- Amaliy. Word matn protsessori. Matnlarni kiritish, taxrirlash va formatlash amallari.
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarni matn tahrirlash dasturlarining keng imkoniyatlari bilan tanishtirish. MS Word dasturida
murrakab hujjatlar yaratish, bezash, formulalar bilan ishlash kabi vazifalarni mustaqil bajarishni o‘rgatish.
MS Word matnli hujjatlarni yaratish va ishlov berishga mo‘ljallangan ko‘p amalli dasturdan iborat matn protsessori bo‘lib, Microsoft Office amaliy dasturlar paketining asosiy dasturlaridan biri hisoblanadi. Matnni tahrirlashning asosiy bosqichlarini quyidagicha ta’riflash mumkin: hujjatni yaratish, saqlash, o‘zgartirish, bezash, bir nechta hujjatdan bir butun hujjat yaratish va h.k.
MS Word matn protsessorining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Matnni kiritish.
Matnni tahrirlash.
Matnni formatlash.
MS Word 2000 matn muharririni ishga tushirish uchun
ish stolidagi uning yorligini, ya’ni
quyidagi rasmni toping va
ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib, chap tugmachasini ikki marta tezlikda bosing. Agar bu rasmni ish stolidan topa olmasangiz, ekranning quyi qismida joylashgan satr (Masalalar paneli)dagi «Pusk» menyusi ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib chap tugmachasini bir marta bosing. Natijada quyidagi oyna namoyon bo‘ladi: