Amaliy qism.
Ushbu ishning amaliy qismida Google Authenticatorni qanday yaratish va sozlashni ko’rib chiqamiz. Har bir akkauntingiz uchun ushbu xizmatni faollashtirish muhimligini hisobga olib, biz sizga ushbu Google xizmatini ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlaringiz va boshqa platformalar uchun qanday sozlashni ko‘rsatamiz. Misol tariqasida biz eng katta va eng mashhur kriptobirja Binance tanlab olindi. Birinchi navbatda, https://www.binance.com saytida ro'yxatdan o'tiladi. Asosan, har qanday jiddiy kriptobirja Google Authenticator yordamida ikki faktorli autentifikatsiyani o'rnatish bo'yicha ko'rsatmalarga ega, biz yangi boshlayotganlar oldindan tayyorgarlik ko'rishlari uchun uni qisqacha bayon qilamiz. 2fa kodini ulash va sozlash uchun o'rnatilgan ilova va akkauntga kirish huquqiga ega smartfon yoki planshet kerak bo'ladi. 1. Google akkaunt sozlamalariga o'tiladi va xavfsizlik sozlamalariga kiriladi. Buning uchun quyidagi havoladan foydalanish mumkin: myaccount/google/com/security/. Bunda quyidagi oyna ochiladi. Bu yerda ikki bosqichli tekshirish opsiyalarini yoqish kerak
1-rasm.
2-rasm
3-rasm
4-rasm
5-rasm
6-rasm
7-rasm
8-rasm
Google Authenticator ilovasining parolini yaratish. Ilovaning paroli sizning Google hisobingizga kirish uchun ilova yoki qurilmaga ruxsat beruvchi 16 xonali kirish kodidir. Agar 2 bosqichli tekshiruvdan foydalanilayotgan boʻlsa va Google akkauntga kirishga urinilayotganda “notoʻgʻri parol” xatosi chiqsa, ilova paroli muammoni hal qilishi mumkin. Aksariyat hollarda har bir ilova yoki qurilmaga ilova parolini faqat bir marta kiritish kerak bo‘ladi, shuning uchun uni eslab qolish shart emas. − Google qayd yozuvlari xavfsizligi sozlamalari sahifasi " Пароль и способ входа в аккаунт" bo'limida "Пароли приложений" havolasi bosiladi. Foydlanuvchidan Google akkauntga kirish talab qilinishi mumkin. − Pastki qismidagi ochiladigan ro‘yxatdan foydalanilayotgan dastur tanlanadi. − Keyingi ochiladigan ro‘yxatda foydalanuvchi foydalanayotgan qurilma tanlanadi. − “Создать” tugmasi bosiladi. − Qurilmaga ilova parolini (sariq chiziqdagi 16 raqamli kod) kiritish uchun ko‘rsatmalarga rioya qilish zarur. − “Готово” tugmasi bosiladi va sozlash yakunlanadi. Telefon yo'qotilganda Google Authenticatorni tiklash. Agar foydalanuvchi ikki faktorli autentifikatsiyani faollashtirgan bo'lsa, smartfon yo'qotilganda, qayd yozuviga kirishni ham yo'qotadi. 16-raqamli 2FA kalitini yozib olingan bo’lsa, hech qanday muammo yo'q. Ikki faktorli autentifikatsiya dasturini boshqa qurilmaga yuklab olinadi va qays yozuvini qo'lda qo'shiladi