Amaliy mashg‘ulоt № 9
Mavzu: Ko‘llarning morfometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash (2 soat).
Ishning maqsadi:
Ko‘llar haqida umumiy ma’lumotlar. Ko‘llar geografiyasi.
Ko‘llarni genezisi bo‘yicha tasniflash. Ko‘llar morfologiyasi va morfometriyasini
o‘rganish.
Kerakli jihоzlar:
Mavzuga
oid adabiyotlar, dunyoning tabiiy xaritasi,
dunyoning gipsometrik xaritasi, oq qog‘oz (A 4),
qora qalam, rangli qalamlar.
Ishni bajarish tartibi:
1. Ko‘l deb qabul qilinadigan suv havzasi qanday shartlarga javob beradi?
2. Ko‘l botig‘i va ko‘l kosasining farqini ayting.
3. Ko‘l kosasida qanday qismlar ajratiladi?
4. Litoral, sublitoral va profundal tushunchalarining ma’nosini aytib bering.
5. Yer kurrasi ko‘llariga qisqacha tavsif bering.
6. Yevrosiyo materigi ko‘llariga xos bo‘lgan xususiyatlar nimalardan iborat?
7. O‘rta Osiyo ko‘llarini joylashish o‘miga bog‘liq holda guruhlarga
ajratilishi.
8. O‘rta Osiyoning tog‘ ko‘llariga misol keltiring.
9. Tekislik ko‘llari qanday suvlar hisobiga to‘yinadi?
10. Ko‘llarning genezisi bo‘yicha tasniflari ishlab
chiqilgan olimlar
11. M.A.Pervuxin tasnifi va unda ko‘llar qanday guruhlarga ajratilgan?
12. B.B.Bogoslovskiy tasnifining oldingi tasniflardan farqi nimada?
13. O‘rta Osiyo ko‘llarining A.M.Nikitin tomonidan taklif etilgan tasnifi
14. Antropogen ko‘llar qanday guruhlarga ajratiladi?
15.“Ko‘llar morfologiyasi” va “ko‘llar morfometriyasi”
tushunchalarini
ma’nosini aytib bering.
16. Kо‘llar suv yuzasining shakli va o‘lchamlari qanday ifodalanadi?
17. Ko‘lning suv yuzasi maydoni qanday aniqlanadi?
18. Ko‘llar kosalarining shakli va o‘lcham ko‘rsatkichlami sanab bering.
19. Ko‘larning maydon va hajm egri chiziqlari qanday chiziladi?
20. O‘rta Osiyo ko‘llari morfologiyasi va morfometriyasiga tavsif bering.
21. Ko‘llarning harorat rejimiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
22. Ko‘llarda suvning harorati chuqurlik bo‘yicha qanday o‘zgaradi?
23. To‘g‘ri va teskari harorat stratifikastiyasi nima?
24. Mezotermiya, dixotermiya, gomotermiya,
izoterma atamalarining
ma’nolarini aytib bering.
25. Ko‘llar evolyustiyasi deganda nimani tushunasiz?
26. Ko‘l tubi cho‘kmalari qanday hosil boiadi?
27. Avtoxton kelib chiqishli cho‘kmalar qanday hosil bo‘ladi?
28. Alloxton cho‘kmalami hosil qiluvchi omillami eslang.
29. Ko‘l kosasi evolyustiyasiga qanday omillar ta’sir etadi?
30. Ko‘llar suv rejimiga antropogen omillar ta’sirini yoritib bering.
Asosiy adabiyotlar:
1. Yunusov G‘.X., Ziyayev R.R “Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik”. T:.
“Barkamol fayz media”, 2018.
2. Petrov Y.V. va boshqalar. Iqlimshunoslik. T:. Noshir. 2010.
3. Расулов А.Р., Ҳикматов Ф.Ҳ., Айтбоев Д.П. Гидрология асослари. Тошкент.
Университет, 2003.
4. Hikmatov F.H., G‘.Yunusov, F.Artikov, N.Erlapasov, N.Dovulov. Daryolar
gidrologiyasi. Toshkent. Universitet, 2017.
Qoʻshimcha adabiyotlar:
1. Чуб В.Е. Изменение климата и его влияние на природно-ресурсный
потенциал Республики Узбекистан. – Т.: Изд-во САНИГМИ, 2000.
2. Иқлимшунослик фани бўйича ўқув услубий мажмуа.
3. Baratov P., Sultonova N. Umumiy yеr bilimi. T. “Info Capital Group”, 2019.
4. Власова T.В. “Физическая география материков” ч-1., ч-2. T.1986.
5. Дроздов О.А. и. др. Климатология-Л.: Гидрометеоиздат, 1989.
6. Хромов С. П., Петросянц М. А. Метеорология и климатология: Учебник. 5-
е изд., перераб. и допол.-М.: Изд-во МГУ, 2001.