If … else operatori
If…else – bu shartli o’tish operatori bo’lib, shart if qismida bajariladi. Agar shart rost bo’lsa, shartdan so’ng yozilgan instruksiyalar to’plami (tarkibli instruksiya) bajariladi, agar yolg’on bo’lsa, else qismida yozilgan (yozilmagan bo’lishi ham mumkin) tarkibli instruksiya bajariladi.
Masalan:
if(a>b) Console.Writeln(“kattasi=”+a);
else Console.Writeln(“kattasi=”+b);
Shart operatorining natijasi bool tipiga tegishli bo’lib, true(rost) yoki
false(yolg’on) bo’lishi mumkin. C# da quyidagi munosabat amallari mavjud:
= = - tenglik,
> - katta,
< - kichik,
>= - katta yoki teng,
<= - kichik yoki teng
!= - teng emas.
if (shart) operator1; else operator2;
Agar shart rost bo’lsa, operator1 bajariladi, agar yolg’on bo’lsa,
operator2 bajariladi. Shuni alohida takidlab o’tish lozimki, agarda siz shart
yolg’on bo’lganda dasturingiz hech bir ish bajarmasligini xohlasangiz,
operator2 ni yozmasligingiz mumkin.Bunda dastur if … else dan so’ng yozilgan
kod bo’yicha o’z ishini davom ettiradi. Agarda operator1 yoki operator2 dan
so’ng bajarilishi lozim bo’lgan amallar soni 1 tadan ortiq bo’lsa ular figurali {}
qavslar orasida yozilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |