Amaliy ekonometrik modellar



Yüklə 0,62 Mb.
tarix19.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#116903
Amaliy ekonometrik modellar

Amaliy ekonometrik modellar

  • 1.Iqtisodiy o'sishning asosiy tushunchasi.
  • 2 .Ishlab chiqarish funksiyalari
  • 3.Iqtisodiy o'sishning ekonometrik tahlillarida ishlab chiqarish funksiyalarini qo'llash.
  • 4.Iqtisodiy o’sish modellari.
  • 5.Daromad va iste’mol funksiyasi
  • 6.Talab va taklifni tahlil qilish .
  • 7.Ishlab chiqarish xarajatlari funksiyalari.
  • 8.Asosiy fondlar va investitsiyalar tahlili.

Iqtisodiy o'sishning asosiy tushunchasi.

  • Iqtisodiy o ‘sishning statistik tahlilining asosini, iqtisodiy o‘sish va o'sish omillari o'rtasida qanday bog‘lu] shakllari mavjud, bu bog'liqlik shakllarining eng muhimlari qaysi birlari va ular boshqalaridan nimasi bilan farq qiladi kabilami aniqlash tashkil qiladi.

Ishlab chiqarish funksiyalari

  • Umumiy holda ishlab chiqarish funktsiyasi quyidagi ko’rinishda ifodalanadi: y = f ( x1, x2,..., xm),
  • bu yerda y - ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori; xi – resurslar sarfi.
  • Ishlab chiqarish funktsiyalari matematik tasvirlash shakliga ko’ra chiziqli, darajali, parabolik, ko’rsatkichli va hokazo bo’lishi mumkin. Bu funktsiyalarning ba’zilarini ko’rib chiqamiz.
  • 1.CHiziqli funktsiya:
  • y k0  k1x1 .
  • Bu funktsiya bir jinsli bo’lib, omil-dalillarning doimiy limitli samaraliligi bilan xarakterlidir. Umuman iqtisodiyot uchun chiziqsiz aloqa ham xarakterli
  • bo’lib, ma’lum doiralardagina chiziqli holatga, ya’ni ko’rinishga keltiriladi.

2. Darajali funktsiya:

Iqtisodiy o'sishning ekonometrik tahlillarida ishlab chiqarish funksiyalarini qo'llash.  

  • Ishlab chiqarish funksiyalari xo'jalik faoliyatining ishlab chiqarilgan mahsulotlari hajmi, mehnat va kapital sarfi, fondlar qaytimi mehnat unumdorligi kabi ko'rsatkichlararo bog'liqliklarni modellash hisoblanadi. Umumiy holda mahsulot ishlab chiqarish hajmi quyidagi funksiya ko'rinishida berishimiz mumkin.
  • Ammo iqtisodiy o'sish va uning omillararo faqat chiziqli bog'liqlik bo'ladi deyish noto 'g 'ri tushunchadir. Haqiqatan iqtisodiy o'sish, xomashyo va asosiy vositalar sarfi aro chiziqli bog'liqlik mavjud bo'lsa, mehnat va asosiy fondlar sarfi aro bog'liqliklar chiziqli ko'rinishdan murakkabdir. Iqtisodiy o'sish tahlilining iqtisodiy-matematik modellarini tuzish va yangi usullardan foydalanish o'sish va uning omillari o'rtasidagi bog'liqliklami chuqurroq va aniqroq o'rganib chiqishni talab etadi.

Iqtisodiy o’sish modellari.

  • Iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyondalari quyidagi noto‘g‘ri nazariy shartlarga asoslanadilar:
  • mahsulotning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratiladi;
  • ishlab chiqarish omillarining har biri o‘zining keyingi qo‘shilgan mahsulotiga tegishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini qo‘shadi. Shunga ko‘ra, bunga javoban barcha keyingi qo‘shilgan mahsulotga teng keluvchi daromad ham oladi;
  • mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo‘lgan resurslar o‘rtasida miqdoriy bog‘liqlik mavjud;
  • ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda ular o‘rtasida o‘zaro bir-birining o‘rnini bosish imkoniyati mavjud.

Daromad va iste’mol funksiyasi

  • Milliy iqtisodiyotda yalpi ichki mahsulotning asosiy qismi bo’lgan yangidan vujudga keltirilgan mahsulot, ya’ni sotilgandan keyingi uning puldagi ko’rinishi – milliy daromaddan iste’mol va jamg’arish maqsadlarida foydalaniladi. Keng ma’noda iste’mol jamiyat a’zolari iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanish jarayonini bildiradi.

Talab va taklifni tahlil qilish

  • Iqtisodiy nazariyadan bilamizki, tovarga bo’lgan talab asosan ushbu tovarning narxiga bog’liq (talab qonuni). Mumkin bo’lgan boshqa determinantlar o’z ichiga boshqa raqobatdosh tovarlar narxi (yaqin o’rnini bosuvchi) yoki ushbu tovarni to’ldiruvchilari (yaqin to’ldiruvchi) va albatta iste’molchining daromad darajasini oladi. Ushbu barcha determinantlarni qo’shish uchun biz ko’plikdagi regerssion tahlildan foydalanishimiz zarur. SHunga qaramasdan, pedagogik maqsadlar uchun, biz bitta bog’liq bo’lmagan faqat mahsulot narxiga bog’liq bo’lgan talab funktsiyasining bir qismini olishimiz mumkin.

Ishlab chiqarish xarajatlari funksiyalari.

  • Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va barcha band bo’lgan resurslari miqdorini o’zgartirish uchun yetarli bo’lgan davrdir.Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o’zgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. Misol uchun, tikuvchilik korxonasida ishlab chiqarish quvvatlarini nisbatan qisqa muddatda, masalan bir necha kunda o’zgartirish mumkin. Buning uchun bir necha ish stoli va tikuvchilik mashinalari sotib olish va o’rnatish kifoya qiladi.

Asosiy fondlar va investitsiyalar tahlili.

  • Milliy iqtisodiyot modeli iste’mol funktsiyasi, mehnat haqi investitsiyasi, daromadlarni shaklanishi va boshqa funktsiyalardan tashkil topgan tenglamalar tizimini o’z ichiga oladi. Chunki bu makroiqtisodiy ko’rsatkichlar iqtisodiy holatini umumlashtiruvchi o’zaro aloqada bo’lgan ko’rsatkichlardan iborat. Ya’ni iqtisodiyotda yakuniy iste’molga xarajatlar yalpi milliy daromadga bog’liq. Shu bilan birga milliy daromad hajmi investitsiya funktsiyasi sifatida qaraladi.

Etiboringiz uchun raxmat.

  • Etiboringiz uchun raxmat.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin