13. Agar mahsulotning narxi 5 % ga tushganda unga bo’lgan taklif hajmi 9 % ga pasaysa, bunday taklif: a) Noelastik ;
b) birlik elastik ;
v) elastik ;
g) mutloq elastik taklif deb yuritiladi;
d) to’g’ri javob keltirilmagan.
14. Noelastik talab deyiladi, agar: a)narx 1 % ga ko’tarilganda unga bo’lgan talab hajmi 1 % dan kam miqdorda o’zgarsa;
b) narx 1 % ko’tarilganda unga bo’lgan talab hajmi 1 % dan ko’p miqdorda o’zgarsa;
v) narxning har qanday o’zgarishi umumiy tushumning o’zgarmasligiga olib kelsa;
g)narxning 1 % ga ko’tarilishi talab hajmining oshishiga olib kelmasa;
d) to’g’ri javob keltirilmagan.
15. Agar qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talab noelastik bo’lsa, serhosil kelgan yilda fermerlar daromadi: a)ko’payadi, chunki sotiladigan mahsulotlar hajmi bisyordir;
b) kamayadi, chunki sotiladigan mahsulot hajmi nisbatining ko’payishiga qaraganda, mahsulot narxining kamayish nisbati ko’proqdir.
v) ko’payadi, chunki talabning oshishi natijasida mahsulot narxi ko’tariladi.
g)o’zgarmaydi, chunki tovar hajmining ko’payish nisbati tovar narxining kamayish nisbatiga tengdir.
d) to’g’ri javob keltirilmagan.
16. X tovarni ishlab chiqaruvchi sub’ekt mahsulotning narxini 5 % ga pasaytirdi, natijada sotuv hajmi 4 % ga oshdi. Bunday holda X tovar: a)elastik ;
b) Noelastik ;
v) birlik elastik ;
g)mutloq elastik hisoblanadi;
d) to’g’ri javob keltirilmagan.
17. Narxga bog’liq talab elastikligi qanday holda yuqori bo’ladi: a)qimmatbaho buyumlarga nisbatan birlamchi zaruriy tovarlarga;
b) iste’molchi tomonidan eng zaruriy naf keltiradigan tovar deb hisoblanganda;
v) al’ternativ xarajatlari yuqori bo’lgan tovarlarga;
g)iste’molchi uchun unchalik muhim bo’lmagan tovar uchun;
d) to’g’ri javob keltirilmagan.
18. Agar har qanday hajmdagi mahsulotlar bir xil narxda sotiladigan bo’lsa, u holda ushbu tovarga talab: a) mutloq noelastik ;
b) mutloq elastik ;
v) elastik ;
g) noelastik deyiladi;
d) to’g’ri javob keltirilmagan.