Yashash sharoiti Kichik musichaning yashash joylari bo`lib turli tuman axoli
yashaydigan joylar hisoblanadi. Ilgari ular paxsa devorli binolarda yashashni afzal
ko`rgan deb aytish mumkin.
Xususan , o`tgan asrning 20 yillarida Toshkent
shahrining yangi qurilgan qismida kichik musichalar kam bo`lgan. Hozirgi kunda
kichik musichalar istalgan yangi kvartallarni axoli ko`chib bormasdan oldinroq
egallab olmoqdalar. Aftidan binolarning hususiyatlari bu qushlarni juda kam
qiziqtiradi. O‘tgan asrning dastlabki o‘n yilliklarida kichik musichalarni bozorlar,
tegirmonlar va boshqa ko‘p miqdorda ozuqa manbaalari bo‘lgan joylar o‘ziga jalb
qilgan. Hozirgi kunda ular ko‘p miqdorda donni sotish va sarflash joylarida
to‘planmoqdalar. O.P.Bogdanov va R.N.Meklenburtevlarning malumotlariga ko‘ra
kichik musichalar odamlar yashaydigan joylardan uzoqda umuman uchramaydi.
Bundan bir necha yillar ilgari paxsa devorli va yassi tomli imoratladan iborat bo‘lgan
qishloq va shaxarlarda yashaganlar. Xozirgi kunda ularni zamonaviy turdagi baland
bo‘yli imoratlarda xam ko`p miqdorda uchratish mumkin. Umuman olganda bunday
binolar so‘ngi vaqtlarda loydan ko‘chirilgan uylarni siqib qo‘ymoqda bu esa kichik
musichalarni
yangi
sharoitlarda
moslashishga
majbur
qilmoqda.
Aftidan,
imoratlarning zich bo‘lishi kichik musichalar uchun katta ahamiyatga ega. Chunki
binolar zich joylashgan joylarda ularning soni ham ko‘p bo‘ladi. Unchalik katta
bo‘lmagan qishloqlarda kichik musichalar qishloqning markaziy qismida ko‘p
uchraydi. Uning chekka qisimlarida deyarli uchramaydi.
Yana bir ma‘lumot musicha bilan birv qatorda kaptar, hakka, qarg‘a, mayna,
chumchuq kabi qushlarni qishda kunduzi olma, o‘rik, yong‘oq, terak, tol, gilos
daraxtlarida va yer ustida uchratsak kechasi ayvon shiftlari, eski imoratlarning pana
joylaridan topamiz. Biroq ularni simyog‘ochlardan o‘tgan elektr simlarida qo‘nib
turganini
ko‘rmaymiz.