AMALIY ISH № 7 Mavzu: Ma’lumotlarni ob’ektli bog’lash texnologiyasi Mijoz server tizimi uchun ishlangan tatbiqiy komponentlarning SQL serverlar kofrinishidagi axborot tizimi yadrosi bilan o‘zaro ta'sirini unifikatsiyalash, shaxsiy MBBT boshqamvidagi tarqoq maTumotlar bazasini murakkab detsentralizatsiyalangan getrogen taqsimlangan tizimlarga integratsiyalash uchun ham o‘xshash yechimlarni ishlab chiqishga imkon yaratdi. Bunday yondashish tna 'lumotlarni obyektli bog 'lash nomini olgan.
Tor ma’noda, ma'lumotlarni obyektli bog'lash texnologiyasi bir foydalanuvchi tomonidan tashkil qilingan bitta lokal bazaning boshqa foydalanuvchi tomonidan tashkil etilgan va ekspulatatsiya qilinuvchi, balkim boshqa hisoblash qurilmasidagi. lokal baza ma’lumotlaridan foydalanishni ta'minlash masalasini yechadi.
Ushbu masalaning yechimi “ma'lumotlardan foydalanish obyektlarr dBase texnologiyasini zamonaviy shaxsiy MBBT texnologiyalari (MS Access, MS FoxPro va h.) tomonidan madadlashga asoslangan. Ta’kidlash lozimki, obyekt deganda obyektga mo‘ljallangan dasturlash va zamonaviy obyektga mo‘Ijallangan operatsion muhit asoslanuvchi ma’lumotlar va ularni ishlash usullarining bir butunga (obyektga) integratsiyasi tushuniladi. Boshqacha aytganda, “ma'lumotlardan foydalanish obyektlarr texnologiyasini madadlovchi MBBT lokal bazalarga boshqa fayllardagi, balkim boshqa hisoblash qurilmalaridagi va boshqa MBBT boshqamvidagi ma’lumotlardan foydalanish obyektlarini kiritish va ishlatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Texnik nuqtayi nazaridan, ‘'ma'lumotlardan foydalanish obyektlarf' texnologiyasi yuqorida aytib o‘tilgan ODBCprotokoliga asoslangan. ODBC protokoli nafaqat mijoz server tizimlaridagi SQL serverlari ma’lumotlaridan foydalanish standarti sifatida, balki relyatsion MBBT boshqamvidagi har qanday ma’lumotlardan foydalanish standarti sifatida qabul qilingan. ODBC protokoli asosida ma’lumotlardan bevosita foydalanish uchun ODBC drayverlari deb ataluvchi ma’lumotlar bo‘lgan qurilmalarda initsializatsiyalanuvchi maxsus dasturiy komponentlar yoki boshqamvida tashqi ma’lumotlar bazasi yaratilgan va ekspluatatsiya qilinayotgan MBBTning initsializatsiyalanuvchi yadrolari ishlatiladi. Obyektli bog‘lash asosida tashqi ma’lumotlar bazalaridan foydalanish prinsipi va xususiyati sxema ko‘rinishida 3.5-rasmda keltirilgan.
Zamonaviy shaxsiy MBBT awalo. “o'zining” formatidagi tashqi ma'lumotlar bazasidagi obyektlardan (jadvallardan, so‘rovlardan, shakllardan) to'g'ridan-to'g'ri foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi. Boshqacha aytganda, ishlashning joriy seansida tashkil etilgan ma'lumotlar bazasiga foydaleinuvchi maxsus havola obyektlarini kiritishi va boshqa (tashqi, ya’ni ushbu seansda maxsus tashkil etilmagan) ma’iumotlar bazasi biian ishiash imkoniyatiga ega. Joriy ma'lumotlar bazasiga kiritilgan tashqi ma'lumotlar bazasi obyektlari bog'langan deb ataladi va odatda, ichki obyektlardan farqiash maqsadida maxsus beigiga ega. Ta’kidlash iozimki, ma'lumotlarning o‘zi joriy ma’iumotlar bazasi fayliga (fayllariga) sig‘maydi va “o‘zining” ma’iumotlar bazasi fayllarida qoladi. Joriy ma’lumotlar bazasining tizimli katalogiga foydalanish uchun bog‘langan obyektlar xususidagi barcha zaruriy ma’lumotlar joylashtiriladi. Bu ma’lumotlar bog‘langan obyektlarning ichki nomi va tashqi nomi, ya’ni tashqi ma’lumotlar bazasidagi obyektning haqiqiy nomi, tashqi baza fayliga toiiq yoi va h.
3.5-rasm. ODBC protokoli asosida tashqi ma’lumotlardan
foydalanish prinsipi.
Foydalanuvchi uchun bog'langan obyektlar ichki obyektlardan hech nimasi bilan ham farqlanmaydi. Foydalanuvchi tashqi bog‘langan bazalarda ma’lumotlar jadvalini tashkil etishni, qidiruvni, ma’lumotlarni o‘zgartirishni, yo‘q qiltshni va qo‘shishni, bunday jadvallar bo‘yicha so‘rovlarni tuzishni va h. bajarishi mumkin. Bog‘langan obyektlarni ichki ma'lumotlar bazasiga integratsiyalash, ya'ni ichki va tashqi jadvallar orasida bog'lanishni o‘matish mumkin.
Texnik nuqtayi nazaridan, tashqi ma’lumotlar bazasining bog‘langan obyektlari bilan ishlash joriy ma’lumotlar bazasining ma’lumotlar bilan ishlashidan unchalik farq qilmaydi. Joriy ma’lumotlar bazasining tizimli katalogi bo‘yicha bog‘Iangan obyekt ma’lumotlariga murojaat qilinganda MBBT yadrosi tashqi ma’lumotlar bazasining mos faylining (fayllarining) makoni va boshqa parametrlari xususidagi ma’lumotlarni topadi va foydalanuvchiga bildirmasdan ushbu faylni (fayllarni) ochadi. So‘ngra ma’lumotlardan bevosita foydalanish va ularni manipulyatsialash maqsadida oddiy tartib bo‘yicha asosiy xotirada ma’lumotlarning tashqi fayli sahifalarini buferlashni tashkil etadi. Ta’kidlash lozimki, zamonaviy operatsion tizimlari ma’lumotIari fayllari bilan ko‘pchiIik foydalanuvchi rejim imkoniyatlari bilan ishlash asosida tashqi ma’IumotIar bazasi bilan (agar u boshqa hisoblash qurilmasida bo‘Isa) shu vaqtning o'zida boshqa foydalanuvchi ishlashi mumkin. Bu esa umumiy taqsimlangan ma’lumotlarning kollektiv ishlanishini ta’minlaydi.
3.6-rasmda mahsulotni ishlab chiqarish va sotishning axborot ta’minoti nuqtayi nazaridan birgalikda foydalanuvchi ma’Iumotlarning lokal bazalari sxemasining misoli keltirilgan. Rasmda strelkalar yord^unida “yakkadan-ko‘pIarga” xilidagi bog‘IanishIar ko‘rsatilgan bo‘Iib, strelka uchi “ko‘plar” tomonigainos keladi.
Bog‘Iangan jadvallarda ma’IumotIar hajmining ortishi bilan taqsimlangan tizimlarni qurishning bunday prinsipining tarmoq trafigining jiddiy oshishiga olib kelishini sezish qiyin emas, chunki tarmoq bo‘yicha doimo, hatto ma’lumotlar nabori emas, balki ma’lumotIar bazasi fayllarining sahifalari uzatiladi.
3.6-rasm. Obyektli bog‘lash texnologiyasi asosida tashkil etilgan lokal ma’lumotlar bazalari sxemasining namunasi.
Bu esa, o‘z navbatida, tarmoqning avj yuklanishiga olib keladi. Shu sababli, taqdim etilgan o'zaro bog‘langan obyektli lokal ma’lumotlar bazasining sxemalari ishlab chiqarish texnologik va tashkiliy jarayonlarga bog‘lik axborot texnologiyalariga tayangan holda lokal bazalari orasidagi tarmoqdagi ma’lumotlar oqimining jadalligi, yo‘nalganligi nuqtayi nazaridan keyingi sinchiklab o‘rganib chiqishni talab etadi.
Ma’lumotlar xavfsizligini va yaxlitligini ta’minlashning ishonchli mexanizmlarining mavjud emasligi ham jiddiy muammo hisoblanadi. Fayl serveri modelidagidek bir necha foydalanuvchilaraing bir xil ma’lumotlar bilan birgalikda ishlashi, faqat operatsion tizimning bir necha ilovalar faylidan bir vaqtda foydalanish bo‘yicha flinksiyalari yordamida ta’minlanadi. Xuddi shu tarzda keng tarqalgan Fox Pro, dBASE kabi boshqa MBBTining ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlardan hamda jadval ma’lumotlaridan foydalanish ta’minlanadi. Bunda foydalanish bevosita MBBT yadrosi yordamida hamda odatda, MBBT komplekti tarkibiga kiruvchi maxsus qo‘shimcha ISAM (Indexed Sequential Access Method) drayverlar yordamida ta’minlanadi. Bunday yondashish shu tariqa qurilgan taqsimlangan getrogen tizimlarining ko‘p protokolligini, ya’ni lokal ma’lumotlar bazalarini madadlovchi MBBT turlarining “xilma-xilligini” amalga oshiradi. Ammo obyektli bog‘lush, amalga oshirilishi va madadlanishi muayyan MBBTning o‘ziga xos xususiyatiga bog‘liq ma’lumotlar bazasining boshqa obyektlarini (so‘rovlar, shakllar, hisobotlar) istisno qilgan holda, faqat bevosita ma’lumotlar jadvali bilan chegaralanadi.
Boshqa MBBT bazalaridan foydalanish (3.5-rasmga qaralsin) masofadagi ma’lumotlar joylashgan hisoblash qurilmalarida o‘raatiluvchi va bajariluvchi ODBC drayverlarining texnikasi orqali amalga oshiriladi. Bu holda “g‘oya” quyidagicha; lokal ma’lumotlar bazasini madadlovchi shaxsiy MBBT tarkibiga ODBC drayveri deb ataluvchi qo‘shimcha dasturiy komponentni o‘matish mumkin. 0‘raatiluvchi ODBC drayveri operatsion tizim katalogining maxsus qism katalogida “ro‘yxatga olinadi”. Shu tariqa ODBC ma’lumotlari manbaidan to‘g‘ridan — to‘g‘ri foydalanishning ishchi zonasi hosil qilinadi. ODBC ma’lumotlari manbaidan bevosita foydalanish uchun MBBT yadrosi ichki lokal malumotlar bazasining tizimli katalogi bo‘yicha manba joylashgan joyni aniqlaydi, ilovalarning o‘zaro ta'siri protokoli (API) bo‘yicha hisoblash qurilmasida ODBC drayverining masofadagi malumotlarini chaqiradi ODBC protokoli bo‘yicha malumotlardan foydalanish va ishlashi uchun SQL yo‘riqnomalarni yo‘llaydi. Bunday foydalanish rejimi qator parametrlar orqali tartibga solinadi (muolajalarni chaqirish intervali, so‘rov ishlanishining maksimal vaqti, so‘rovIar bo'yicha shakllantiriluvchi malumotlar naboridan tarmoq bo‘yicha bir marta jo‘natiluvchi yozuvlar soni, yozuvlarni blokirovka qilish vaqti va h.). Ushbu parametrlar ODBCning mos drayverini o‘rnatishda va ro‘yxatga olishda operatsion tizimning maxsus reestriga yoziladi.
Bunday yondashishda har bir lokal MBBT, tashqaridan (boshqa hisoblash qurilmalaridan) “uning” malumotlar fayli malumotlaridan foydalanishga murojaat qilinganida o‘zining hisoblash qurilmasida SQL server rolini, ya’ni ma’lumotIar mashinasi rolini bajaradi. Bu holda ma’lumotlarni bevosita ishlashni “o‘zining” ma’lumotlar faylining mantiqiy va fizik strukturasi xususiyatlarini biluvchi MBBT tomonidan amalga oshirilishi odatda, ishlashning yuqori samaradorligini ta’minlaydi, eng asosiysi esa, ma’lumotIar manbaining predmet sohasi mantiqi bo‘yicha ma’lumotlar yaxlitligiga cheklashlar bajariladi.
Malumotlarni himoyalash va foydalanishni cheklash tizimlarida “rahnalar”ning paydo bo‘lishi, obyektli bog‘lash texnologiyasining ma’lum muammosi hisoblanadi. Ma’lumotlardan foydalanish muolajalarini bajarish uchun ODBC drayverlarining chaqiriqlari tarkibida, yo‘Idan, fayllar va so‘raIuvchi obyektlar (jadvallar)dan tashqari (agar mos bazalar himoyalangan bo‘lsa) ochiq holdagi foydalanish parollari bo‘ladi, natijada foydalanish va ma’lumotlarni himoyalash tizimlari tahlillanishi va ochilishi mumkin.
Nazorat savollari
1. Ma’lumotlarni obyektli bog‘lash texnogiyasining mohiyatini tushuntiring.
2. ODBC protokoli asosida tashqi ma’lumotlardan foydalanish prinsipi.
3. Obyektli bog‘lashli lokal ma’lumotlar bazalarining sxemalarini tushuntiring
4. Ko‘p protokollik (interperabelnost) qanday yondashishni amalga oshiradi?