AMALIY-KASBIY MASHQLAR
Reja:
Talabalarning kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarligi.
Kasbiy-amaliy gimnastika
Sport-amaliy gimnastikasi
Bugungi rivojlanish davrida mutaxassislar tayyorlashning umumiy tizimida o‘quv yurtlarida jismoniy-tashkiliy ishlarni uyushtirish muhim axamiyat kasb etmoqda. Mutaxassislar tayyorlashni to‘g‘ri tashkil qilish, ularning layoqatliligini ta’minlaydi. Bugungi va bo‘lajak ziyolilarning jismoniy tayyorgarligi bir qator masalalarni hal qiladi. Xozirgi zamon talablariga yoshlar tayyor bo‘lishi va muammolarni hal qilishuchun to‘g‘ri yo‘lni tanlashi, sog‘lom baquvvat bo‘lishi kerak. Bu masalani ta’minlovchi jismoniy tayyorgarlik tizimi-mutaxassislarning “mutaxassislik amaliy jismoniy tayyorgarligi” deyiladi. Mutaxassislarning amaliy jismoniy tayyorgarligi bir-biriga bog‘liq ikki yo‘nalishda o‘quv yurtlarida va ishlab chiqarishda olibboriladi. Talabalar amaliy jismoniy tayyorgarligi jarayonida ularning barcha kasb sifatlari shakllanadi. Bu esa amaliy jismoniy tayyorgarligi ishlab chiqarish bosqichida muhimdir. Izlanishlarning ko‘rsatishicha, sharqshunoslarning ruhiy, siyosiy, madaniy va jismoniy tayyorgarligiga qo‘yiladigan talab shifokor, muhandis, pedagog va boshqa qo‘yilgan talablardan farq qiladi. Bu talab filolog, muhandis tarjimon, kimyogar, iqtisodchi va tarixchilar uchun o‘ziga hosdir. Jismoniy madaniyat malakalari doirasidagi har taraflama keng miqyosdagi jismoniy tayyorgarlik mehnat faoliyatiga bo‘lgan tayyorgarlikni ta’minlaydi.
Ishlab chiqarish xodimlarida Mutaxassislarning amaliy jismoniy tayyorgarligi g‘oyasi keng emas. Yaqin vaqtgacha ishchi va mutaxassislarning amaliy jismoniy tayyorgarligi muhim professional sifatlari va amaliy malakani shakllantirishga qaratilgan deb hisoblanardi. Keyingi vaqtlardagi ilmiy izlanishlarning natijalari amaliy jismoniy tayyorgarligi haqidagi tushunchani kengaytirdi. amaliy jismoniy tayyorgarligi yordamida ishchi-xodimning ruhiy, madaniy va jismoniy sifatlari shakllanadi, jismoniy madaniyat va ishlab chiqarish sohasidagi bilim va malakasi ortadi, turli xil tashkiliy va pedagogik malakalari rivojlanadi, inson organizmining asosiy a’zolari, tizimlari, ruhiy jarayonlarning ishonchliligi ta’minlanadi.
Amaliy jismoniy tayyorgarligi salomatlikni mustahkamlashga, kasalliklarga
va charchashga chidamli bo‘lishga, jarohatlanishning kamayishiga yordam beradi. Amaliy jismoniy tayyorgarligi bilan shug‘ullanganlarning mehnati boshqalarnikiga qaraganda ancha samaralidir. Ular ish vaqti kamroq charchamaydilar. Barcha o‘quv yurtlari talabalarining jismoniy tarbiya amaliyotida amaliy jismoniy tayyorgarligini joriy qilish mas’uliyatli davlat ishidir. Gumanitar va iqtisodiyot fanlar bilan band bo‘lgan xodimlar uchun mehnat faoliyatlari davomida amaliy jismoniy tayyorgarligi bilan shug‘ullanish ham muhim ahamiyatga ega. Bunday mashg‘ulotlar professional layoqatlilik darajasini takomillashtirishga yordam beradi. amaliy jismoniy tayyorgarligi mehnatni tashkil qilishning yangi shakllaridan foydalanishni tavsiya qiladi. amaliy jismoniy tayyorgarligi mutaxassisning o‘quv yurtida jismonan rivojlanishning tashkiliy bir qismi deb qarash kerak. amaliy jismoniy tayyorgarligini joriy qilish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bunday yondashishi bu murakkab pedagogik jarayonning texnologiyasini chuqurroq o‘rganishga hamda undan foydalanishga yordam beradi. amaliy jismoniy tayyorgarligi o‘zining tarbiyaviy va tashkiliy asoslariga va aniq yo‘nalishiga ega. amaliy jismoniy tayyorgarligi faoliyati xom ashyo bazasiga, maxsus adabiyotlar, ilmiy izlanishlarni o‘tkazish, tashviqot-targ‘ibot ishlari olib borish, amaliy jismoniy tayyorgarligi rahbariyatining maxsus nazariy va uslubiy tayyorgarligini ta’minlaydi. O‘quv yurtlarida amaliy jismoniy tayyorgarligini rejalashtirishda uning tashkiliy bosqichlari hisobga olinadi. amaliy jismoniy tayyorgarligi jismoniy tarbiya jarayonida olib boriladigan tarbiyaviy va sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar bilan bog‘liq.
Turli o‘quv yurtlari talabalarining amaliy jismoniy tayyorgarligini mohiyati bir qator omillar bilan belgilanadi. Turli kasb vakillari amaliy jismoniy tayyorgarligining muhimligi bu kasbning halq xo‘jaligidagi o‘rni va ahamiyati bilan, mutaxassis ishlayotgan tarmoq rivojlanish jadalligi bilan mehnat unumdorligini ortishi va boshqalar bilan bog‘liq. O‘quv yurti talabalari amaliy jismoniy tayyorgarligini mohiyatining asosiy omillari faoliyat doirasi, mehnat sharoiti va tartibi, mutaxassislarning psixofizik xususiyatlaridan iborat.
Kasbiy-amaliy gimnastika— insonning harakat sifatini tarbiya- lash, rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan hamda uning o'z ixtisosiga xos mehnat harakatlarini tezroq o'zlashtirishga mo'l- jallangan bo'lib, kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlikning tarkibiy qismi hisoblanadi. Kasbiy-amaliy gimnastikaning vosita (mashqlari) va uslublari yordamida bo'lajak kasb (ko'mir kombayni haydov- chilari, quruvchilar, montajchilar, stanokda ishlovchilar, tikuv- chilar, yuqori kuchlanishdagi tok bilan ishlaydigan temiryo'l elektromontyorlari, yog'och konveyerda o'tirib ishlaydiganlar va h.k.)lardagi harakat faoliyatini muvaffaqiyatli bajarish uchun zarur bo'lgan jismoniy sifatlari rivojlanadi va harakat malakalari takomil- lashadi.
Kasbiy-amaliy gimnastika, umumiy jismoniy tayyorgarlik mashg'ulotlari kabi, asosan, ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlarida, oliy o'quv yurtlari hamda akademik litseylarda o'tkaziladi.
Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik aniq bir mehnat faoliyatiga yuqori talablar qo'yadigan jismoniy sifatlarni, harakat malakalarini va talaba o'quvchilar organizmining psixofiziologik faoliyatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan pedagogik jarayon hisoblanib, bu tayyorgarlikda gimnastikaga muhim o'rin ajratiladi.
Sport jihozlari bilan va jihozlarisiz bajariladigan mashqlar, gimnastika jihozlari (gimnastika devori, o'rindig'i, arqon, langar, xoda va boshq.)dagi mashqlar, shuningdek, oddiy akrobatika mashqlari, oddiy va tayanib sakrashlar kasbiy-amaliy gimnastikaning asosiy vositalari hisoblanadi.
Kasbiy-amaliy gimnastika bo'lajak yosh ishchi-xizmatchilarning har tomonlama jismoniy tayyorgarligini va ma'naviy boyligini rivojlantirishga, ularni hayotga, hozirgi davrning yuqori unumli ishlab chiqarish mehnatiga va Vatan himoyasiga tayyorlash uchun xizmat qiladigan va hamma o'quvchi-talabalar uchun yagona bo'lgan umumiy jismoniy tayyorgarlikdan farqi bo'lajak ishlab chiqarish faoliyatidagi ixtisoslikni hisobga olgan holda o'tkaziladi. Uning mazmuniga biror soha mehnat faoliyatining xususiy sharoiti uchun muvaffaqiyatli tayyorlash; mumkin bo'lgan gimnastika mashqlari va boshqa mashqlar kiritiladi.
O'quv rejasi bo'yicha majburiy mashg'ulotlardan tashqari maxsus tashkil qilingan fakultativ va sho'ba mashg'ulotlari kata ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Ertalabki gigiyenik gimnastikaning kundalik mashg'ulotlari jarayonida darsdan tashqari biron-bir sport turi bilan shug'ullanish, shuningdek, jismoniy tarbiya — sog'lomlashtirish va sayyohlik tadbirlar jarayonida biron kasbni hisobga olgan holda maxsus tayyorgarlikni amalga oshirish mumkin.
Har bir muayyan ixtisos uchun foydaliroq gimnastika mashqlarini yoki sport turlarini tavsiya qilish mumkin. Chunonchi, rnon- tajchi-havaskorlar uchun — batutda sakrashlar, sport gimnastikasi mashqlari, akrobatik sakrashlar, shuningdek, depsinish «ko'p- rikcha»sidan sakrashlar; yengil sanoat ishchilari uchun — panja, kaft harakatlari chaqqonligi va tezligini, shuningdek, oyoq va bel mushaklarining chidamliligini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan mashqlar; suv transporti ishchilari uchun — harakat qilib turadigan tayanch nuqtasi (xodada va boshq.)da muvozanat saqlash mashqlari, tirmashib chiqish, tirmashib oshib o'tish mashqlari katta yordam ko'rsatishi mumkin.
Sport-amaliy gimnastikasi turli sport turlaridagi umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikning tarkibiy qismi hisoblanadi. U jismoniy sifatlarni takomillashtirish va sportchilar organizmining funksional imkoniyatini oshirish uchun qo'llaniladi.
Sport-amaliy gimnastikasi umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni oshirish vositasi sifatida keng qo'llaniladi. Gimnastika mashqlari yordamida organizmning turli tarmoqlari faoliyatining rivojlanishiga (turli mushak guruhlariga, tananing alohida qismlariga, organlar va boshq.) tanlab ta'sir ko'rsatish va sportchining shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib, jismoniy yuklamaning hajmi va ta'sirchanligini maksimal darajada turli-tuman qilish mumkin. Bu hoi aynan sport-amaliy gimnastikasi natijalarini oshirishning eng muhim va yagona vositasi sifatida qo'llash imkonini beradi.
Mushakka zo'r berishning tuzilishi va ko'rinishi bo'yicha u yoki bu sport turining harakat faoliyatiga xos yoki o'xshash mashqlar tavsiya qilinadi. Chunonchi, gavda aylanma harakat qiladigan sport turlarida (figurali uchish, kurash, suvga sakrash) akrobatika mashqlari keng qo'llaniladi, ular yordamida tayanch-harakatlanuvchi apparat va muvozanat organlari (vestibular analizatorining funk- siyasi) takomillashadi.
Butun ish kuni davomida xizmatchi ish qobiliyatining yuksakligini va turg‘unligini yaratish masalasi mehnatni ilmiy tashkil etish (MITE)ning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasining shakllari bunga xizmat qiladigan eng ta’sirchan vositalar hisoblanadi.
Ko‘p yillik tajriba va ilmiy tadqiqotlar boshlang‘ich gimnastika ta’siri ostida moslashish davrining qisqarishi, organizmda fiziologik jarayonlar sodir bo‘lishining tezlashishi, organizmning ish bajarishga tayyorlik darajasi ortishidan dalolat beradi. Masalan, yuqori malakali ishchilarning kun tartibiga boshlang‘ich gimnastika kiritilganidan keyin moslashish davri 60 daqiqadan 30 daqiqagacha qisqaradi. SHu bilan bir vaqtda, dastlabki yarim soat davomidagi mehnat unumdorligi 13,2 % ga ortadi.
Yaxlit ta’sir ko‘rsatuvchi variant mehnat faoliyati uzoq muddat kuchli diqqat-e’tiborni talab etadigan (aqliy mehnat xizmatchilari, transport haydovchilari, konveyer xizmatchilari va b.) xizmatchilar uchun mo‘ljallangan. Mashqlar, asosan, bo‘lajak ishlab chiqarish faoliyatida bevosita band bo‘lmagan mushak guruhlariga, organizmning tizim va organlariga ta’sir etadi. Bunday mashqlar murakkab koordinatsiyali bo‘ladi, chunki qo‘llar, gavda, oyoqlarning qo‘shimcha harakatlarini o‘z ichiga oladi va diqqat-e’tiborning jamlanishini talab qiladi. Sur’at – oldingi ishdagi singari. Mehnati aniq harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar uchun (masalan, mayda mexanizmlarni yig‘uvchi yoki transport haydovchilari) maksimal jismoniy yuklama birinchi mashqlarga to‘g‘ri keladi.
Agar bevosita ish qobiliyati pasayishi arafasida jismoniy tarbiya tanaffusi yoki jismoniy tarbiya daqiqasi o‘tkazilsa, u holda bu tadbir bilan ish qobiliyatini oldingi erishilgan darajasida ancha uzoq vaqt saqlab turish mumkin.
Masalan, konveyerda ishlaydigan tikuvchilarning ish unumdorligi jismoniy tarbiya tanaffusi o‘tkazilganidan keyin bir soat davomida bunday tanaffus o‘tkazilishidan oldingisiga nisbatan 6 %ga yuqori bo‘lgan.
Umuman, jismoniy tarbiyani turli shakllarda ishlab chiqarishga tatbiq qilish mehnat unumdorligining ortishi, ishchi va xizmatchilar jismoniy rivojlanishining yaxshilanishi, ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarning kamayishi, shug‘ullanuvchilarning kayfiyati ko‘tarilishida ifodalanadi.
Mehnatni dam olish bilan navbatlashning optimal, ilmiy asoslangan tartibi butun ish kuni (smenasi) davomida o‘ta charchashga o‘rin qoldirmay, yuksak ish unumdorligini saqlash imkoniyatini beradi. Namunaviy mehnat va dam olish tartiblari 7- ilovada keltirilgan.
Ishlab chiqarish sohasida jismoniy tarbiyani yanada rivojlantirish mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish usullarining yangi shakllarini ilmiy asoslanishi; funksional musiqadek, suv muolajasidek, o‘z – o‘zini uqalashdek, o‘z – o‘zini ruhiy boshqarishdek nomaxsus ta’sir vositalari singari jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish; qisqa muddatli mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish uchun xizmat qiladigan yordamchi snaryadlarni va maxsus qurilmalarni qo‘llash; noqulay ish shart – sharoitlarida va uzluksiz texnologik jarayonlarda jismoniy tarbiyaning kichik ko‘rinishlarini tadbiq etish; mashg‘ulotlarning individual shakllarini qo‘llash jismoniy tarbiya bilan mehnatni ilmiy tashkil etishning turli shakllari o‘rtasidagi yanada mustahkam aloqa bilan bog‘liq.
Mehnatni ilmiy tashkil etish tizimida jismoniy tarbiyaning quyidagi shakllarini o‘zaro farqlaydilar: boshlang‘ich gimnastika, jismoniy tarbiya tanaffusi (pauza), jismoniy tarbiya daqiqasi, mikropauza, tushlik tanaffus paytida jismoniy tarbiya mashqlarini bajarish. Bunday shakllarning barchasi mehnat kuni tartibida jismoniy tarbiya tadbirlarining tizimini tashkil etadi.
Mehnat xususiyatlariga, xizmatchilarning kasbiy charchash xususiyatiga bog‘liq holda turli kasb guruhlari uchun ish smenasi davomida jismoniy tarbiya shakllarini navbatma-navbat o‘zgartirib, ularni takrorlanishi, mashg‘ulotlar mazmuni, tarkibi, ta’sir vositalari va b. jihatidan turli variantlarda qo‘llash mumkin. Mehnatning turli jarayonlarida jismoniy tarbiyaning uzoq davom etmaydigan shakllaridan (jismoniy tarbiya daqiqalari, miropauzalar) ko‘proq foydalanish maqsadga muvofiq, shu bilan birga, oqimlar va konveyerlardagi uzluksiz texnologik jarayonlarda mashg‘ulotlarning individual shakli ancha foydali hisoblanadi.
Vositalar to'plarni ko'proq nafas olish, yurak, qon aylanish organlariga ta'sir ko'rsatadigan boshqa sport turlarida umumrivojlantiruvchi mashqlar, arg'amchi bilan bajariladigan mashqlar va turli xildagi sakrash va irg'ishlar (boks, kurash, yengil atletika va boshq.) katta o'rin egallaydi.
Quyidagilar sport-amaliy gimnastikasining asosiy vositasidir:
jihozlar bilan va jihozlarsiz (gimnastika tayoqchasi, gantellar, to'ldirma to'p, aig'imchoq, rezina amortizator) bajariladigan mashqlar;
ommaviy jihozlarda (gimnastika devorchasi va gimnastika o'rindig'i, arqon, langar, osma maydoncha) va shuningdek, yog'och otda, «eshak»da, halqada, qo'shpoyada va yakkacho'pda bajariladigan mashqlar;
akrobatika mashqlari, batutda, depsinish «ko'prikcha»sidan sakrashlar;
tayanib va tayanmasdan sakrashlar.
Quyidagi mashqlarni ayrim jismoniy sifatlarni tarbiyalash va takomillashtirish uchun qo'llash zarur:
kuchni rivojlantirish uchun tezkor-kuch mashqlari (o'ta og'ir bo'lmagan yuk bilan eng katta tezlikda va o'ta og'ir yuk bilan charchagunga qadar mashq bajarish) va har tomonlama ta'sir qiluv- chi mashqlarni qo'llash lozim. Masalan, kurashchi, shtangachi, eshkak eshuvchilar uchun blokli qurilmalardan iborat gimnastika jihozlari; sport o'yinchilari uchun jihoz bilan bajariladigan mashqlar, dinamik ko'rinishdagi oddiy mashqlar, turli irg'ish va sakrash mashqlari juda foydalidir; egiluvchanlikni tarbiyalash va rivojlantirish uchun harakat - larning amplitudasini asta-sekin oshirib bajarish, sherikning yorda- midan foydalanib mashq bajarish, ommaviy jihoz (gimnastika devorchasi, arqon, langar va boshq.)larda mashqlar bajarish zarur. Masalan, suzuvchilar uchun yelka bo'g'inining yaxshi harakatchan- ligi zarurdir, o'yinchilarga esa (futbol, basketbol), tos-son va boldir- tovon bo'g'inlarining harakatchanligi lozim;
d) chaqqonlikni tarbiyalash va takomillashtirish uchun ko'proq koordinatsiya mashqlarini (har xil usul va yo'nalishda gavda aylan- tirishni talab qiladigan), akrobatika mashqlarini, shuningdek, turli xil sakrashlarni (tayanchsiz, tayanib turib, pastlikka, depsinish «ko'prikcha»sidan aylanib bajariladigan sakrash va boshq.) qo'llash ma'qul.
Sport-amaliy gimnastikasida ko'rsatilgan mashqlar sportchini tayyorlashning turli bosqichlarida, mashg'ulotning barcha davrla- rida, albatta, sport tunning xususiyatlarini hisobga olgan holda qo'llaniladi. Harakat faoliyatining shakli va usuli xos bo'lgan sport turlari (figurali uchish, suvga sakrash va boshq.)dagina ularning har bin xususiyatiga qarab, gimnastikaga xos uslubga erishish zarur, ko'pgina boshqa sport turlari uchun esa harakatlar erkin va keng ampli- tudada bajarilishiga erishish lozim. Gimnastika jihozlarida mashq bajarilar ekan, tezlik faoliyati shiddatli harakat xarakteriga ega bo'lgan sportchilarning mashg'ulotlarda uzoq davom etadigan statik kuch ishlatishiga yo'l qo'ymaslikka erishish zarur.
Sport-amaliy gimnastika mashg'ulotlari kundalik ertalabki gimnastika shaklida o'tkaziladi. Unga gigiyenik gimnastikadan ko'ra, ancha jadalroq bajariladigan mashqlar kiradi va 20—40 minut davom etadi. Sportchining mushaklar chigilini yozishga kiritadigan mashqlarini bajarishi faoliyati bo'yicha muayyan sport turining asosiy harakat faoliyatiga o'xshash bo'lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |