254 x 5 = 1270; 254 / 2 = 127 (bitta «nol» qo’shilsa, 1270 bo’ladi).
4855 x 5 = 24275; 4855 / 2 = 2427,5 (verguldan keyingi son bir xona oldinga surilsa, 24275 bo’ladi).
5 ga bo’lish ham shunga o’xshash, buning uchun son avval 2 ga ko’paytiriladi, so’ng hosil bo’lgan son verguli bir xona orqaga suriladi (ya’ni 10 ga bo’linadi), masalan:
5450 / 5 = 1090; 5450 x 2 = 10900 (bir xona vergul orqaga surilsa, 1090,0 bo’ladi, verguldan keyingi nol yozilmasa ham mumkinligi tufayli, javob 1090 qoladi).
840 / 5 = 168; 840 * 2 = 1680, vergul surilsa, 168.
11 GA KO’PAYTIRISH
2 xonali sonni 11 ga tezda ko’paytirish uchun, ko’paytiriluvchining har bir sonlarini yig’indisini ularning bosh va oxirgi sonlari orasiga qo’yish kifoya, masalan: 41 x 11 = 4 (4+1) 1 = 451. Buning yana bir tomoni mavjud, agar ikkita son yig’indisi 2 xonali son hosil qilsa, hosil bo’lgan yig’indining birinchi soni ko’paytiriluvchining birinchi soniga qo’shiladi, masalan: 48 * 11 = 4 (4+8) 8 = 4 (12) 8, 12 dan 1 soni olinib, 4 ga qo’shiladi va natijada 528 hosil bo’ladi.
4 GA KO’PAYTIRISH
Har qanday sonni hayolda 4 ga tezda ko’paytirishning siri shundaki, shunchaki u sonni ikki marta 2 ga ko’paytirish kerak. Masalan, 74 x 4 = (74 x 2) x 2 = 148 x 2 = 296, ko’pincha bu usul juda qo’l keladi.
QIYIN KO’PAYTIRISHLAR
Agar katta sonlarni ko’paytirish kerak bo’lsa va sonlardan biri juft bo’lsa, ko’paymani osonroq hisoblash uchun ularni guruhlash mumkin, masalan:
32 x 125 => 16 x 250 => 8 x 500 => 4 x 1000 = 4000
Yana bir usuli, sonlarni alohida-alohida ko’paytirib, so’ngra qo’shish, masalan: 84 x 7 => (80 x 7) + (4 x 7) => 560 + 28 = 588, bunda karra jadvalini yoddan bilganlarga juda oson bo’ladi va kundalik hayotda ko’paytmalarni ko’pchilik aynan shu usul yordamida hisoblaydi.
QIZIQARLI MATEMATIKA
KATTA-KICHIK BELGISINI OSONROQ ESLAB QOLISH
Ko’pchilik o’quvchilar, hatto matematikani zo’r biladiganlar ham ba’zan katta-kichik belgisiga ko’zi tushsa, bir necha soniya uni qay biri nimani anglatishini eslay olmay qolishadi. Uni oson eslab qolish uchun belgilarni ochko’z timsoh debtasavvur qilish kerak, u doimo katta narsani (ya’ni sonni) yeb qo’yishga intiladi.
AJOYIB MISOL
1 x 8 + 1 = 9
12 x 8 + 2 = 98
123 x 8 + 3 = 987
1234 x 8 + 4 = 9876
12345 x 8 + 5 = 98765
123456 x 8 + 6 = 987654
1234567 x 8 + 7 = 9876543
12345678 x 8 + 8 = 98765432
123456789 x 8 + 9 = 987654321
1 SONLARI
Kalkulyatorda bir nechta 1 lar sonini xuddi o’ziga ko’paytirib ko’ring, juda qiziq javob chiqadi, masalan
Dostları ilə paylaş: |