•
Sarlavha satri o`ng tomonida joylashgan
“ Развернут” tugmasini
bosing va oynani kichiklashtiring;
•
Endi oyna o`lchamlarini o`zingizga qulay ko`rinishga o`zgartirishingiz
mumkin, buning uchun:
•
Sichqoncha ko`rsatkichini oyna chegaralaridan biriga olib keling;
•
Sichqoncha chap tugmasini bosing va oyna o`lchamini o`zingizga
ma’qul ko`rinishga o`zgartiring;
Oyna o`lchamlarini eniga va bo`yiga barobar o`zgartirishingiz ham mumkin,
buning uchun:
•
Sichqoncha ko`rsatkichini oyna burchaklaridan biriga olib keling va
sichqoncha chap tugmasini bosgan holda, uning o`lchamlarini eniga
va bo`yiga o`zgartiring;
Oyna o`lchamlarini o`zgartirib bo`lganingizdan so`ng, uni ekranning
o`zingizga qulay bo`lgan joyiga joylashtiring:
•
Sichqoncha yordamida oynaning sarlavha satridan tuting va uni yangi
joyga o`tkazing;
Dasturning menyu satrida
“Быстрого доступа” tugmasi joylashgan. Bu
tugma yordamida dasturda ko`p foydalaniladigan amallar ya’ni buyruqlarni
joylashtirishimiz mumkin, masalan: hujjatni saqlash, bajarilgan amallarni
qaytarish, tayyor xujjatni ochish, yangi hujjat yaratish kabi bir qancha
amallarni joylashtirishimiz mumkin.
Dasturni yopish
Ixtiyoriy dasturni yopish uni kompyuter xotirasidan yuklashni anglatadi.
Boshqa dasturlarda bo`lgani kabi Word 2013
dasturining ham bir nechta
yopish usullari mavjud.
Birinchi usul:
Word 2013 dasturini yopish uchun uning yopish tugmasidan foydalanish.
•
Interfeys sarlavha satrining o`ng yuqori burchagida
joylashgan
“Закрыт” tugmasini bosing;
Dostları ilə paylaş: