Loyiha hujjatlarini tayyorlashda meyoriy va ko‘rsatma materiallar
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirshda hal qilinadigan masalalar mutaxassislardan turli avtomatika vositalarining to‘zilishi va ishlash prinsiplari, avtomatik sistemalarining turli ko‘rinishlari va sinflarini yasash usullarini bilishni ham texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish soxasidagi ishlar bilan birga aniq va bir qiymatli almashish mumkin bo‘lgan texnik tilni egallashni ham talab qiladi. Bu biror texnologik jarayonni avtomatlashtirshning mantiqiy hisoblangan va texnik jihatdan asoslangan sistemasini montaj qilish, sozlash va ishlatish masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun birday tushunarli bo‘lgan shaklda ifodalanishi kerak. Bunda barcha mutaxassisliklarda yaratilayotgan avtomatlashtirish sistemasini tushunish maxsus ishlab chiqariladigan texnik hujjatlar vositasida ta’minlanadi. Loyiha hujjatlarini yaratish, shakllantirish, tasdiqlash turli meyor, qoida, standartlar bilan reglamentlashtirilgan. Bularga quyidagilar kiradi:
СПДС (QLHS) – qurilish uchun loyiha hujjatlarining sistemasi
СНиП (QMvaQ) – qurilish meyorlari va qoidalari
ВСН (TQM)– tarmoq qurilish meyori
ЕСКД (KHYS) – konstruktorlik hujjatlarining yagona sistemasi
ГОСТ (DS) – davlat standarti
ОСТ (TS) – tarmoq standarti
РМ (KM) – ko‘rsatma materiallar
Loyihalashning texnik topshiriqlariga quyidagilar kiradi:
Loyihalashtirilayotgan texnologik ob’ktning tarkibi, jarayonning qisqacha bayoni
qurilma, jihoz va uskunalarning harakteristikasi
atrof-muhitning harakteristikasi
nazorat va rostlanadigan parametrlarning qiymatlari
nazorat va rostlashda ruxsat etilgan hatolar va asboblarning funksional belgilari (ko‘rsatish, qayd etish, integrallash, signallash va shu kabilar).
Dostları ilə paylaş: |