TP
PVT
V
ml
Shuncha hajmli gazdagi molekulalar sonini hisoblaymiz.
22400 ml gazda –––––– 6,02·1023 ta molekula mavjud
0,0683 ml gazda –––––– x ta molekula mavjud x = 1,835·1018 ta
Tarqatma material
Talabalarga tarqatma matеriallar bеriladi. Bu qog’ozchalar ikki qismdan iborat bo’lib, 1-yarmida
savol, 2-yarmida esa boshqa savolning javobi yozilgan. Birinchi bo’lib o’qituvchi savol bеradi. To’g’ri
javob yozilgan qog’ozcha egasi javob bеradi va o’zining savolini o’qiydi. Trеnig shu tariqa davom etadi.
Avagadro qonuni
Normal sharoitda bir mol xar qanday gazning xajmi 22,4 l ga tеng
Karrali nisbatlar qonuni
Molyar massalarini vodorod ionlari soniga yoki gidroksid ionlari
soniga bo’lish lozim
Tarkibning doimiylik qonuni
Normal sharoitda bir litr gazning massasi
Nisbiy atom massa
O’zgarmas sharoitda tеng xajmli gazlar massalarining nisbati, ular
molyar massalarining nisbatiga tеng bo’lib, 1-gazning 2-gazga
nisbatan zichligi dеyiladi
Nisbiy molеkulyar massa
2
2
2
1
1
1
T
V
P
T
V
P
P-bosim, V-xajm, T-harorat
Gazlarning molyar xajmi
O’zgarmas sharoitda rеaktsiyaga kirishgan va xosil bo’lgan gazlar
xajmlarining nisbati butun kichik sonlar nisbati kabi bo’ladi
Molyar massa
Rеaktsiyaga kirishgan va xosil bo’lgan moddalar massasi bir biriga
tеng bo’ladi
Ekvivalеnt
Ekvivalеnt massa
O’zgarmas xajmda gazning bosimi uning absolyut xaroratiga to’g’ri
proportsional
Mol
O’zgarmas bosimda gazning xajmi uning absolyut xaroratiga to’g’ri
proportsional
Ekvivalеntlar qonuni
O’zgarmas xaroratda gazning bosimi uning xajmiga tеskari
proportsional
Boyl-Mariott qonuni
Rеaktsiyaga kirishgan va xosil bo’lgan moddalar massalari ularning
ekvivalеnt massalariga to’g’ri proportsional
Gеy-Lyussak qonuni
12g uglеrod 12C izotopida qancha atom bo’lsa, shuncha struktura
birligi saqlagan modda miqdoriga mol dеyiladi
Sharl qonuni
1 ekvivalеnt moddaning massasi
Klapеyron tеnglamasi
1 mol vodorod atomlari bilan to’liq rеaktsiyaga kirishadigan yoki
uning o’rnini oladigan modda miqdori
Modda massasining saqlanish
qonuni
1 mol moddaning massasi
Xajmiy nisbatlar qonuni
Molеkula massasi uglеrod 12C izotopi massasining 1/12 qismidan
nеcha marta katta ekanligini ko’rsatadigan son
Gaz qonunlarini birlashtirgan
tеnglama
Atom massasi uglеrod 12C izotopi massasining 1/12 qismidan nеcha
marta katta ekanligini ko’rsatadigan son
Bir gazning ikkinchi gazga
nisbatan zichligi dеb nimaga
aytiladi
Xar qanday kimyoviy toza modda olinish usulidan qat'iy nazar bir hil
sifat va miqdoriy tarkibga ega bo’ladi
Gazning zichligi dеb nimaga
Agar ikki elеmеnt o’zaro birikib bir nеcha birikma xosil qilsa, bir
m
M
pV
nRT
RT
yoki pV
aytiladi
elеmеntning ma'lum massa qismiga mos kеladigan ikkinchi elеmеnt
massa qismlarining o’zaro nisbati butun kichik sonlar nisbati kabi
bo’ladi
Kislota va asoslarning
ekvivalеnt massalarini aniqlash
O’zgarmas sharoitda tеng xajmli turli gazlarning molеkulalar soni
o’zaro tеng bo’ladi
Mustaqil ta’lim
Massasi 0,728 g bo’lgan metall kislorodda yondirilganda 0,9072 g metal oksidi hosil bo’lgan. Agar metal
oksidida II valentlikni namoyon qilsa, uning ekvivalentini aniqlang.
7,4 g ikki valentli metallni mo’l miqdordagi kislorodda yondirildi. Yonish mahsuloti suv bilan ta’sirlashib
hosil bo’lgan eritmaga ortiqcha miqdordagi natriy ftorid qo’shilganda cho’kma tushganligi aniqlangan.
Cho’kmani filtrlab, suvda yuvilgan va ozgarmas massaga kelguncha quritilgan va tarozida tortilganda
uning massasi 14,43 g ga teng bo’lgan bo’lsa, metallning ekvivalent massasini aniqlang.
Ikki valentli 1,92 g metall sulfidini kuydirilganda hosil bo’lgan metall oksidni qaytarish uchun 448 ml
(n:sh) vodorod sarflangan. Metallning ekvivalent massasini aniqlang.
Ma’lum bir elementning ekvivalenti 18 g ga teng bo’lsa, uning oksidi va gidridi tarkibidagi kislorod va
vodorodning massa ulushini hamda oksidning 4,55 g miqodorini to’la qaytarish uchun kerak bo’ladigan
vodorodning hajmini (n:sh) aniqlang.
Ikki velentli metallning 4,11 g miqdorini to’la galogenlash uchun ortiqcha miqdordagi konsetrlangan HCl
eritmasiga 9,48 % li 20 g KMnO4 quruq tuzi eritilganda hosil bo’lgan xlor sarflangan. Metallning
ekvivalent massasi9ni aniqlang.
Bir elemetning oksidini olish uchun ayni elementning 1,875 g miqdordagi karbonatidan olinadigan oksid
massasi, uning 1,485 g gidroksididan olindaigan oksid massasiga tengligi aniqlangan. Bu metallning
nisbiy atom va ekvivalent massalarini aniqlang.
Agar MeO tipidagi 4 g II valentli metall oksidini eritish uchun 11,2 g KOH tutgan eritmani neytrallashga
yetadigan konsetrlangan H2SO4 eritmasi sarflangan bo’lsa, metallni, uning ekvivalentini, qaysi dxavr va
guruhda joylashganligini toping.
3,01 g metall yonganda hosil bo’lgan oksidni sulfat kislotada eritilganda 23,65 g metall sulfati olinganligi
ma’lum bo’lsa, metall ekvivalent massasini va uning boshlang’ich massasini eritish uchun necha gram
massadagi 32,85 % li HCl eritmasidansarflanishini aniqlang.
EH umumiy formulaga ega bo’lgan gidrid tarkibidagi metall 65,22 % bo’lgan metall saqlagan element
(IV) oksiddagi metallning ekvivalentini aniqlang.
Metall gidroksidining ma’lum miqdori qizdirilganda III valentli metall oksididan 3,36 g va 1,134 g suv
hosil bo’lganligi aniqlandi. Metall gidroksidning ekvivalent massasi, metallni nisbiy atom massasi va
ekvivalenti nechaga teng?
I velentli metall gidroksidi tarkibida massa jihatdan 2,5 % vodorod borligi aniqlangan. Metall
gidroksidning ekvivalent massasini, metallni nisbiy atom massasi va ekvivalentini aniqlang.
Agar metallning karbonati ma’lum miqdordagi massasi teng shu miqdordagi ayni metall oksidining
massasiga nisbati 2,1 ga teng bo’lsa, metall nisbiy atom massini aniqlang.
Ma’lum miqdordagi metallni eritish uchun massa ulushi 26,5 % li 146 g HCl eritmasi sarf bo’lgan. Bunda
massa ulushi 31,94 % metall xloridi eritmasi hosil bo’lgan bo’lsa, qaysi metall olinganligini va hosil
bo’lgan vodorod qancha massadagi mis (II) oksidini qaytara olishini aniqlang.
194 rux sulfid hosil qilish uchun oltingugurt va rux kukunlaridan necha grammdan olish kerak?
Suv hosil bo’lishida 2,68 g kislorod 0,25 g vodorod bilan to’liq reaksiyaga kirisha oladimi? Javobingizni
izohlab bering.
1,59 g mis (II) oksid (misni kislorod oqimida qizdirish yo’li bilan olingan) vodorod bilan qaytarilganda
0,36 g suv hosil bo’ldi. 1,99 g mis (II) oksid (malaxitni qizdirish bilan olingan) vodorod bilan
qaytarilganda 0,45 g suv hosil bo’ldi. Bu ma’lumotar modda tarkibinig doimiyligi haqidagi fikrga mos
keladimi?
Oldindan tarozida tortib olingan toza probirkaga ozroq simob (II) oksid solindi va yana tarozida tortildi –
massa 2,17 g ga ko’paydi. Shundan keyin probirka ichidagi modda bilan ma’lum vaqt qizdirildi, so’ngra
sovitildiva yana tarozida tortildi. Endi massa oldingidan ko’ra 0,12 g ga kamayganligi ma’lum bo’ldi.
Qizdirilgandan keyin probirkada nima qolgan – toza simobmi yoki simobmning simob (II) oksid bilan
aralashmasimi? Javobingizni izohlab bering.
Quyidagi reaksiyalarda H2SO4 va Cu(OH)2 ning ekvivalent molyar massalarini aniqlang: a) H2SO4 +
2KOH = K2SO4 + 2H2O; b) H2SO4 + KOH = KHSO4 + H2O; v) Cu(OH)2 +2HCl = CuCl2 + 2H2O; g)
HCl + Cu(OH)2 = CuOHCl + H2O.
Quyidagi birikmalarda metallning ekvivalent molyar massasini aniqlang: Mn2O7, Mg2P2O7, Cu2O3,
Ba(OH)2, Al2(SO4)3∙18H2O, Ca3(PO4)2, Ag2O, FeSO4∙7H2O.
Nordon va o’rta tuzlar hosil bo’lishi bilan kechadigan almashinish reaksiyalarida H3PO4 ning ekvivalent
molyar massasini hisoblang.
Agar 7,2∙10-3 kg metalning xlor bilan birikishidan 28,2∙10-3 kg tuz olingan bo’lsa, metalning ekvivalent
molyar massasini hisoblang. Xlorning ekvivalent molyar massasi 35,45 g/mol ga teng.
20,06 g metal yondirilganda 21,66 g oksid olingan. Agar kislorodning ekvivalent molyar massasi 8 g/mol
ga teng bo’lsa, metalning ekvivalent molyar massasini aniqlang.
Qaysidir elementning ekvivalent molyar massasi 24,99 g/mol ga teng. Quyidagilarni aniqlang: a) bu
element oksididagi kislorod massa ulushini (%); b) uning kislorodli 4,95 g birikmasini qaytarish uchun
sarflanadigan vodorod hajmini (m3).
Mishyak tarkibida 65,2 % va 75,7 % shu element saqlagan ikki xil oksid hosil qiladi. Bu oksidlarda
mishyakning ekvivalent molyar massasini aniqlang.
Agar 1,168 g rux metali kislotadan 438 ml vodorodni (17 ºC va 98,642 kPa bosimda o’lchangan) siqib
chiqarsa, ruxning ekvivalent molyar massasini aniqlang.
Metall (III) oksidining 5,1 g miqdori qaytarilganda 2,7 g suv hosil bo’ldi. Metallning atom massasi va
ekvivalent molyar massasini aniqlang. (M (½ H2O) = 9 g/mol)
Fosfit kislota 0,471 g miqdorini neytrallash uchun 0,644 g KOH sarf-langan. Kislotaning ekvivalent
molyar massasini aniqlang.
0,666 g tuz tarkibidagi xlorni cho’ktirish uchun 1,088 g AgNO3 sarf-langan. Tuzning ekvivalent molyar
massasini aniqlang.
Agar element bilan oltingugurt hosil qilgan birikmada oltingugurtning massa ulushi 13,8 % ni tashkil
etsa, elementning ekvivalent molyar massasini aniqlang. (M ( ½ S) = 16,03 g/mol)
Agar 0,34 g metal kislotadan 59,94 ml vodorodni (0 ºC va 96,643 kPa da o’lchangan) siqib chiqarsa,
metalning ekvivalent molyar massasini aniqlang.
Agar metal oksidining 14,2 g miqdori 30,2 g metal sulfatini hosil qilsa, bu ikki valentli metal ekvivalent
molyar massasini aniqlang.
Agar o’rta tuz hosil bo’lishida 2 g metal uchun 3,27 g H3PO4 sarflansa va 0,006 kg bu metal H3PO4 dan
2,7 g alyuminiy siqib chiqara oladigan vodorodni siqib chiqarsa metallning ekvivalent molyar massasini
aniqlang.
4,086 g metal kislotadan 1,4 litr vodorodni (n:sh da) siqib chiqara oladi. Shunday massali metal 12,95g
qo’rg’oshinni uning tuzi eritmasidan siqib chiqara oladi. Qo’rg’oshinning ekvivalent molyar massasini
aniqlang.
Suvning quyidagi moddalar bilan ta’sirlashuv reaksiyalarida ekvivalent molyar massasini aniqlang: a)
natriy metali; b) natriy oksidi.
Qaysidir bir valentli metal xlorididan 2,98 g saqlagan eritmadan vodorod sulfidi o’tkazilganda shu metal
sulfididan 2,2 g hosil bo’ldi. Metallning ekvivalent molyar massasini aniqlang.
Agar 9 g kislotani neytrallanishida 8 g natriy gidroksi sarflangan bo’lsa, kislotaning ekvivalent molyar
massasini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: |