Amaliy ish №4. Bilimlar bazasini yaratish. Noravshan mantiqiy xulosa chiqarish qoidalari. Ishdan maqsad


Tarmoqli tizimlarda mantiqiy xulosalash maxanizmi



Yüklə 82,8 Kb.
səhifə3/4
tarix15.02.2023
ölçüsü82,8 Kb.
#84386
1   2   3   4
Amaliy ish №4. Bilimlar bazasini yaratish. Noravshan mantiqiy xulosa chiqarish qoidalari.

Tarmoqli tizimlarda mantiqiy xulosalash maxanizmi
Tarmoqli tizimlarda mantiqiy xulosalash mexanizmi ikkita yetakchi tamoyillarga asoslangan: vorislik xususiyati va oʻxshashiga mos qoʻyish.
Birinchi tamoyil, oʻz navbatida, semantik tarmoqda tasvirlanuvchi asosiy bogʻlanishlar hisobiga asoslanadi. Bunday bogʻlanishga
bogʻlanish «Bor», «Boʻladi» (inglizcha IS-A);
bogʻlanish «Qisman ega», «Qisman boʻladi» (inglizcha HAS-PART, PART-OF) kabi bogʻlanishlar kiradi.
Tarmoqning bir tugunidan boshqasiga bogʻlanishlarga mos yoʻnalish boʻyicha ketma-ket oʻtishlarda u yoki bu tugunni tavsiflovchi yangi axborotlarni hosil qilish mumkin. 4.10, a-rasmda qandaydir semantik tarmoqning kichik qismi va vorislik xususiyatidagi shajarasi deb nomlanuvchi alomati koʻrsatilgan. Bu qismdan “Aziz – inson”, “Azizning kallasi bor”, “Erkakning kallasi boʻladi” va shu kabi xulosalarga kelishi mumkin.

4.2-rasm. Semantik tarmoqda mantiqiy xulosalash mexanizmi. a) – semantik tarmoq qismi; b) – egalik munosabati.

Oʻxshashiga mos qoʻyish xuddi shunday bogʻlanishlar va mohiyatlar (tugunlar) deb nomlanuvchilarni qoʻllovchi semantik tarmoq qismi koʻrinishida tizimga savollarni taqdim etishga va asosiy tarmoqda tarmoqqa savol “Qoʻyish” protsedurasini amalga oshirish hamda savolning mos javobiga xos joyni qidirishga asoslangan. 4.10, b-rasmda allaqachon ma’lum boʻlgan bogʻlanishlar “Bor”dan tashqari egalik munosabati (bogʻlanishga “ega”) tasvirlangan. “Aziz nimaga ega?” – “Aziz” tuguni va “ega” munosabati yordamida savol shakllantiriladi. Soʻngra “Aziz” nomiga ega tarmoq tugunlari (agar bor boʻlsa) oddiy holatda birma-bir koʻrib chiqiladi va ulardan “ega” bogʻlanishlilari qidiriladi. Undan keyin vorislik xususiyati tamoyili ishga tushirilgan boʻlishi mumkin. Qoʻyilgan namunaviy savolga javoblar orqali “Aziz avtomobilga ega” va “Aziz Nexia 1.6 (avtosi)ga ega» fikrga keladi. Shubxasiz, bunday koʻrinishdagi ETdan amaliyotda foydalanish semantik tahlil elementlariga kiruvchi qidirishning murakkabroq protsedurasini qoʻllashga toʻgʻri keladi.





Yüklə 82,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin