22
to’xtovsiz aylanib turadi. Bunday disklarni mexanik buzilishini oldini olish
maqsadida maxsus metal korpus bilan himoyalab qo’yiladi. Ularning hajmi hozirda
300 Gbgachani tashkil qiladi.
Lazerli (kompakt) disk. Keyingi paytda bu qurilma juda muhim rol
o’ynamoqda. Uning asosiy sababi unga 650 - 700 Mbayt hajmdagi ma’lumotni
sig’ishi bo’lsa, ikkinchi tomondan uni ishlatishda qulayligi bilan alohida etiborga
loyiq. Uning CD ROM, CD R va CD RW ko’rinishdagilari mavjud Bunday
disklarning ikki tarafiga ham yoziladiganlari hozirgi kunda keng qo’llanilayapti.
DVD disklar. Bu nomdagi disklar raqamli ko’pmaqsadli audio-video
ma’lumotlarni saqlashga mo’ljallangan bo’lib, ularning ma’lumot sig’imi 4.7 Gbdir.
Ularning ham faqat bir marta va ko’p marta yoziladigan ko’rinishlari mavjud.
Bunday disklarning ham ikki tarafiga yoziladiganlari bor.
Flesh-xotira. Bunday xotira qurilmasi mikrosxemelardan iborat bo’lib
kompyuterning USB portiga ulanadi. hlarning 256, 512, 1, 2 Gb va undan katta
hajmlilari ham mavjud. Ularga ma’lumotlarni katta tezlikda yozib olish va saqlash
imkoni bor.
Dostları ilə paylaş: