos bo‘lgan jihatlar – qulayliklar, xabarlarni jo‘natishdagi kechikishlar, yetarli darajadagi ishonchlilik va shu bilan birga etkazib berishning kafolatlanmasligi kabi xususiyatlar elektron pochtaga ham xos.
Elektron pochtaning afzalliklari:Manzillar nomining eslab qolishga qulayligi (misol uchun: uzdasturchi@gmail.com); matndan tashqari istalgan formatdagi fayllarni jo‘natish imkoniyati; xabarlarning yetarli darajada tez va ishonchli yetkazib berilishi; foydalanishning osonligi va hokazo.