•
Agar siklda takrorlanish soni oldindan ma’lum bo’lsa, u holda FOR operatori
ishlatiladi.
•
Agar sikl ma’lum shartning bajarilishi ichida takrorlanishi lozim bo’lsa, u holda
WHILE operatori ishlatiladi.
WHILE operatori.
While sikl operatori takrorlanishlar soni oldindan aniq bo’lmagan hollarda
takrorlanishni biror bir shartning rost bo’lishida bajaradi. Berilgan shart oldin
tekshirilib, keyin shartning bajarilishiga qarab uning tarkibidagi operatorlar bajariladi.
While sikl operatorini yozish uchun quyidagi ketma ketliklarni bajarish lozim:
1. Kursorni dastur kiritish kerak bo’lgan bo’sh joyga qo’yiladi.
2. Dasturlash panelidan While Loop (Sikl While) tugmasi bosiladi.
3. While operatorining o’ng tamonidan shart (mantiqiy ifoda) kiritiladi.
4. While operatori pastidan sikl hisoblashi lozim bo’lgan ifodalar kiritiladi. Agar
siklda bir necha ifodalarni hisoblash kerak bo’lsa, oldin kursorni kiritish joyiga qo’yib,
keyin Add Program Line (Dasturga qator kiritish) yoki “]” (yopuvchi o’rta qavs)
tugmasini sikl nechta qatorni o’z tarkibiga kiritsa shuncha marta bosish kerak bo’ladi.
Keyin kiritish joylarini kerakli ifodalar bilan to’ldirib, ortiq kiritish joyi olib
tashlanadi. Quyidagi 1.7-rasmda misol tariqasida berilgan qiymatdan biron vektorning
birinchi katta qiymatini aniqlash keltirilgan.
1.7-rasm. Dasturlashda While sikl operatorini qo’llash.
Dostları ilə paylaş: