Reja:
Kirish
Amaliyot o`tash joyi va investitsiya faoliyatini moliyalashtirish tartibi bilan tanishish
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga doir bo`lgan informatsion-kommunikatsion dasturiy ta`minotini amaliy o`rganish
Mamlakatimizda yaratilgan investitsiya muhiti hamda real sektorga yo’naltirilgan investitsiyalarni o’rganish
Xalqaro moliya institutlari tomonidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda qo’yiladigan talablar va mezonlarni o’rganish
Investitsiya faoliyatida kapital qurilish va davlat Investitsiya dasturi loyihalarini moliyalashtirish manbalarini o’rganish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Ilovalar
KIRISH Men Toshkent moliya instituti 2-kurs talabasi Boltoyev Mahmudbek Maxsudbek o’g’li tanishuv (malakaviy amaliyotini) “Urganch el-tur” MChJ korxonasida 2023-yil 29-maydan 2023-yil 29-iyulgacha O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi "Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora tadbirlari to’g’risida" PQ-3151 sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institutda ishlab chiqilgan “Toshkent Moliya institutini 2017 – 2030 yillarda rivojlantirish dasturi” asosida o`tadim. Men amaliyot o’tagan joy “Urganch el-tur” MCHJ ekanligidan kelib chiqib kompaniyani yaratishi va qanday faoliyat yuritishiga oydinlik kiritamiz. Bizning kompaniya Jamiyat uzini qimmatbaxo qogozlar bozorida vositachilik xizmatlariga bulgan ijtimoi talablarini qondirish, foyda olish va mulkdorlarning iqtisodiy manfaatlarini kanoatlantirish maqsadida taʼsis etiladi.
2.2. Jamiyatni ustavning 2.1. bandida ko’rsatilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi faoliyat turlari bilan shugullanadi:
- O’zbekiston Respublikasi, MDX va xorijiy davlatlar xududida xorijiy va maxalliy sayyoxlik faoliyatini rivojlantirishda ishtirok etish;
- sayyoxlarga mexmonxona xizmati ko’rsatish;
- maxalliy va xorijiy nashiriyotlar bilan shartnoma asosida ish olib borgan xolda reklama adabiyotlari varakalari maʼlumotlari chikarish va sotishni tashkil etish;
- chakana savdo, tijorat va vositachilik faoliyati, jumladan xalk xunarmandchiligi va antik mollar bilan savdo-sotik qiluvchi valyuta do’konlari va boshka savdo shaxobchalari tashkil kilish;
- sayyoxlarga va aholiga umumiy ovqatlanishni tashkil qilish ( restoran, bar, kafe, oshxona va choyxona);
- non va non maxsulotlari, makaron, qandalatchilik maxsulotlari, yaxna ichimliklar, muzqaymok, «konserva, go’sht, qolbasa, qishloq xujaligi maxsulotlari va shunga o’xshash boshka oziq-ovkat xamda nozik-ovkat maxsulotlari bilan taʼminlash va ishlab chikarish;
- savdo-tayyorlov faoliyati bilan shugullanish:
- yordamchi xo’jalik tashkil kilish ( dexkonchilik, chorvachilik, parandachilik, balikchilik va boshka qishloq xujaligi ishlari);
- qishloq xo’jaligi maxsulotlarini yetishtirish, saqlash, sotish va qayta ishlash;
- aholi, korxona va tashkilotlarga maishiy xizmat kursatish va boshqa pullik xizmat kursatish yurlarini ko’paytirish;
- xar xil turdagi kiyim-kechaklar tikish, trikotaj kiyimlarini tayyorlash, gilam maxsulotlari to’kish;
- yuridik va jismoniy shaxslarga telekommunikatsiya xizmati kursaitish;
- internet-kafe, kompyuter, kserokopiya, faks maxalliy va xalkaro aloqa xizmatlari tashkil qilish;
- kompyuter uyinlarini tashkil kilish;
- kompyuterlarni olib kelish va o’rnatish, ularni dasturlar (programmalar) va extiyot qismlar bilan taʼminlash;
- video, tasvirlarni qayta ishlash (ovoz yozish video- montaj ishlari)
- audio-video kassetalarni, DU, SO disklarni sotish va ijaraga berish;
- audio-video texnikalari va orgtexnika jixozlari bilan savdo sotik qilish va ularni taʼmirlash;
- umumiy qurilish, binolarni taʼmirlash, qurili shva montaj ishlari bilan shugullanish, kurilish materiallari ishlab chikarish va qayta ishlash;
- axoli, korxona va tashkilotlarga transport xizmati, NTRАNSNOG Ye ri texnik (servis)
Bugungi kunda investitsiyalar oqimi taraqqiy etgan mamlakatlardan rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga faol yo’naltirilayotganligining guvohi bo’lmoqdamiz. Natijada rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida to’g’ridanto’g’ri investitsiyalar ulushi keskin oshib bormoqda. O’z navbatida, investitsiyalar samaradorligini oshirish bilan bog’liq ko’plab muammolar mavjudligi investitsiya loyihalarini boshqarishni takomillashtirish zaruratini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri bo’lib qolmoqda. Ayni paytda, jahon amaliyotida xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ularni iqtisodiyotning istiqbolli va yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlariga joylashtirish mexanizmlarini maqbullashtirish, investitsiya loyihalarini umummilliy va mintaqaviy darajada venchurli moliyalashtirish amaliyotini rivojlantirish, investitsiya muhiti jozibadorligini oshirish va investitsiya faoliyatini moliyaviy boshqarish vositalarining o’zaro muvofiqligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, mamlakatimiz mintaqalarida investitsiya faoliyatini tashkil qilish xususiyatlari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda mintaqaviy venchurli fondlar faoliyatini tashkil etish, investitsiya loyihalarini kreditlashda sindikatlangan kreditlarni ajratish mexanizmlarini takomillashtirish, investitsiya faoliyatini tashkil etishda ichki resurslar, jumladan, aholi jamg’armalaridan foydalanish samaradorligini oshirish kabi masalalarga muhim ahamiyat qaratish lozim. Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlash usulini takomillashtirish banklarning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlashni talab etadi. Buning uchun Markaziy bankning tijorat banklari uzoq muddatli depozitlariga nisbatan belgilangan majburiy zaxira stavkalarini pasaytirish hamda davlatga tegishli pul mablag’larini iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarida sindikatli kreditlashni amalga oshirayotgan tijorat banklariga uzoq muddatli depozit sifatida joylashtirish hamda yuqori samarali loyihalarga berilgan kreditlarni sekyuritizatsiyalash orqali mablag’larni jalb etish banklarning investitsion loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini oshiradi. Prezidentimiz tomonidan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni so’zsiz amalga oshirish, chet ellik investorlarga har tomonlama yordam berish hukumatning eng muhim vazifasi bo’lishi kerakligini taʼkidladi. Investitsiyalarning asosiy qismini o’zlashtirishni yilning oxirgi oylariga surish amaliyotiga chek qo’yib, barcha tarmoqlar va hududlarda buni birinchi yarim yillikda kamida 35 foizga, to’qqiz oylikda 70 foizga yetkazish zarurligi qayd etildi