1.3. Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’limstandartining asosiy prinsiplari
Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
- o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi;
- umumiy o‘rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;
- davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat
talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;
- umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
- umumiy o‘rta ta’lim mazmunining respublikadagi barcha
hududlarda birligi va yaxlitligi;
- umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi;
- o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta’minlanganligi;
- rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
Mashg‘ulotning borishi: Amaliy mashg‘ulotda talabalarni faollashtirish maqsadida ularning bugungi mavzuni ongli o‘zlashtirib olishlari uchun quyidagi savollarga javoblar olinadi:
1. Davlat ta’lim standarti nima?
2. U qanday tuzilishga ega?
3. Davlat ta’lim standarti maqsadi nimalardan iborat?
4. Davlat ta’lim standarti vazifalari nimalardan iborat?
5. Davlat ta’lim standartining asosiy prinsiplarini ayting.
6. DTS Vazirlar Mahkamasining qaysi va nechanchi yildagi qarorida aks ettirilgan?
7. O‘quv dasturi kim tomonidan tuziladi? Oxirgisi qachon qabul qilingan?
8. 1-sinf matematika darslari uchun o‘quv dasturida necha soat ajratilgan?
9. 2-sinf matematika darslari uchun o‘quv dasturida necha soat ajratilgan?
10. Tayanch o‘quv rejani qanday tushundingiz?
11. 1-sinf matematika darslari uchun o‘quv dasturi necha bo‘limdan iborat?
12. 2-sinf matematika darslari uchun o‘quv dasturida necha bo‘limga ajratilgan?
13. 1-sinf matematika darslari uchun ajratilgan bo‘limlar nomlarini ketma-ketlikda aytib bering.
14. 2-sinf matematika darslari uchun ajratilgan bo‘limlar nomlarini ketma-ketlikda aytib bering.
15. 1-sinf va 2-sinflar uchun matematika darslarining tuzilishini
o‘quv dasturi bilan taqqoslang va farqini izohlab bering?
Talabalar ikki guruhga ajratiladi va topshiriqlar beriladi: