Amaliy matematika va informatika yo`nalishi 1-3PMI-19 guruh talabasi Toshpulatova Durdona
Obyektga yo`naltirilgan dasturlash
C++ dasturlash tilida istisnolar va shablonlarni qo`llash

Reja:
Istisnolar.
Standart shablonlar.
C++ tili OYD doirasida istisnolarga xizmat ko‘rsatish standartini belgilab beradi. Istisno xolatlar (exception) dasturda xatoni – kutilmagan xodisani ifodalaydi. Dastur o‘zining ishlab chiqilishida ko‘zda tutilmagan normal bo‘lmagan vaziyatga duch kelganda, boshqaruvni ushbu muammoni xal qilishga qodir bo‘lgan dasturning boshqa qismiga berish mumkin xamda yo dasturni bajarishni davom ettirish yoki ishni tugallash kerak. Istisnolarni joydan joyga tashlab berish (yexcpletion throwing) dasturning normal bajarilishiga to‘sqinlik qiladigan sabablarning tashxisi uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan axborotni tashlab berish nuqtasida to‘plash imkonini beradi.

Dasturda har bir istisno xolat sinf sifatida aniqlanadi. Masalan, quyida ko‘rsatilan xolat fayllar bilan ishlash uchun uchta istisno xolatni aniqlaydi:
class file_open_error {};
class file_read_error {};
class file_write_error {};
Dastur istisno xolatni ko‘rishdan va unga javob berishdan oldin istisno xolatni aniqlovchi C++dagi try operatorini ishlatish lozim. Istisnolarni generatsiya qila oladigan kod bloki try kalit-so‘z bilan boshlanadi va shakldor qavslar ichiga olinadi.