AMALIY ISH №9 DRAGLAYN UNUMDORLIGINI FNIQLASH USULI Yumshoq va mayda yumshatilgan tog’ jinslarini draglayn yordamida qazib olish asosan tortsevoy va transheyali zaboylarda amalga oshiriladi (9.1- rasm).
Tog’ jinslarini draglayn yordamida qazib olishning texnologik sxemalarini hisoblash qazib o’tish kengligini, ochuvchi pog’ona balandligini, qiyalik burchagi va ekskavator joylashgan joyni aniqlashdan iboratdir.
Draglaynni pog’ona yuqori qismida joylashgan holatda torsevoy zaboyda ishlash sxemasi. Ushbu sxema, draglaynning maksimal ish unumdorligini ta’minlaydi. Maksimal ish unumdorlikka, ekskavatorning tog’ jinsini Cho’michlash joyidan bo’shatish joyigacha bo’lgan burilish burchagining (9.1a- rasm) minimal ekanligi hisobiga erishiladi.
Pog’ona balandligi, Cho’michlash Chuqurligi bo’yicha gorizontga nisbatan zaboy yuzasining qiyalik burchagi β=30-600 bo’lganda o’pirilish prizmasidan tashqarida pog’ona yuzasida joylashishini hisobga olgan holda o’rnatiladi.
h=Hch (9.1)
Ekskavatorning qazib o’tish kengligi:
(9.2) Bu yerda: - ekskavatorning harakatlanish o’qidan mos ravishda massiv va qazib o’tilgan maydon tomonga burilish burchaklari (φ1≈φ2=30-45), grad. Odatda ag’darmada ishlaganda φ1=0 va bunda: (9.3)
Pog’ona qiyaliklari, grad:
nanoslar bo’yicha: ishchi pog’onada αn=600,
turg’un pog’onada αnu=400; portlatigan kon massasi bo’yicha: ishchi pog’onada αn=500; turg’un pog’onada αnu=350 – 400;
tub jinsli tog’ jinslari bo’yicha: ishchi pog’onada αn=750;
turg’un pog’onada αu=600
Draglaynni oraliq maydonda joylashgan holatda torsevoy zaboyda ishlash sxemasi. Ekskavator parametrlaridan to’lifq foydalanish va pog’ona balandligini oshirish maqsadida qo’llaniladi (9.1. b- rasm).
Pog’ona balandligi, m:
(9.4)
Bu yerda:
hn , hv – mos ravishda quyi va yuqori podustuplar, m.
(9.5)
Qazib o’tish kengligi formula orqali, pog’ona qiyaliklari aniqlanadi. Bunda, yuqori podustup zaboyining qiyalik burchagi Cho’michning sirpanishini bartaraf etish maqsadida 25 gradusdan oshmasligi lozim.
Draglaynni ushbu sxema asosida ishlagandagi ish unumdoriligini hisoblashda yuqoridan Cho’michlashdagi ish unumdorligi pastdan Cho’michlashdagi ish unumdorligidan 10-15% dan past bo’lmasligi lozim.
Draglaynni pog’ona quyi maydonida joylashgan holatda torsevoy zaboyda ishlash sxemasi. Draglayning ish unumdorligini pastligi sababli, ushbu sxema kam hollarda qo’llaniladi, asosan turg’un bo’lmagan tog’ jinslarida. (9.1.в-rasm).
Pog’ona balandligi, m:
(9.6)
Draglaynni pog’ona yuqori maydonida joylashgan holatda torsevoy zaboyda ishlash sxemasi. Transheyalar o’tishda draglayn o’zining va transheyaning parametrlariga bog’liq holda yoki transheya o’qi bo’ylab, yoki uning bortlaridan biriga yaqin joyda joylashtiriladi. Bunda ag’darmalar bittasida joylashgani kabi transheyaning ikkala bortida ham joylashishi mumkin. (9.1. д-rasm).
Transheya Chuqurligi:
(9.7)