4.2-rasm. Oddiy matematik ifodalarni hisoblash.
Mathcad 200 dan ortiq o’zida qurilgan funksiyalariga ega bo’lib, ularni matematik
ifodalarda ishlatish uchun standart panel vositasidagi Insert Function (Funksiyani qo’yish)
tugmasiga bog’langan muloqot oynasidan foydalaniladi.
Mathcad hujjatiga matn kiritish uchun bosh menyudan Insert→Text Region
(Qo’yish→Matn maydoni) buyrug’ini berish yoki yaхshisi klaviaturadan ikkitali kavichka (“)
belgisini kiritish kerak. Bunda matn ma’lumotini kiritish uchun ekranda matn kiritish maydoni
paydo bo’ladi. Matn kiritish maydoniga matematik ifodani yozish uchun matematik maydonni
ham qo’yish mumkin. Buning uchun shu matn maydonida turib Insert→Math Region
(Qo’yish→Matematik maydoni) buyrug’ini berish kifoya. Bu maydondagi kiritilgan matematik
ifodalar ham oddiy kiritilgan matematik maydon kabi hisoblashni bajaradi.
Mathcadda foydalanuvchi funksiyasini tuzish hisoblashlarda qulaylikni va uning
effektivligini oshiradi. Funksiya chap tomonda ko’rsatilib, undan keyin yuborish operatori (:=) va
hisoblanadigan ifoda yoziladi. Ifodada ishlatiladigan o’zgaruvchi kattaliklari funksiya parametri
qilib funksiya nomidan keyin qavs ichida yoziladi (4.3-rasm).
Dostları ilə paylaş: |