Amaliy mashg‘ulot № zagotovkalarni bazalash variantlarini o‘lchamli taxlili 2-qism



Yüklə 63,63 Kb.
səhifə1/2
tarix18.06.2023
ölçüsü63,63 Kb.
#132119
  1   2
7-AMALIY MASH

AMALIY MASHG‘ULOT № 7.

ZAGOTOVKALARNI BAZALASH VARIANTLARINI O‘LCHAMLI TAXLILI 2-qism


Ishdan maqsad: Zagotovkalarni bazalash variantlarini o‘lchamli taxlili qilish.


ISHNI BAJARISH UCHUN KERAKLI BO‘LGAN MA’LUMOTLAR
Xar qanday qattiq jismning oltita erkinlik darajasi mavjud: uchta o‘q buyicha siljishi va shu o‘qlar atrofida aylanishi. O‘z navbatida hamma erkinlik darajasini yo‘qotish uchun detal yuzalarida oltita kontakt nuqta mavjud bo‘lishi kerak.
7.1-rasmda kalta siliidrik detalni uchta o‘zaro perpendikulyar tekisliklar tizimida va moslamada joylashish shakli ko‘rsatilgan. Bu erda muxim bo‘lmagan uchta tayanch no‘qtaga ega bo‘lgan detalni toretsli yuzasi asosiy o‘rnatish yuza bo‘lib xisoblanadi.



7.1-rasm. Kalta silindrik detalni a) fazoda va b) prizma hamda uch mushtchali patronda holati
Buning uchun:
1. Patron mushtchalarini disksimon zagotovkani tashqi diametridan katta bo‘lgan o‘lchamga kalit yordamida ochish kerak
2. O‘ng qo‘l bilan ushlab turib, disk zagotovkasini patron oxirigacha
joylashtirib chap qo‘l bilan kalit buralsin. Oxirada esa kalitni ikki qo‘l bilan maxkamlash kerak.
Disksimon zagotovkani uch mushtchali patronga o‘rnatilish shakli chizib olinsin. Bunday o‘rnatilishda nechta erkinlik darajasini yo‘qotishi mumkinligi aniqlanib tayanch nuqtalari shaklga belgilab qo‘yilsin.
Yo‘naltiruvchi va tayanch yuzalarinibelgilab oling. GOST 31107-73 bo‘yicha bazalash elementlarini shartli belgilarini ko‘llangan holda disksimon zagotovkani uch mushtchali patronga o‘rnatish texnologik eskizini bajaring.
3. Val zagotovkasi prizmaga o‘rnatilsin. O‘rnatish shakli chizib olinsin. Bunday o‘rnatilishda zagotovka nechta erkinlik darajasini yo‘qotishini aniqlang va qisish kuchini strelkalar bilan kursatib qo‘ying.
Yo‘naltiruvchi va tayanch yuzalarini belgilab oling. GOST 31107-73 bo‘yicha bazalash elementlarini shartli belgilarini qo‘llangan holda valni prizmada o‘rnatish texnologik eskizini bajaring.
4. To‘g‘ri burchakli shakldagi zagotovka moslamaga o‘rnatilsin. Moslamaga o‘rnatish shaklini chizib oling. Nechta erkinlik darajasini yo‘kotishini aniqlang va tayanch no‘qtalarini belgilang. Qisish kuchlarini strelkalar bilan ko‘rsating.
Yo‘naltiruvchi va tayanch yuzalarini belgilab oling. GOST 31107-73 bo‘yicha bazalash elementlarini shartli belgilarini qo‘llangan holda to‘g‘ri burchakli shakldagi zagotovkani moslamaga o‘rnatish texnologik eskizini bajaring.

Yüklə 63,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin