bcb6kg.exe faylini ishga tushirilgandan so‘ng 1.1.6–rasmdagi oyna hosil bo‘ladi. Bu oynadan Generate tugmasini bosib kerakli kodlarni olamiz. Ularni ya’ni berilgan kodlarni 1.1.4–rasmdagi oynaga birin–ketinlikda joylashtiramiz va Next tugmasini bosamiz (1.1.7 – rasm).
1.1.8–rasmda keltirilgan oynasidagi I accept the terms in the license agreementni tanlab Next tugmasini bosamiz. Shundan so‘ng 1.1.9–rasmdagi oyna hosil bo‘ladi. Bu oynada dasturning o‘rnatish turini tanlashimiz kerak. Quyida dasturning o‘rnatish turlari berilgan:
– Typical – dasturni umumiy holatda o‘rnatish, foydalanuvchilar uchun tavsiya etiladi;
– Compact – dasturni minimal holatda o‘rnatish;
– Custom – dasturni kerakli bo‘lgan bo‘limlarini tanlab o‘rnatish, yetakchi foydalanuvchilar uchun tavsiya etiladi.
Ushbu oynadan ko‘rsatilgan oynalarning hammasidan Next tugmasini bosamiz. 1.1.10 – rasmda ko‘rsatilgan oynada dasturni o‘rnatilayotgan joyni ko‘rsatish oynasi keltirilgan, uni o‘zgartirib o‘zimiz uchun qulay joyni tanlashimiz mumkin.
Shundan so‘ng Next tugmasini bosamiz. Shunda 1.1.11 – rasmdagi oyna hosil bo‘ladi va Install tugmasini tanlaymiz va o‘rnatish jarayoni boshlanadi.
|
|
1.1.11 – rasm: Dasturni o‘rnatish boshlash oynasi
|
1.1.12 – rasm: Dasturni o‘rnatish tugatish oynasi
|
Dasturni o‘rnatish tugaganidan so‘ng Next tugmasi bosiladi. Jarayon yakunlangandan keyin dasturni o‘rnatib bo‘lganini bildiruvchi oyna hosil bo‘ladi. U oynadan Finish tugmasini tanlab dasturni o‘rnatishni yakunlaymiz. Dasturni o‘rnatganimizdan so‘ng uni ro‘yxatdan o‘tgazishimiz kerak, ya’ni Registratsiya qilishimiz kerak. Uning uchun dasturni dastlab ishga tushiramiz. Shunda 1.1.13 – rasmdagi oyna hosil bo‘ladi. Bu oynadan Register or activate by phone or web browseer ni tanlab Next ni bosamiz.
Undan so‘ng ekranda 1.1.14 – rasmdagi oyna xosil bo‘ladi va biz bu oynadan Registration Code ni olib Borland C++ Builder 6 Keygen deb nomlangan oynadagi Registration Code maydoniga joylashtiramiz (1.1.15 – rasm), keyin bizga Activation Key beriladi uni ko‘chirib olib Borland C++ Builder 6 Registration Software – Phone Registration deb nomlangan oynadagi kerakli joyga joylashtiramiz va Next ni bosamiz (1.1.16 – rasm).
|
|
1.1.15 – rasm: Borland C++ Builder 6 Keygen oynasi
|
1.1.16 – rasm: Activation Key ni joylashtirish oynasi
|
Next tugmasini bosganimizdan so‘ng bizga ro‘yxatdan o‘tish yakunlanganligini bildiruvchi oyna hosil bo‘ladi va undan Exit tugmasini bosib chiqib ketishimiz mumkin (1.1.17 – rasm). Dasturni ishga tushirish Pusk tugmasi yordamida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |