Глоссарий.........................................................................................84 Tестовые вопросы...........................................................................93 7
Список литературы ...................................................................... 105 KIRISH Zamonaviy ta’limda ta’lim muassasalardagi o‘qitish sifatini ta’minlashga qaratilgan tizimli islohotlar zamirida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahorati, ularning zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish borasidagi zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan sanaladi. Mamlakatimizda pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonini modernizatsiyalash, sohadagi zamonaviy rivojlanish tendentsiyalari, ilg‘or xorijiy tajribalar va innovatsion yondashuvlar asosida ta’lim mazmuni va o‘qitish sifatini takomillashtirish muhimligi sababli u davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
Respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining uzluksiz rivojlanishi uchun iqtisodiy, siyosiy, huquqiy shart-sharoit yaratildi. Jumladan, hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qator me’yoriy hujjatlarda o‘qitishni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish sohasida qator tadbirlar boshlab qo‘yilgan. Xususan, boshlang‘ich ta’limda o‘qitishga alohida e’tibor qaratilib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini zamon talablari asosida malakali kadr etib tayyorlash bugungi kunning kechiktirib bo‘lmas muammolaridan biri sanaladi. Shuni hisobga olgan holda O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev quyidagilarni ta’kidlaydi: “Maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur…
Mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab olishimiz kerak. Hech bir davlat ilm-fanning barcha sohalarini bir yo‘la taraqqiy ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish tarafdorimiz.
Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi. Shuningdek, ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant
mablag‘larini ajratish mexanizmini tubdan qayta ko‘rib chiqish
kerak.”1 Darhaqiqat, hozirgi zamon umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari fan asoslari bilan qurollangan, dunyoqarashi keng, pedagogika, psixologiya va fanlarni o‘qitish metodikasini chuqur o‘zlashtirgan, zamonaviy texnologiyalardan xabardor shaxs bo‘lishi kerak.
Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim jarayoni juda murakkab jarayondir. Bu jarayonni hozirgi kunda davr talabi asosida tashkil etish, ya’ni uzluksiz ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan katta mas’uliyat, bilim, mahoratni talab etadi.
1-4-sinflardagi matematika darslari umumiy o‘rta ta’lim maktab matematika fani uchun asos, poydevor ekan, bu sinflarda matematika o‘qitilishini eng zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarmoq zamon talabidir. Chunki. bolalarga keyinchalik matematika va boshqa fanlar uchun zarur bo‘lgan elementar, tushunchalar shu sinflarda singdiriladi.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada matematika o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari, prinsiplari, ta’lim metodlarining tasnifi, vositalari, o‘qitish shaklalari, pedagogik fanlarini o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish masalalari yoritilgan.
Qo‘llanma boshlang‘ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavr va magistr talabalari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan.
1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi 26-yanvar 2020-y.