: AMALIY DASTURIY TA’MINOT
REJA:
1. Amaliy dasturiy ta’minot haqida tushuncha.
2. Amaliy dasturiy ta’minot tasnifi.
3. Sun’iy intellect tizimlari.
Kompyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko`p qo`llaniladigani amaliy
dasturiy ta’minot (ADT)dir. Bunga asosiy sabab –
kompyuterlardan inson
faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida
avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo`llanishidir. Amaliy dasturiy
ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin.
Muammoga yo`naltirilgan ADTga quyidagilar kiradi:
–
buxgalteriya
uchun DT;
–
personalni boshqarish DT;
–
jarayonlarni boshqarish DT;
–
bank axborot tizimlari va boshqalar.
ADT
Muammoga
yo`nal-tirilgan
ADT
Ofis
ADT
Sun’iy intel-lekt
tizimlari
Multimedia das-turiy
vositalari
Kichik nashriyot
tizimlari
Umumiy
maqsadli ADT
Umumiy maqsadli ADT – soha mutaxassisi bo`lgan foydalanuvchi axborot
texnologiyasini qo`llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko`plab dasturlarni o`z
ichiga oladi. Bular:
– kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni
ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);
– matnli hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi,
ularni tegishli
holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muharrirlari;
– grafik muharrirlar;
– hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar;
– taqdimot qilish vositalari, ya’ni tasvirlar hosil qilish,
ularni ekranda
namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo`ljallangan maxsus
dasturlar.
Ofis ADT idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi
dasturlarni
o`z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
– REJA:lovchi yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini REJA:lashtiruvchi,
uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon
va yozuv kitoblarini
olib boruvchi dasturlar;
– tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang`ich matnni ko`rsatilgan tilga
tarjima qilishga mo`ljallangan dasturlar;
– skaner yordamida o`qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga
binoan o`zgartiruvchi dasturiy vositalar;
– tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi
orasidagi o`zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.
Kichik nashriyot tizimlari «kompyuterli nashriyot faoliyati» axborot
texnologiyasini ta’minlaydi, matnni bichim solish va tahrirlash, avtomatik ravishda
betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo`yish va
hokazolarni bajaradi.
Multimedia dasturiy vositalari dasturiy mahsulotlarning nisbatan yangi sinfi
hisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muhitining o`zgarishi,
lazerli