While takrorlash operatori.
Bu takrorlash operatori “shart qanoatlantiradi ish davom etadi” qoidasi
bo’yicha ishlaydi. Bunda bool tipiga tegishli qiymat qaytariladi.
While (shart)
{ instruksiya (amallar) }
Agar shart tekshirilganda rost bo’lsa, instruksiyalar bloki bajariladi, aks
holda while dastur ishlashini to’xtatadi. Masalan:
public static int Main( )
{
int i = 0;
while(i < 10)
i++;
Console.WriteLine("i: {0}", );
return 0;
}
Do … while takrorlash operatori
Shunday hollar bo’ladiki, while takrorlash operatori sizning talablaringizga javob bermaydi, bunday hollarda do… while takrorlash operatoridan foydalanish qulayroq. Masalan: siz shartni boshida emas balki, oxirida tekshirishni hohlaysiz :
public static int Main()
{
int i = 0;
do
{
Console . WriteLine ("i : {0} ", i) ;
i++;
}
while(i < 10);
}
Bu misoldan ko’rinadiki i 10 dan kichik bo’ladi va hech bo’lmaganda
birta amal bajaradi. Do … While operatori “amal bajar, agar shart bajarilsa,
yana bir bor bajar” qoidasi bo’yicha ishlaydi. While operatori bu holda birorta
ham amal bajarmas edi.
Break va continue.
Dastur bajarilishida shunday holatlar bo’ladiki, dastur ishini to’xtashish
yoki ma’lum qismini bajarmaslik zarur bo’lib qoladi. Bunday hollarda break va
continue instruksiyalaridan foydalanish qulay. Agar sizga dastur ishini ma’lum
paytda (holatda) to’xtatish, oxirigacha bajarmaslik zarur bo’lsa, u holda break
dan foydalanish kerak.
Continue instruksiyasi dastur ishini to’xtatmaydi balki, u shu takrorlanish
bajaradigan amalni bekor qiladi xolos.
for (int j = 0; j < 100; j++ )
{
if (j%2 = = 0)
continue;
Console.WriteLine("{0}", j);
}
Bu misol ekranga barcha 100 gacha bo’lgan toq sonlarni chiqarib beradi.
Agarda tekshirish paytida juft son kelib qolsa, u holda hech qanday amal
bajarilmaydi va takrorlanish birta keyinga o’tkaziladi.
Goto operatori.
Goto operatori boshqa barcha takrorlash operatorlari uchun asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi. Lekin shu bilan birgalikda unda juda ko’p o’tishlar amalga oshiriladi va buning natijasida dastur chalkashliklarga yo’l qo’yadi. Professional dasturchilar odatda unda foydalanihmaydi, lekin C# tilini mukammal o’rganish uchun bu operator haqida qisqacha aytib o’tamiz:
1. Label (metka, belgi) yaratiladi.
2. Labelga o’tish bajariladi.
Masalan:
using System;
public class Labels
{
public static int Main( )
{
int i = C;
label:
Console.WriteLine ("i: {0 } ", i);
i + + ;
if (i < 10) goto label;
return 0;
}
}
Dostları ilə paylaş: |