Amaliy mashg’ulot: Chorvachilikda biofaol moddalarini ishlatilish



Yüklə 397,65 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.09.2023
ölçüsü397,65 Kb.
#145444
23-24-mavzu



23-24-AMALIY 
MASHG’ULOT: Chorvachilikda biofaol moddalarini ishlatilish 
(veterinary medisina biotexnologiyasi) 
Hayvonlarda kasallik darajsini o‘sib ketishi har doim ham bir yoki ikki sabab tufayli emas, balki 
bunga qator faktorlar bilan bog‘liq bo‘lishi, ular orasida esa mamlkatga chetdan keltiradigan oziqa 
mahsulotlarini sifati ham bo‘lishi mumkin. Oziq-ovqat va hayvonlardan olinadigan barcha 
mahsulotlar mamlakatga kirishdan oldin davlat chegara nazoratidan o‘tkaziladi. Uni chegara 
veterinar nazorat punkti aeroportda, temir yo‘l vokzallarida, avtomobil yo‘llarida amalga 
oshirmoqlari lozim. O‘zbekistonda qator Yevropa mamlakatlarida sodir bo‘lib turgan epizootiya 
kasalliklari uchraganchalik yo‘q. Bunday kasalliklarni kelib chiqishiga asosiy sabab, ko‘pchilik 
epizootiya kasalliklarini, masalan yirik shoxli hayvonlarda labsimon ensefalopatiya yaxshi 
o‘rganilmaganligi sababli, unga diagnoz qo‘yish juda ham qiyinligidir. Veterinariya – sanitariya 
qoidalariga asosan O‘zbekistonga kiritiladigan oziqa moddalari va oziqaga qo‘shimchalar shu 
mahsulotlarni ishlab chiqarishga eksport qiluvchi mamlakat markazi davlat xizmati tomoidan 
ruhsat etilgan korxonalarda ishlab chiqarilishi va doimiy ravishda ularni nazoratida bo‘lishi kerak. 
Yirik shoxli hayvonlarning labsimon ensefalopatiya kasalligi prion tabiatli kasalliklarga kiradi. 
Prionlar odam va hayvon bosh miyasida neyrodegenerativ o‘zgarishlar chiqaradi. Prion 
kasalliklarni transmissiv labsimon ensefalopatiya kasalliklariga kiritishadi. Bu kasalliklar uzoq 
muddatli inkubasion davrga ega bo‘lib, (ba’zida 30 yilgacha), sekin o‘tadi chang shamollash 
belgilari va mumun javobi bo‘lmagan hamda faqat o‘lim bilan tugaydigan kasalliklar safida turadi. 
Bu kasallik Buyuk britaniyada epidomiyaga aylanib ketib, millionlab hayvonlarni o‘limiga sabab 
bo‘lgan. Shuning uchun ham bu kasallikni mamlkatga kirib kelishini oldini olish maqsadida 
Rossiya 1989 yildan boshlab Buyuk britaniyadan go‘sht mahsulotlari (konserva, qoramol sut 
mahsulotlari, tirik qoramol, sperma, embrionlar, go‘sht va go‘sht suyak uni va boshqa oziqalar) ni 
xarid taqiqlab qo‘yilgan. Mol go‘shtini Yevropada hamkorlik mamlakatlaridan reeksport qilish 
ham man etilgan. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashni eng asosiy yo‘llaridan biribu 
vaksinatsiyadir. Boshma-bosh vaksinatsiya qilish orqali ospa butunla yo‘qotilgan, quturish, yashur 
va boshqa kasalliklar keskin qisqargan. O‘z vaqtida vaksinatsiya o‘tkazish katta iqtisodiy samara 
beradi. Ananaviy vaksina preparatlari kuchsizlangan yoki butunlay faoliyatini yo‘qotgan kasal 
qo‘zg‘atuvchilar asosida, har xil oziqa muhiti ishtirokida, aniq bo‘lgan yoki yangi yaratilgan 
texnologiyalar asosida ishlab-chiqariladi. Zamonaviy biotexnologiya ko‘plab vaksinalar 
variantlarini ishlab chiqarishni rejalashtirgan, ammo ular orasida katta qiziqish uyg‘otadiganlari: 
rekombinat vaksinalar va vaksina antigenlardir. Har ikkala vaksinalar ham gen-muxandislik 
usullaridan foydalanib yaratiladi. Rekombinant vaksinalar tayyorlash uchun odatda yaxshi 
o‘rganilgan qoramollarda ospa chaqiradigan virusdan foydalaniladi (ospa vaksinalar). Ospa 
virusining DNK siga har xil kasallikni chaqiradiganlargaqarshi immunogen oqsillar kodlovchi 
begona genlar kiritiladi: gripp virusining gemagmotinini va gerpes virusining genkoprotein D, 
gipatet V virusining sirtqi antigeni, molyariya antileni va x.k.li orqali olingan vaksinalarni ustunlik 
tomoni shundaki, DNK uchastkalarini birlashtirish asosidAgrobiotexnologiya Har xil 
patogenlarga qarshi polivalent preparatlar yaratish mumkin. Bu esa hayvonlarni bir vaqtni o‘zida 
o‘sha regionga hos bo‘lgan ko‘plab yuqumli va xavli kasalliklarga qarshi emlash imkoniyatini 
beradi. Vaksina antigenlar kasal qo‘zg‘atuvchilarni genini Ye. coliga achitqilarga, xashoratlar yoki 
sut emizuvchilar to‘qimalariga klonlash orqali tayyorlanadi. Hozirgi vaqtda gepatitning HBS – 
virusini sirtqi antigeni (zardob136 gepatiti), yashur virusi qobig‘idagi oqsil VPI – genlari 
klonlangan. Yashur virusi bir necha serobip holatida uchraydi. Oqsil muxandisligi usullari 


yordamida bir oqsil antigen doirasida har xil serotiplarning iimunogen kompopentlarini tuzildi. 
Vaksina antigenlar saqlash va tashishga chidamli, ishlatilishi nisbatan sodda, juda kam miqdorda 
oqsil saqlagani uchun allergenlik xususiyati ham o‘sha past, infeksion kasallik chaqirmaydi. 
Ammo, hozircha ularni immunogenligi pastligi uchun biroz muomma paydo bo‘lib turibdi. Bunga 
sabab, vaksina kasal qo‘zg‘atuvchini immunitet hosil qilish uchun zarur bo‘lgan barcha 
kompopentlarini saqlamasligidir. Masalan, virus hujayrani tark etayotib, ko‘pincha uni 
membranasiga «o‘ranib» oladi. Manashu membrananing gen muxandisligi yo‘li bilan olingan 
oqsilda yo‘q bo‘lgan kompopentlari, immunogen hossalarga ega bo‘lishlari mumkin. Vaksin-
antigenlarni immunogenligini ko‘tarishni, vaksinalarniimmobilizatsiya qilish, yoki ularni 
liposomalarga kiritish, ularga ad’yuvantlar (mutadillashtiruvchi moddalar) qo‘shish orqali amalga 
oshirish mumkin. Biotexnologik izlanishlarni ko‘p yo‘nalishlari tibbiyot va veterinariya 
muommolarini yechish bilan bog‘liq. Olimlar yangi avlod ntibiotiklarini yaratish ustida tinmay 
mehnat qilmoqdalar. Bunga sabab, hozir ishlatilib kelayotgan antibiotiklarga ko‘pchilik kasal 
qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni o‘rganib qolganligi, ularni zaharliligi, ba’zi birlarini allergenlik 
xususiyati va boshqa kamchiliklaridir. Bu muommoni yechishda quyidagi yo‘nalishlarda 
izlanishlar olib borilishi lozim: 
rish, katta miqdorda antimikrob agentlar sintez qiladigan 
mikroorganizmlarni tanlash va o‘rganish; 
ni pasaytirish maqsadida ularni kimyoviy modifikatsiya qilish 
(masalan, uzoq vaqtlardan buyon og‘ir mikozga qarshi ishlatilib kelinayotgan amfoterisin V
buyrukda qaytarib bo‘lmaydigan buzilishlar chaqirishi aniqlangan, amfoterisinni metil efiri 
kamroq toksinlikga ega bo‘lishi bilan birga zamburug‘ga qarshi xususiyatini yo‘qotmagan; 
penisillinlar va sefalosporinlarni har xil immobilizatsiya qilingan fermentlar yordamida 
modifikatsiya qilingan, o‘zlaridan faolroq hosilalari olingan). 
arini tashkil qiladigan alohida fragmentlarni sintez qilmaydigan mutant 
shtammlarni olish va ularni ishlatish, bundan fragmentlarni analoglari (yoki antibiotiklarni 
analoglari) oziqa muhiti tarkibiga kiritiladi, mikroorganizmlar bu analoglarni biosintez uchun 
ishlatadi, oqibatda modifikatsiya qilingan antibiotiklar sintez bo‘ladi; 
ishlari mikroorganizm genomiga antibiotiklarni modifikatsiya 
qilishda qatnashadigan fermentlar haqida ahborot kiritish, masalan: antibiotiklarga metil guruhi 
kiritish uchun metilaza fermenti kerak bo‘ladi va x.k; 
usullaridan foydalanib, gibrid antibiotiklar yaratish; (masalan shakarlar 
aglikonini yangi kombinatsiyalari ) va x.k. Ma’lum bo‘lgan antibiotiklarni biosintezini 
samaradorligini ko‘tarish ham biotexnologiya fanining dolzarb masalalaridan biridir. Olimlar va 
mutaxassislarni produsent shtammlarni indusirlangan mutagenez va ko‘p bosqichli tanlash 
bo‘yicha olib borgan izlanishlari yaxshi natijalarga olib kelgan. Masalan, penisillin sintez qiluvchi 
Penicillium ni shtammining samaradorligi yuz marotabadan ko‘proq oshirilgan. Antibiotiklar 
biosintezida «muammolik joylarni» genlarini klonlash yoki biosintetik fermentlarni yagona 
operonda kodlashgan mumkinligi ma’lum ma’noda istiqbollar ochadi. Istiqbolli yo‘nalishlardan 
yana biri antibiotiklarni kapsulalangan holatda ishlab-chiqarish, ularni liposomal shakllari ularni 
organizmni kerakli qismiga yetkazadi va o‘sha joyda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, demak ularni ikkinchi 
darajali ta’siri kamayadi va samaradorligi oshadi. Bunday ishlanmalar boshqa dorivor moddalar 


uchun ham foydalidir. Masalan, kalazar– leyshmaniyalar chaqiradigan kasallik bo‘lib, uni 
davolashda o‘ta zaharli bo‘lgan surma preparatlari ishlatiladi. Bu preparatlarni davolash miqdori 
(dozasi) inson hayoti uchun zaharli. Liposoma tarkibiga kiritilgan surma to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
kasallangan organlarga qorataloq va jigarga olib kelinadi, shu tufayli odatdagidan kamroq 
miqdorda bo‘lsada, samaraliroq ta’sir ko‘rsatadi. Antibiotiklar o‘rniga inson organizmiga ularni 
produsentlari – kasallik qo‘zg‘atuvchisining antogonistlari yuborilishi mumkin. Bunday usullar 
M.I.Mechnikov ishlaridan boshlangan bo‘lib, u yiring chaqiruvchi mikroblarga qarshi sut 
achituvchi bakteriyalardan birinchi bo‘lib foydalangan edi. Tishlarni koriyesini kelib chiqishidan 
og‘iz bo‘shlig‘ida yashovchi bakteriya S.mutans katta rol o‘ynaydi, uni og‘izga kiritilganda 
o‘zidan korroziv kislotalar chiqaradi va shu tufayli yovvoyi shtammlarni siqib chiqaradi. Yuqorida 
ta’kidlab o‘tilganidek, chorvachilikni rivojlantirishda qishloq xo‘jalik hayvonlari orasida ko‘plab 
uchraydigan yuqumli kasalliklarni oldini olish, bu maqsadda tirik rekombinant vaksinalar va gen 
muxandislik usullari bilan yaratilgan vaksin – antigenlardan, foydalanish (bunday kasalliklarni 
monolonal antitelalar va DNK ) RNK – proba orqali erta diagnostika qilish katta ahamiyatga 
egAgrobiotexnologiya Hayvonlarni mahsuldorligini oshirish maqsadida hozirgi vaqtda 
mikrobiologiya sanoati zamburug‘lar, bakteriyalar, achitqilar va suv o‘tlari asosida qimmatli 
oziqalar ishlab chiqarmoqdAgrobiotexnologiya Bir hujayraliklarni yuqori miqdorda oqsil 
saqlovchi biomassasi qishloq xo‘jaligi hayvonlarida yaxshi so‘riladi. Masalan, 1 t achitqi oziqasi 
– 400-600 kg cho‘chqa go‘shti, 1500 kg gacha parranda go‘shti, 25-30 ming dona tuxum berishi 
va 5-7 tonna bug‘doyni iqtisod qilish imkonini yaratadi. Buni juda katta ahamiyati bor, chunki 
butun dunyoda 30 % qishloq xo‘jalik maydoni hayvonlar va parrandalarga oziqa yetkazishga 
ajratilgan. 

Yüklə 397,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin