Amaliy mashg'ulot №1 Reja (2 soat) Mavzu



Yüklə 337,5 Kb.
səhifə2/3
tarix12.01.2023
ölçüsü337,5 Kb.
#79059
1   2   3
1-Amaliy mashg\'ulot

Umumiy ma’lumotlar.

Sizlar mashg‘ulotda simlar to‘g‘risidagi ayrim ma’lu-motlarni bilib olgansiz.


Ko‘ndalang kesimi diametri 8 mm gacha bo‘lgan uzun metall o‘zaklarni simlar deb ataladi.
Zavodlar odatda simlarni rulonlab ishlab chiqaradi. Keyin ulardan kedakli zagotovkalar o‘tkir jag‘li ombur bilan kesib olinadi (151- rasm).

151- rasm

Kesib olingan sim bo‘lagini ishlatishdan oldin to‘g‘rilash lozim. Yumshoq simlarni taxtakachlar yordamida (152-rasm),



152 – rasm

to‘qmoq bilan plita ustida (153-rasm), simlarning o‘zini smlindrsimon po‘lat opravkalar orqali tortib tug‘rilash mumkin (154- rasm).


Sim zagotovkani kerakli shaklga keltirish uchun bukiladi, lekin uni oldin rejalash zarur. Simlarni yassi jag‘li (155-rasm) va dumaloq jag‘li omburlar bilan bukiladi (156-rasm).

153 – rasm 154 – rasm



155 - rasm

156 – rasm

Yassi jag‘li omburlar bilan qisiladi va kerakli burchak ostida bukiladi. Qiyshiq chiziq shaklidagi murakkab detallar esa dumaloq jag‘li omburlar bilan yasaladi. Halqa shaklidagi buyumlarni yasashda dilindrsimon opravkalardan foydalaniladi. Mana shu operatsiyani bajarish tartibi 157-rasmda aks ettirilgan.


Spiral o‘ramlari dumaloq o‘zaklarga o‘raladi, bunda mazkur o‘zaklar simning uchi bilan birga tiskiga mahkamlab o‘rnatiladi (158-rasm). Simii o‘zak atrofidan aylantirib qattiqo‘rash orqali o‘ramlar hosil qilinadi.
Yasalgan spiralni yassi jag‘li ombur bilan kesilsa, o‘ramlar alohida-alohida halqalar bo‘ladi (159-rasm). Halqalardan zanjir tayyorlash, pardalarni osishda foydalanish mumkin.
Ko‘ndalaig kesimining diametri 2 mm gacha bo‘lgan simlardan boshqotirgichlar tayyorlasa bo‘ladi.
Po‘lat simlardan prujinalar yasash mumkin. Buning uchun ikkita yog‘och to‘sincha va mustahkam po‘lat simdan tayyorlangan chig‘ir kerak. Chig‘irning uchida o‘raladigan simni burash uchun
157 – rasm

158 – rasm 159 – rasm


diametri spiral prujina simining diametriga teng chuqurcha bo‘lishi lozim (160-rasm).


Simlarni bukish bo‘yicha olingan bilimlar asosida ingichka simdan boshqotirgich yasash zarur (161-rasm). Bu ishni bajarish tartibi quyidagicha:
1. Diametri 1,5 mm, zagotovkasining uzunligi 220 mm po‘lat simdan boshqotirgich skobasini tayyorlash kerak. Buning uchun silindrsimon opravka yordamida ana shu zagotovkaning uchlarida ichki diametri 10 mm lp halqalar yasash lozim. Har qaysi halqadan 30 mm oraliqda kertiklar hosil qilish va 90° li burchak ostida bukish kerak (162-rasm).



161-rasm. Boshkotirgichning umumiy ko‘rinishi:
1 — skoba, 2 — o‘zak, 3 — halqa.

162 – rasm

163 – rasm


2. Ana shunday yo‘g‘onlikdagi simdan «yurak» yasash va zagotovkaning uzunligi 210 mm bo‘lishi lozim. Simning bir uchida oldingi topshiriqdagi kabi halqa yasaladi. Ikkinchi uchida esa kvadrat shaklidagi halqa hosil qilinadi. Bu kvadratning tomonlari mavjud yassi jag‘li ombur tagining eniga teng bo‘lishi lozim (163- rasm).
3. «Yurak» boshkotirgichning tarkibiy qismi sifatida zagotovkasining uzunligi 240 mm ana shunday simdan yasaladi. Zagotovkaning ikkala uchida yassi jag‘li ombur bilan diametri 5 mm li halqalar hosil qilinadi. Shundan keyin zagotovka 164-rasmda ko‘rsatnlgan shaklda bukiladi.
Mana shu detallarni yig‘ish boshqotirgichning 161–rasmda ifodalangan umumiy ko‘rinishi bo‘yicha amalga oshiriladi. Boshqotirgich yig‘ilganidan keyin uni ishlatib sinab ko‘riladi.



164 – rasm

Yüklə 337,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin