Nazorat savollari:
Hisoblash murakkabligi
Mukammal tushintirish
Coin Toss nazariyasi
Amaliyot ishi № 3
Mavzu: To`g`ri zanjir.
Reja
Fikrlashning to`g`ri zanjiri mexanizmi(FTR)
FTR ni realizattsiya qilishniig fond birja misolida ko`rish
Tizimning ishlashining umumiy algortmlari, Fikrlashning to`g`ri zanjirini realizatsiya qilish
Ishdan maqsad: freym, slotlar, AKO-aloqalar, kvantor, namunalarni boshqarish, ishlab chiqiladigan qoidalarni o`rganish.
Freymli modellar
Turli xildagi modellar imkoniyatlarini o`ziga bog`lovchi namoyishlarni ishlab chiqishga intilish, fremli namoyishlarni paydo bo`lishiga olib keldi.
Freym (angl. Frame – karkas yoki rom) – bu ayrim standart holat yoki
abstrakt ko`rinishlarni namoyish etishga asoslangan bilimlar
strukturasidir.
Har bir freym bilan quyidagi ma`lumotlar bog`langan:
1. Freymdan qanday foydalanish haqida;
2. Freymni bajarishdan qanday natijalar kutish kerakligi
3. Kutganingiz oqlanmasa nima qilish kerak.
Freymlarning yuqori bosqichlari fiksirlangan bo`ladi va o`zi bilan xuddi shu freym bilan tasvirlanish mohiyatini yoki haqiqiy xolatlarni namoyon qiladi. Quyi bosqichlar freymni chaqirganda ma`lumotlar bilan to`ldiriladigan slotlar bilan namoyish qilinadi. Slotlar – ayrim atributlarning to`ldirilmagan mazmunlaridir.
SHuningdek, ko`rinishni yoki holatni namoyish qilishga yo`naltirilgan
modellar ham freym deb ataladi.
Freym strukturasini quyidagi tasavvur qilish mumkin:
FREYM NOMI:
( 1-chi slot nomi: 1-chi slot mazmuni),
(2-chi slot nomi: 2-chi slot mazmuni),
…………………………………………
(N-chi slot nomi: N-chi slot mazmuni),
Odatda freym tizimlari kiritilgan freymni ma`lum bir holatga mos keltirib bo`lmaydigan xollar foydalaniladigan axborot qidiruv tarmog`i ko`rinishida namoyon bo`ladi, ya`ni slotlarga ushbu slot bilan bog`liq bo`lgan shartlarni qoniqtira oladigan lar biriktirilmasa.
Bunday xollarda tarmoq boshqa freymni qidirish va taklif etish uchun
xizmat qiladi. Fremlar ma`lumotlar omborida saqlanadigan freym-namunalar yoki prototiplar va kelib tushayotgan ma`lumotlar asosida haqiqiy holatlarni ko`rsatish uchun yaratiladigan freym-ko`chirmalarga bo`linadi.
Freym modeli yetarlicha universal hisoblanadi, chunki u dunyo haqidagi
turli xildagi bilimlarning hammasini quyidagilar orqali ko`rsatib berish imkonini beradi:
1. Ob`ektlar va tushunchalarni anglatib beruvchi freym-strukturalar
(kiritma, garov, vekselь);
2. freym-rollar (menedjer, kassir, mijoz);
3. freym-stsenariylar (inqiroz, yig`ilish, aktsionerlar)
4. freym-holatlar (avariya, qurilmaning ish rejimi) va boshqalar.
Freymlar nazariyasining muhim xossa semantik tarmoqlar
nazariyasidan o`zlashtirishi hisoblanadi. Va freymlarda hamda semantik tarmoqlarda ketma-ketlik AKO-aloqalarga (A-Kind-of=bu) bog`liq amalga oshadi. AKO sloti freymga aniq tartiblashmagan ierarxiyaning yuqori bosqichini ko`rsatadi, ya`ni analogli slotlarning mazmunlari o`tkaziladi.
Bu yerda “O`quvchi” tushunchasi yuqori qismda joylashgan “bola” va “inson” freymlari ketma-ketligi xossa sifatida kelyapti. Unda “O`quvchilar shirinlikni yaxshi ko`radimi?” degan savolga “Ha” deb javob berish kerak (chunki, ushbu xossaga bolalar ega). Xossalarning ketma-ketligi hususiy bo`lishi ham mumkin, shuning uchun o`quvchilarning yoshi “bola” freymidan tartiblanmaydi, chunki o`zining shaxsiy freymida yosh aniq ko`rsatilgan.
Freymlarning asosiy yutug`i u inson xotirasining kontseptual asosini, qolaversa uning qanday nozik va ko`rkamligini ko`rsatib bera oladi.
Ishlab chiqiladigan modellar An`anaviy dasturlashda agar i-chi guruh shoxlanish guruhi bo`lmasa, unda uning ketidan i+1-chi guruh davom etadi. Dasturlashning bunday usuli o`rganilayotgan bilimlarning tahlil qilish ketma-ketligiga oz miqdorda bog`liq bo`lgan holatlarda qulay hisoblanadi.
Aks holda esa dasturni namunalar bilan boshqariladigan erkin modellar majmui sifatida ko`rib chiqqan ma`qul. Bunday dastur tahlilning xar bir qadamida qaysi modul ushbu xolatni taxliliga mos kelishini aniqlab boradi. Ushbu xolatni taxlil qilishga namunalarni boshqarish moduli mos keladi.
Namunalarni boshqarish moduli bitta yoki bir nechta strukturani modifikatsiya qilish va izlanish mexanizmidan tashkil topadi. Xar bir bunday modul ma`lum bir ishlab chiqiladigan qoidani tashkil qiladi.
Bunda boshqaruv vazifasini interpretator amalga oshiradi. Bilimlarni namoyish etish nuqtai nazaridan qaraganda, namunalarni boshqarish moduliga yondashish quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi:
1. doimiy bilimlarning ma`lumotlar omborida saqlanuvchi va ishchi xotiradagi vaqtinchalik bilimlarga bo`linishi
2. modullarning strukturaviy erkinligi
3. muammoli soha haqidagi bilimlarni tashuvchi modullardan boshqaruv sxemasining ajratilishi.
Bu boshqaruvning turli xil sxemalarini tashkil etish va ko`rib chiqish imkonini beradi, shuningdek, bilimlarni va tizimlarni modifikatsiya qilishni osonlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |