AMALIY MASHG'ULOT №4 MAVZU: Fe-C HOLAT DIAGRAMMASINI O‘RGANISH.
Ishnining maqsadi: Fe-C qotishmasining holat diagrammasini o‘rganish. Holat diagrammasini chizib, ulardagi mavjud faza va strukturali o‘zgarishlarni va berilgan haroratda ularning miqdoriy o'zgarishini o'rganish.
Ishni bajarish uchun zarur jihoz, material va asboblar:Fe-C qotishmasining holat diagrammasi, chizg'ich, qalam va oq qog'oz.
Umumiy ma`lumot. Fe-C holat diagrammasi - harorat va uglerod miqdori o‘zgarishiga qarab qotishmalarning holatini ko‘rsatuvchi chizma tasvirdir (grafik). Odatda Fe-C diagrammasini faqatgina birinchi stabil kimyoviy birikma - sementit (Fe3-C) hosil qilgan qismi o‘rganiladi. Shuning uchun bu diagrammani Fe- Fe3C diagrammasi deb ham ataladi. Holat diagrammasida barcha uzluksiz chiziqlar qotishmalarning hamma fazalarining mavjudlik hududini chegaralaydi (1-rasm).
1-rasm. Fe - Fe3C qotishmalarining mikrostruktura tashkil etuvchilari ko‘rsatilgan holat diagrammasi.
Faza - qotishmaning bir jinsli qismi bo‘lib, qolgan qismidan chegara sirtlari bilan chegaralanadi. va undan o‘tganda moddaning kimyoviy tarkibi, tuzilishi va xossasi keskin o‘zgaradi.
Diagrammaning uzluksiz chizig‘ini kesib o‘tish - bu yangi fazalar yoki yo‘qoladigan va hosil bo‘ladigan yangi fazalar oblastiga (qismiga) o‘tishdir. Shunday qilib holat diagrammasida chiziqlar yangi fazaviy o‘zgarishlarning kritik nuqtasidir.
Temir-uglerodli qotishmalarda fazaviy o‘zgarishlar faqatgina erish boshlanishi yoki sovitilganda polimorf (allotropik) o‘zgarishiga ega bo‘ladi, ya’ni ma’lum kritik nuqtalarda (haroratlarda) o‘zining kristallik tuzilishini o‘zgartiradi.
Temir-sementit diagrammasidan (1-rasm) foydalanib temir-uglerod qotishmalarini (po’latlar va cho’yanlarni) qizdirganda va sovitganda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni tushunib olish mumkin.
Haroratga va temir tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab temir-uglerod qotishmalari quyidagi strukturalardan tuzilgan bo’lishi mumkin (1-jadval): ferrit (F), austenit (A), sementit (S), perlit (P), ledeburit (L).
1-jadval
Temir-sementit qotishmalarida (po’latlar va cho’yanlarda) uchraydigan strukturalarning turlari va xossalari
Ushbu laboratoriya ishida temir-sementit diagrammasi soddalashtirilgan variantda (yuqori chap qismini e‘tiborga olmasdan) o’rganiladi. Diagrammadagi asosiy chiziqlar va nuqtalarda sodir bo’ladigan fazaviy o’zgarishlar 1.2- va 1.3-jadvallarda keltirilgan.
Temir-sementit diagrammasini analiz qilish uchun Gibbsning fazalar qoidasidan foydalaniladi.