Amaliy ish Guruh 216-19 Bajardi Qadamboyev Farrux Tekshirdi M
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD
AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Muammo tahlil va yechim fani bo‘yicha
Amaliy ish
Guruh: 216-19
Bajardi: Qadamboyev Farrux
Tekshirdi: Madraximov Alisher
Loyihada muammoni o‘rganilganlik darajasi ko‘rsatilishi.
Loyiha temiryo‘l elektron to‘lov tizimlari. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yo‘lovchilarining ichki qatnovi uchun yo‘l xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida chipta.railway.uz elektron chiptalarni xarid qilish sayti takomillashtirildi va yangilandi. Endilikda ONE-ID orqali tizimda (saytda) ro‘yxatdan o‘tgan yo‘lovchi, xarid qilingan elektron chipta summasiga ball ko‘rinishida keshbek belgilanadi. Masalan, chipta.railway.uz sayti orqali yo‘lovchi poyezdga, deylik 100 000 so‘mga elektron chipta xarid qilsa, yo‘lovchi hisobiga ushbu mablag‘dan 2000 ball qo‘shiladi. Bunda, 1 ball 1 so‘mga teng. Shunday qilib umumiy ballar yig'indisi kerakli summada yig'ilsa, keyingi safar ballarni chipta sotib olish uchun ishlatilishi mumkin. Keshbek haqida batafsil maʼlumot chipta.railway.uz saytining “Sodiqlik dasturi” boʻlimida taqdim etilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli
O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholi uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida qator bosqichma-bosqich ishlar davom etmoqda. Jumladan, bugungi kunda chipta.railway.uz saytida chiptalarni onlayn xarid qilish jarayonida yo‘lovchilar vagon turi, o‘rindiqning joylashuvi, konditsioner tizimi mavjudligi yoki yo‘qligi haqida ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati joriy etildi. Elektron chipta sotib olingandan so‘ng, chipta yo‘lovchilarga PDF-formatida yuboriladi, yo‘lovchi poyezdning jo‘nash vaqti haqidagi ma'lumotlar SMS-xabar orqali yuboriladi, boshqa yo‘lovchilarning identifikatsiya ma'lumotlari, masalan, bolalar va boshqa hamrohlik qiluvchilarning ma'lumotlari "shaxsiy kabinet"ida saqlanadi va ushbu ma'lumotlarni qayta kiritishga xojat qolmaydi.
Temir yo‘l sohasida yo‘lovchilarni tashish ho‘jaligi, ya’ni “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ, yildan-yilga jadal rivojlanib kelmoqda. Xalqimiz va yurtimiz mehmonlariga ko‘rkam temir yo‘l vokzallarida qator qo‘shimcha servis (kutish zallari, ona va bola xonasi, tibbiy xizmat ko‘rsatish xonasi, bagaj saqlash bo‘limi, VIP-zallar v.b.) xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Lekin so‘nggi joriy etilgan va qulayligi ijobiy baxolangan yangiliklaridan biri bu – talaba yoshlar uchun imtiyozli chiptalarni sotib olish imkoniyati elektron tarzida amalga oshirishdir. Gap, Navro‘z bayramini nishonlash arafasida chiptaning tarif qiymatidan chegirmalar taqdim etilishi haqida ketyapti. Eslatib o‘tamiz, bundan oldin imtiyozli chiptalar faqat temir yo‘l kassalarida rasmiylashtirilardi va talaba yoshlar bayram kunlari, chiptalarga ayniqsa talab oshgan bir paytda ko‘plab noqulayliklarni keltirib chiqarardi, uzundan uzun navbatlar xosil bo‘lardi.
Joriy yil 14-mart kunidan 23-martgacha yaratilgan imkoniyatdan chipta.railway.uz sayti orqali jami 322 nafar talaba imtiyozli elektron chipta sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Joylardagi temir yo‘l kassalaridan esa faqat 50 nafar talaba chipta rasmiylashtirdi.
Darhaqiqat, ushbu qulaylik kassada kutish vaqti va boshqa transport xarajatlarini kamaytirib, chipta sotib olish jarayonini tezlashtiradi. Ushbu imkoniyatni hayotga tadbiq etish ortida aslida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning dasturchi-xodimlarinin mashaqqatli mehnatlari asqotgan. Chunki, mavjud bo‘lgan ASU-ekspress temir yo‘l chiptalarni rasmiylashtirish tizimi xalqaro toifada ekanligini hisobga olsak, juda katta xajmdagi ish amalga oshirilganini alohida ta'kidlash lozim. Hozirgi vaqtda, dasturchilar guruhi mavjud bo‘lgan boshqa turdagi imtiyozli chiptalarni elektron tarzda rasmiylashtirish imkoniyati ustidan ish olib borilmoqda.
Mavjud muammolar:
Temiryo‘l infratuzilmasining eskirganligi. Mavjud poyezdlar eskirganligi sababli yo‘lda mummolar ko‘payadi. Buning natijasida reys vaqti kechikadi. Yo‘lovchilarga yaratilgan sharoitlar yaxshi emasligi(sovuqligi,zarur ehtiyoji narsalar yetishmasilgi,xojatxona tizimi mukammal emasligi yo‘lovchilar noroziligiga sabab bo‘ladi).
Poyezdlarning kamligi. Poyezdlarning yetishmasligi kerakli vaqtga yo‘lovchining reys topolmasligiga olib keladi. Buning natijasida temiryo‘l tizimidan foydalanadigan mijozlar kamayib ketishi mumkin.
To‘lovni kriptovalyutada(elektron valyutalarda) amalga oshirish imkoniyati yo‘qligi. To‘lov usuliga bitta kriptovalyuta emas boshqa elektron valyutalarning ham yo‘qligi chet eldan tashrif buyurgan sayyohlarning O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishida qiyinchiliklar tug’diradi.
Chipta qaytarilishida chipta narxi to‘liq qaytarilmasligi. Agar siz ma’lum sabalarga ko‘ra sayohatni bekor qilmoqchi bo‘lsangiz chipta narxi to‘liq qaytarilmaydi. Bu tabiiyki ko‘pchilik mijozlarda norozilik olib keladi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda chiptani reys jo‘nashidan yarim soat oldin qaytarsangiz 70%, yarim soat ichida qaytarsangiz 50% qaytariladi.
Nogironligi bor shaxslarga imkoniyatlar kamligi. Nogironligi bor shaxslarga imkoniyatlar umuman yo‘q. Chipta sotib olish, jo‘nab ketishdagi, vagon ichidagi e’tibor va qulayliklar yo‘q.
Kutish vaqtining samarali tashkil etilmaganligi. Kutish vaqtining samarali tashkil etilmaganligi oqibatida ko‘plab tushunmovchiliklarga olib keladi. Buning natijasida yo‘lovchilar orasida turli nizolar kelib chiqishi va tartibsizliklar kelib chiqishi mumkin.
Xodimlarning saviyasi pastligi. Xodimlar o‘zining ishiga layoqatsizligi,ya’ni xavfsizlik bo‘yicha, navbat kutish bo‘yicha, bilet sotib olish jarayonida, poyezd provodniklari kerakli limitdan ko‘p yo‘lovchi chiqarishi(korrupsiyaga asosan).