joyi tanlab olingach erkak qush uya atrofida turib, g`uvillab urgochisini chaqiradi.
Gohi-gohida tik holda balandga uchib qanotlarini keng yoyib parvoz qilib yana o`z
joyiga kelib qo`nadi. Shundan so`ng urgochi qush uya qurish joyiga uchib ketadi va
qushlar uya qurishga kirishadilar. Uya qurishda ikkala qush ham ishtrok etadi. Erkagi
uya yaqinidagi xududdan materiallarni terib keltiradi. Urgochisi esa bu uya
materiallarini uyaga joylashtiradi. Kichik musichalarning uyalari juda sodda tuzilgan
bo`lib, uya materiallari uyaga juda pala-partish joylashtiriladi.
Shuning uchun uyaga
joylashtirilgan uya materiallarining ko`pchilik qismi, ba‘zi xollarda uyaning o`zi
to`liq tushib ketadi va qushlar uyani yana yangidan qurishga majbur bo`ladi. Uya
qurilayotgan joyning ostida juda ko`plab xas-xashak, kiichk shoxchalar va o`simlik
navdalarini uchratish mumkin.Kuzatishlarimizga ko`ra kichik musichalarning uyalari
yassi likopcha ko`rinishida, uya materiallari juda siyrak joylashgan bo`lib, uyaning
o`rtacha diametri 16,3 sm, uya latogining chuqurligi 1,98 sm, uyaning yerdan
balandligi 3,8 metrni tashkil etadi. Ularning uyalarini qayerda topganimizni bilib qish
faslida harorat qanday bo‘lishini bilishimiz mumkin.
Masalan bu yil yashab
kelayotgan musicha inalarini ikkitasi ayvon to‘sinida, bittasi uncha issiq bo‘lmagan
omborxona to‘sinida joylashganini ko‘dim, bu esa harorat nisbatan iliq kelishini
bildiradi. Yozga yain ular uylarining joylarini suv bo‘yidagi olma, o‘rik, gilos, tut
kabi daraxtlarga ko‘chiradi. Bu esa ularning polaponlarini yozning issiq kularidan
himoya qiladi. Agar yoz fasli yog‘ingarchilikga boy bo‘lsa Musicha inalarini asosan
ayvon to‘sinida va eski imoratning o‘rtacha baland joylarida uchratamiz.
Kichik musichaning uyining yonida olib borilgan kuzatishlarda to‘plangan
ma‘lumotlar bo‘yicha qish faslida qishloqlarda aholi saqlab qo‘ygan bug‘doy donlari
va
boshqa
o‘simlik
urug‘lari
bilan
oziqlanadi.