Amaliy topshiriq
Berilgan matndagi so’zlarni turkumlarga ajratish va tahlil qilish
TOPSHIRIQ. Quyidagi nazorat savollariga javob bering.
1. Gaplar so’zlovchining ifoda maqsadiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
2. Darak gaplar qanday axborotni aks ettiradi?
3. Darak gaplar sintaktik jihatdan qanday shakllanadi?
4. So’roq gaplarda qanday axborot aks etadi?
5. So’roq gaplar qanday grammatik vositalar yordamida hosil qilinadi?
6. Ritorik so’roq gaplarda nima sababdan shakl va mazmun nomuvofiqligi kuzatiladi?
7. Buyruq gaplar qanday axborotni aks ettiradi?
8. Buyruq gaplar sintaktik jihatdan qanday shakllanadi?
9. Istak gaplarda qanday axborot yuzaga chiqadi?
10. Istak gaplar sintaktik jihatdan qanday shakllanadi?
TOPSHIRIQ. [E + T + K f(aniq.) ], [E + A + K ot/(ot vosita kelishigi )], [A + E + K
son/rav./olm. ] lisoniy
sintaktik qoliplari orqali voqelanuvchi darak gaplarni tuzing va ularni predikat xarakteriga
ko’ra tasniflang.
TOPSHIRIQ. Gapning yuza qurilish chizmalari yordamida nutqiy hosilalar tuzing va
ularni ifoda maqsadiga ko’ra tasniflang.
1. ----: ----, ----. 3. ----, ---- ?! 5.-------?.. 7. ----, ----; ----, ----.
2. ... ----, ----. 4. ----, ----!? 6. -------!.. 8. ---- , ----.
TOPSHIRIQ. Berilgan so’roq gaplarda shakl va mazmun nomutanosibligi sabablarini
aniqlang.
1. - Bir yilgacha yarimjon yuradimi? (O’.Hoshimov.) 2. –Yo’lingga ko’z tutib
o’tiribman. - qani o’tirganing? (Cho’lpon.) 3. - Duma kim bo’pti? (O’.Hoshimov.) 4. -
Qamashga sanksiyani prokurorning o’zi bergan, bolam. - Bersa nima qipti? (X.To’xtaboyev.)
5. - Shu vaqtda qo’rboshi qoptimi? (K.Yashin.) 6. - Men u yerdan qanday chiqa olardim?
(Sh.Xolmirzayev.)