Amaliy mashg‘ulot 1-modul



Yüklə 14,04 Mb.
səhifə6/61
tarix07.01.2024
ölçüsü14,04 Mb.
#203354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
matmetodika

1.2. Umumiy o‘rta talimning davlat ta’lim standartining maqsad
va vazifalari


Davlat ta’lim standartlarining maqsadi va vazifalari nimalardan
iborat?
Davlat ta’lim standartlarining joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi:
- ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishini ta’minlash;
- mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish;
- ta’limning demokratlashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilarning huquqiy va iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish;
- sifatli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
- kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini va tartibini belgilash;
- ta’lim jarayonini va kadrlar tayyorlashning izchilligi va
uzluksizligini ta’minlash;
- mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni
ta’minlash.
Davlat talim standartlarining vazifalari:
- ta’lim sifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko’rsatiladigan ta’lim
xizmatlari turlariga nisbatan qoʻyiladigan maqbul talablarni belgilash;
- ta’limga va uning pirovard natijalariga, ta’lim oluvchilarning bilimi va kasb malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibiga, shuningdek ta’lim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo‘yiladigan tegishli talablarni belgilovchi me’yoriy negizni yaratish;
- xalqning boy aql-zakovat merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
- ta’limning barcha turlarida ular mazmunini hamda olib boriladigan ta’lim va tarbiyani kelishib olish, ularning o‘zaro bogliqligini, uzluksiz ta’lim tizimida va kadrlar tayyorlashda izchillikni ta’minlash;
- o‘quv-tarbiya va ta’lim jarayoniga, pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta’minlashga, ta’lim darajasini nazorat qilishga, ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan me’yorlar va talablarni belgilash;
- ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning xolis tizimini, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkredetatsiya qilishni joriy qilish;
- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
- milliy standartlar talabini ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga
nisbatan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
Davlat ta’lim standartining maqsadi - umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:
- umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
- milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
- o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va
ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
- ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek, ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
- davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar
tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.



Yüklə 14,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin