24
portlari parallel va ketma-ket bo’ladi va ular mos ravishda LPT1-LPT4 va COM1-
COM3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem,
sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi.
Windowsning multimedia imkoniyatlari
Tovushlar va videoelementlar (video) bilan ishlash multimedia vositalari deb
ataladigan maxsus texnik va uskunaviy qurilmalar bilan amalga oshiriladi. Bunday
texnik vositalar bilan jihozlangan kompyuter multimedia - kompyuter deb ataladi.
Multimedia atamasining lugaviy ma’nosi multimuhitni anglatadi. Ammo
multimedia tushunchasining aniq ta’rifi mavjud emas. Odatda multimedia deganda
turli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Ayni
vaqtda bu avvalo tovushlar, videoelementlarni qayta ishlovchi vositalardir. Shu bilan
birga multiplikatsiya (animatsiya) va yuqori sifatli grafika hollarida ham multimedia
haqida gapirish mumkin. Kelajakda multimedia vositalari ma’lumotning boshqa
turlari, masalan, virtual voqiylik bilan ishlash imkonini berishi ehtimoldan xoli
emas.
Dostları ilə paylaş: