14-mavzu. Kompozitsiyalarning ahamiyati haqida ma’lumot to’plash.
15-mavzu. Ixtiyoriy madohil naqsh kompozitsiyasini tuzish.
3.
III. Amaliy va badiiy bezak san’ati fanini tashkil qilish, uning mazmuni, naqqoshlikda turli kompozitsiyalar tuzish usullari, ularga qo’yiladigan talablar bilan tanishadilar;
- amaliy va badiiy bezak san’ati fanida ishlatiladigan materiallar va asbob – uskunalar, ularni ishga tayyorlashni o‘rganadi;
- talabalarga oddiydan murakkabga qarab turli naqsh kompozitsiyalarini mukammal tuzishni o‘rganadi;
- talabalarga naqqoshlik, ganch o‘ymakorligi, miniatyura, ashyoshunoslik va boshqa fanlardan olgan bilim malakalarini muxtahkamlash, turli shakldagi buyumlarga nashq kompozitsiyasi tuzishni o‘rgatish, shu bilan birga ranglarni mos keladigan qilib tanlash, turli materiallarga ishlov berishni e’tibor qaratadi.
- hajmli buyumlarga nashq kompozitsiyasi tuzish usullarini o‘rganadi;
- interer va eksterer bezagi uchun naqsh kompozitsiyalarini tuzishni o‘rganish;
- kompozitsiya darslari asosida Sharq amaliy san’atining go‘zalligi, falsafiy ruhiy va tarbiyaviy qirralari bilan tanishadi.
4.
VI. Ta`lim texnologiyalari va metodlari:
interfaol keys-stadilar; (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
guruhlarda ishlash;
amaliy mashg‘ulotlar
taqdimotlarni qilish;
individual loyihalar;
jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
VII. Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va amaliy tushunchalarni to’la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish, ijod qilish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo’yicha amaliy ishni topshirish.