AMIR TEMUR DAVRIDA DEVON ISHI Reja: 1. Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi. Uning markazlashgan davlat tuzishdagi tarixiy xizmati.
2. Amir Temur va temuriylar davrida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayot.
3. Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligi
Foydalanilgan adabiyotlar Shu jumladan ayniqsa, davlatchilik tarixi bizda deyarli o’rganilmagan edi. Shu boisdan O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov xalqaro konferensiyada so’zlagan nutqida ,,Ming afsuski, biz boshimizga tushgan mustabid tuzum oqibatida ulug’ ajdodlarimizning tarixi va faoliyatini, bashariyat rivojiga qo’shgan hissasini bugungi kunda xorijda AQSH, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniyada, Hindiston, Turkiya, Eron, Pokistonda o’zimizdan ko’proq bilishadi. Bizlar-ya’ni Amir Temurning vatani bo’lmish shu zaminda o’sgan odamlar uning faoliyatini juda oz bilamiz”, -degan edi. Darhaqiqat, o’tgan olti yuz yil mobaynida Amir Temurga bag’ishlab yaratilgan asarlar soni Yevropa tillarida 500 dan ziyod. Sharq tillarida esa 900 ga yaqin asarlar yaratilgan. Yuqorida ko’rsatilganidek temurshunoslik chet ellarda keng yoyilganligi ravshan. Fransiyalik Lyusen Keren va huquqshunos Akmal Saidovlarning birgalikda yozgan ,,Amir Temur va Fransiya”, Jan Pol Ru, Jan Oben, Terri Zarkonilarning Amir Temurga bag’ishlangan majmuasi AQSHlik Beatrisa Forbes Manzning ,,Temur imperiyasining yuksalishi va idora qilinishi”, Jamoliddin Sayyid (Hindiston) ,,Temur davlati davlat tuzilishi”, Germaniyalik M.Darenxariyning 1913-yilgi asarlarini ko’rsatish mumkin. Afg’on sharqshunosi Abdulla Habibiyning ,,Temuriy davri saltanati” asari 1974-yili Tehronda bosmadan chiqqan. Rtveladze E. va A.Saidovlarning 1996-yili Parijda nashr qilingan ,,Темур в зоркале миравой истории” hamda Qohirada 1996-yil Shamsiddin Babohonov va Misrlik olim Nasrullo Mubashshir at-Taroziylarning kitoblari Temur va uning davlatchiligi masalalarini ko’plagan ilmiy dalillar asosida yoritilgan. Bugungi kunda Temurshunoslik O’zbekiston tarixnavisligini eng dolzarb masalasi sifatida qaraladi. Islom Karimov ,,Tariximizning ko’pdan ko’p g’oyat muhim sahifalari ichida Temur va temuriylar davri, XIX asr oxiri-XX asr boshlari tarixi yangidan kashf qilindi”, degan edi.
Chingizxon qo’shinlari tomonidan yurtimizning zabt etilishi bilan xalqimiz tarixida to’rtinchi bor qaramlik boshlandi”. (XIII asr 20-yillaridan 1370-yilgacha) Ular asos solgan saltanat Markaziy Yevropadan Yapon dengizigacha, O’rtayer dengizidan Hindixitoygacha bo’lgan ulkan hududni o’z ichiga olgandi. Chingizxon asos solgan saltanatni uluslarga bo’lib boshqarish joriy qilingan bo’lishiga qaramasdan, ammo har bir ulus mustaqil bo’libgina qolmasdan, bir-birovlarining mulkiga zug’um qilishdan ham toymas edilar. Lekin, siyosiy hodisalarning ravnaqi ila mo’g’ullar saltanati ikki qismga bo’linib ketadi.
Shuni ta’kidlash joizki, Jo’jining o’g’li Botuxon (1227-1255) O’g’aday (1227-1241) va Tulug’ning o’g’li Munka zamonida Oltin O’rda xonligiga asos solindi. Bu hududlarga Bulg’or viloyati, Krim va ungga qarashli dengiz bo’ylaridagi shaharlar Darband, Boqugacha yerlar va Xorazmning shimoliy qismida Urganch shahri g’arbiy Sibir va Sirdaryoning quyi oqimigacha yerlar kirgan edi. Ulush taqsimotida Qoshg’ar, Yetttisuv va Movaraunnahr Chig’atoyga yetgan edi. Chig’atyo ulusini qoon nomidan Mahmud Yalavoch boshqargan. Undan keyin uning o’g’li Ma’sudbek ulusni boshqargan edi. Mo’g’ullar asos solgan davlat yarim ko’chmanchi tipidagi harbiy tartiblarga muvofiq davlat boshqaruviga ega siyosiy tashkilot edi. Mo’g’ullar hukmronligi davrida davlatchiligimiz o’z tashkilotchilik qobiliyatini amalda ifoda etish imkoniga ega bo’lmadi. Chunki siyosiy huquq qo’ldan ketgandi, qaramlik, erksizlik hukm surardi. O’z xalqi ozodligi uuchun kurashga bel bog’lagan Amir Temur qabila yetakchilari yig’inida o’z davlatiga 1370-yil Samarqandda asos soldi. Bu davlatning asosiy hususiyatlari quyidagicha izohlanadi.
Birinchidan- bu davlat bir-ikki yoki hukmron sinfgina emas balki, barcha mavjud tabaqalar; ilohoyot vakillari, feodallar, hunarmandlar, savdo kishilari, zirakorlar, navkarlar bo’lib asosan ularga tayanish va ularni himoya qilishdan iborat.
Ikkinchidan-bu davlat asosan islom, shariat qonunlariga tayangan holda boshqariladi.
,,Men o’z davlatimni islomga muvofiq qurar ekanman tuzuklar qonunlari asosida boshqardim. Boshqarishda nima ish qilgan bo’lsam qonun asosida qonun bo’yicha qildim” -deb yozgan edi. Amir Temur davlatida oliy amaldorlar yoki vazir, shahzodani, savdogar yoki oddiy kishilik qonun oldida barcha barobar edi. Jumladan shahzoda Mironshoh Eron, Ozarbayjon va Iroq hukmdori (1393-1398) maishatga, aysh-ishratga berilgani sababli davlat lavozimidan chetlashtirildi. Shuningdek Pirmuhammad Umarshayx o’g’li ham fors viloyati boshqaruvchisi Amir Temurning g’arbga safaridan bo’yin tovlaganligi uchun o’z lavozimidan chetlashtirildi.
Uchinchidan-Amir Temur ,,kengash”ga katta ahamiyat bergan. Unda davlat ahamiyatidagi masalalar muhokama qilingan. ,,O’z ishlarimning to’qqiz qismini oqsoqollar kengashida hal qilib, unda amiru –vazirlar, dono-yu, tajribali kishilar qatnashib, qolgan bir qismini esa qilich yordamida hal qildim” deb yozgan edi.
To’rtinchidan-ma’lumki davlat taqdiri, ulug’ligi yoki yemirilishi davlat muassasalari va davlat amaldorlari (vazir, amirlar) faoliyatiga bog’liqdir. Amir Temur shu boisdan ham markaziy muassasani yoki joylardagi ularni halol, sodiq kishilar hisobiga to’ldirgan. Uning nazarida ,,davlat mulozimlari ayniqsa vazirlar birinchidan-asllik va toza nasllik, ulug’vor; ikkinchidan-aqlli dono, farosatlilik; uchinchidan-qo’shin va xalq ahvolidan habardor bo’lish, to’rtinghidan-bosiq va osoyishtalikka berilgan bo’lishi” zarur edi.
Beshinchidan-davlat mustaqilligi va uning ravnaqi xazinaga bo’g’liq. Xazina esa, asosan soliqlar va to’lovlar evaziga to’ldiriladi.
Amir Temur soliq va to’lovlarni yig’ib olishda soliq yig’uvchilarning o’z boshimchaligiga yo’l qo’ymas edi. To’lov va soliq hajmini o’z istaklari bilan olishlariga yo’l qo’ymas, ularni har doim kuzatib, nazorat qilib borilgan. Mansabini suiste’mol qilganlar va xalq noroziligiga uchragan amaldorlar qattiq jazolangan. Temuriylar davrida soliqning asosiy turi xiroj bo’lgan. ,,Yer solig’i yerning hosildorlik tarkibi va holatiga bog’liq bo’lgan. Shuningdek xiroj yer solig’i yerdan olingan hosilning 4/1 qismidan oshmagan”.
Amir Temur tuzgan davlat apparati yettita mahkamadan iborat edi. Amir Temur davrida boshqaruv ikki idora: dargoh va devonlarga bo’lingan.
Dargoh-eng oliy idora bo’lib, uning boshlig’i oliy hukmdor Amir Temur turgan. Dargohda mamlakat va davlat ahamiyatidagi masalalar hal etilgan. Shuningdek dargohda vaqti-vaqti bilan majlislar o’tkazilib turilgan.
Sohibqiron shunday yozgandi: ,,Donishmandlar demishlarkim, o’z o’rnida qo’llangan tadbir bilan ko’plab lashkarning qilichi ojizlik qilgan har qanday mamlakat darvozasini ochib, favj-favj lashkarni yengib bo’lur. Tajribamda ko’rilgankim, azmi qat’iy tadbirkor va xushyor, jang ko’rgan, mard, shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz loqayd kishidan yaxshiroqdir”.
Dargoh faoliyatini boshqarish uning vazirliklar, mahalliy hokimiyat idoralari va umuman saltanatda kechgan jarayon bilan bog’lanib turish ishini oliy devon olib borgan. Dargoh, tizimidagi bu devonga devonbegi boshchilik qilgan.
Oliy devonda - ijroiya hokimiyatda bosh vazir, harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri turgan. Sarhadlar va tobe mamlakatlarning boshqaruvi bilan shug’ullanuvchi yana uch vazir bo’lgan va devonbegiga hisobot berib turgan. Markaziy hokimiyat tizimida shayhulislom, qozikalon, qoziyi ahdos (odat bo’yicha chiqaruvchi qozi), qozi askar, sadri a’zam (vaqf yerlari, mulklari mutasaddisi), dodhoh (shikoyatlarni ko’ruvchi), eshikog’a, saroy vaziri, yasovul (hukmdorning shaxsiy buyrug’ini bajaruvchi), qalaqchi (xiroj miqdorini aniqlovchi), muhassil (soliq undiruvchi), tavochi (asosiy qo’shinlarni to’plash ishiga mutasaddi amaldor), qorovulbegi, qutvol (qal’abon), muhtasib (shariat qoidalari ijrosini, bozor tartiblarini nazorat qiluvchi) va boshqalar bo’lgan.
Shuningdek dargohda bosh hojib, hojiblar, xazinabon, xonsolar jibachi, qushchi, bakovul, kotiblar, bitikchilar, tabiblar, sozandalar, dorixonachilar bo’lgan.
,,Oliy devonning ahamiyati mavqei shu darajada baland bo’lganki, uni manbalarda dargoh bilan bir ma’noda ta’riflash hollari ham uchraydi”.
Dargohdagi muhim vazifalardan biri bu-arzbegidir. Uning xizmati dargohga arz-dod , shikoyat bilan kelganlar hamda mamlakatda sodir bo’layotgan voqealarga o’z munosabatini bildiruvchilarni qabul qilishni uyushtirib, tushgan arzlar, shikoyatlar, takliflarni oliy hukmdorga yetkazib turishga masullikdan iborat edi”. Bundan tashqari dargohda adolat amiri lavozimi mavjud bo’lib, oliy hukmdorga hisobot va ma’lumot yetkazib turgan. Demak, joylardagi ahvoldan bohabar bo’lib, turishning ikki yo’lidan foydalanishgan. Biri pastdan yuqoriga ya’ni arzchilar to’g’ridan to’g’ri dargohga murojat qilish imkoniga ega bo’lganlar, ikkinchisi-maxsus xizmat orqali joylardagi vaziyat davlat tomonidan, aniqrog’i, oliy hukmdor dargohi orqali tekshirilib borilgan. Mana shu ikki yo’l bilan joylarda ro’y berayotgan adolatsizlik, tartibsizlik davlat va jamiyat manfaatlariga zid ishlar haqida ro’y-rost ma’lumot olingach, so’ng maxsus vakillar aminlar (ishonchli vakillar) joylarga borib voqeani o’rganib tegishli choralar ko’rganlar. Shunday qilib aminlar o’zlari taftish qilgan ishlari, ko’rilgan choralari haqida yozma tarzda hisobot berib borishgan.
Dargohdagi muhim lavozimlardan yana biri bu-tavochidir. Tavochi oliy farmonga ko’ra joylarga borib harbiy yurish uchun lashkar to’plash bilan shug’ullangan. Bu vazifa ham muhim ahamiyat kasb etgani uchun Sharafiddin ali Yazdiy mubolag’a bilan uni oliy hukmdordan keyingi yuqori darajadagi davlat mansabi deb baholaydi. Darhaqiqat lashkar to’plashni quruq farmon yetkazish deb tushunmaslik kerak. Tavochilar lashkarning aytilgan vaqtda taxt bo’lishi, ta’minoti, muayyan joyga o’z vaqtida yetib kelish xollarini nazorat qilishgan. Tavochilar bosh tavochi va piyoda askar tavochisi kabilarga taqsimlangan. Shuni ta’kidlash joizki, davlatchiligimizning o’tgan davrlarda unutilgan va yiroqlashgan ko’pgina an’analari aynan Amir Temur davrida qaytadan tiklandi.
Shuni ta’kidlash joizki, ,,Amir Temurning o’zbek davlatchiligi oldida qilgan xizmatlaridan biri shundaki, u bir necha asrlar davomida shakllanib kelgan davlatchiligimiz ijroiya tizimidagi boshqaruvning klassik shakllarini tiklay oldi”. Bu nihoyatda qadrli va tarixiy xizmatdir. Amir Temur davlatidagi ijroiya tizimi markazda vazirliklar faoliyatida mujassamlashgan edi. Amir Temur vazirlariga qo’yilgan talablardan kelib chiqqan holda munosib kishining vazirlikka tayinlanishiga katta e’tibor bergan. ,,Vazirga to’rt imtiyoz –ishonch, e’tibor, ixtiyor va qudrat berilsin. Kamolotga erishgan vazir ulkim, davlat muomalalarini tartibga keltirib, mulkiy va moliyaviy ishlarni to’g’rilik bilan, asli-nasli tozaligini ko’rsatib, ajoyib tarzda bajaradi. Olgulik joyidan olib, bergulik yerga beradi. Ruhsat etuvchi va taqiqlovchi buyruqlarida uning aslligi bilan toza naslligi ko’rinib turadi. Hech kimga dushmanlik va jabr-zulm qilmaydi. Xoh sipohdan, xoh raiyatdan bo’lsin, har kishining nomini yaxshi so’zlar bilan tilga oladi”. Shunday qilib Amir Temur davlatidagi vazirliklar ijroiya tizimidagi asosiy boshqaruv shakli edi. Darhaqiqat, shuni e’tiborga olish joizki, Temur davlati davlatchiligimizning tadqiqotchilari jumladan Azamat Ziyo o’z kitobida Temur davrida faoliyat ko’rsatgan mahkamalarni (vazirliklarni) 8ta deb ko’rsatgan holda, ohirgi devonni mazolim deb ta’kidlashi Sharafiddin Ali Yazdiy asaridagi ma’lumotlarni ko’rsatgan. Shuningdek ,,Temur davlatchiligining boshqa bir tadqiqotchilari B.Ahmedov, R.Muqminova, G.Pugachenkovalar” faoliyat ko’rsatgan vazirliklarni jami 7 ta deb ta’kidlashgan.
Quyida vazirliklarning tuzilishi va ularning davlat ishlarini amalga oshirishdagi faoliyatlari bilan tanishamiz:
Mamlakat va raiyyat vaziri. Bu vazirlik asosan mamlakatning muhim ishlari, kundalik muomalalar, xalq ahvoli, viloyatlardan olinadigan soliqlar hajmi, ularni taqsimlash, kirim-chiqimlar, obodonchilik ishlari, aholi farovonligi, xazina ahvoli kabi muhim yumushlarga javobgar bo’lgan. Mazkur masalalar yuzasidan oliy hukmdorga tegishli ma’lumot va hisobotlar berib turgan. Agar mazkur vazirlik vazifasini oldingi davr ijroiya tizimi bilan taqqoslansa, u holda so’z bu yerda bosh vazir haqida ketayotgani ma’lum bo’ladi.
Amir Temur o’z davlatida harbiy ishlar va mudofaani tashkil qilishda ,,tuzuklar”da ko’rsatilgan ishlarga tayanib ish qilgan. Jumladan: ,,amirlarim va askarlarimni martabayu unvonlar, oltin-kumush bilan hushnud etdim. Bazmlarda ularga munosib o’rin berdim, shuning uchun janglarda jonlarini fido qildilar. Dirham va dinorlarni ulardan ayamadim. Ularning yumushlarini yengillashtirish uchun mehnatu mashaqqatlarini o’zimga yukladim va ularni tarbiyat etdim. Amirlar, sipohsolar, bahodirlar bilan ittifoq tuzib, ularni mardligu mardonavorligiga tayanib shamshir zarbi bilan yigirma yetti podshohning taxtini egalladim”.
Darhaqiqat, ,,harbiy vazir asosan harbiylarning maoshi, alohida xizmatlari uchun ularga tuhfa qilingan yer-suvlar boshqaruvi (nazorat va qayd etish ma’nosida) qurol-aslaha ta’minoti, harbiy ko’riklarni tayyorlash, janglarda yarador bo’lib xizmatga yaroqsiz bo’lganlarga nafaqa tayyorlash, iste’foga chiqqan harbiylar to’g’risida qayg’urish kabi masalalar bilan shug’ullangan”. Ma’lumki ,,Tuzuklar”da harbiylar to’rtinchi toifaga kiritilgan. Unda ,,amirlar, sarhanglar sipohsolarga majlisimdan o’rin berib, martabalarini yuqori ko’tardim. Ular bilan suhbatlashib, maslahatlar oldim. Jang maydonida mardona qilich chopishgan shijoatli jasur kishilarni hush ko’rardim; jang maydonlariga ot choptirib kirib-chiqish usullarini, g’anim lashkari to’pini buzib, saflarini sindirishni, nayza sanchib, qilich chopishni ulardan so’rar edim. Sipohgarlik ishlarida ularga ishonib kengash so’rar edim” -deyiladi. ,,Sipoh vaziri-sipohiylarning ahvoli borasida menga ma’lumot bersin, sipoh tarqoq holatga tushib qolmasligi uchun ularning ahvolidan xabardor bo’lsin, vaziyatni anglatib tursin”-deyiladi vazirlikning xizmat qilish tuzukida.
Mulkchilik va soliq ishlari vaziri. Bu vazirlik turli sabablarga ko’ra egasiz qolgan mol-mulklarni nazoratga olish, savdogarlardan zakot olish va boj to’plash, mamlakat chorvalari, o’tloq yaylovlarni boshqarish, ulardan tushadigan daromadlarni saqlash, mulkchilikdagi merosxo’rlik tartiblarini amalgam oshirish kabi vazifalarni bajargan. Sohibqiron vazir faoliyatini ta’kidlar ekan, ,,davlatu saltanat uch narsa : mulk, xazina va lashkar bilan tikdir. Dono vazir bularning har uchalasini tadbirkorlik bilan yaxshi ahvolda, saranjom tutadi. Aqlli vazir ulki, bir qo’li bilan raiyatni, ikkinchi qo’li bilan esa sipohni tutadi. Olgulik joydan olib, bergulik joyga beradi. Tajribali, ishbilarmon va bilimdon vazir shunday bo’ladiki, mamlakat obodonchiligini, raiyat va sipohoning faravonligini xazina boyligini doim ko’zda tutadi.
To’rtinchi vazirlik-bu saltanat idoralarining kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilinayotgan barcha harajatlar hisobini olib boruvchi moliya vaziridir. ,,Tuzuklar”da moliya vaziri ma’suliyatiga tegishli diqqatga sazovor bir tuzuk bor: ,,moliya vazirlari moliya ishlarida hiyonat qilib, xazinadan biron mablag’ni o’zlashtirib olgan bo’salar, avval tekshirib ko’rilsin. Agar o’zlashtirib olgan mablag’ni o’ziga tegishli ulufa (maosh) miqdoriga teng bo’lsa, mazkur mablag’ unga sovg’a-in’om o’rnida berilsin. Agar o’zlashtirib olgan mablag’ maoshidan ikki barobar ortiq bo’lsa, ortig’i oladigan maoshidan ushlab qolinsin. Agar maoshidan uch barobar ko’p mablag’ olingan bo’lsa, hammasi saltanat hazinasiga tortiq sifatida olinsin”-deyilgan. ,,Temur tuzuklari”da mazkur to’rt vazirlikdan tashqari yana uch vazir haqida so’z ketib, ular turli o’lka va mamlakatlarga oid moliyaviy muammolar va keladigan daromadlarni boshqarganlar. ,,Agar saltanat hududi va unga kirgan sarhadlar ko’lami nazarga olinsa, haqiqatan ham u yerlar bilan bog’liq moliya-daromad ishlarini tashkil qilish uchun uch vazirlik ta’sis etilishini asosli desa bo’ladi”.
Sakkizinchi vazirlik bu adliya vazirligidir (devoni mazolim). Adliya vazirligi dunyoviy ishlar bilan shug’ullangan. Harbiy sud (lashkar qozisi) esa alohida ravishda faoliyat ko’rsatgan. Shariat tartiblari bilan esa, islom qozisi shug’ullangan. Shuni ta’kidlash joizki, sud tizimidagi taqsimot bir necha asrlar muqaddam amalga oshirilib kelingan. Qonun, o’sha zamon tartiblari oldida javobgarlik barchaga barobar bo’lgan. Masalan, Amir Temurning nabirasi Pir Muhammad ibn Umarshayh o’z qilmishi uchun devoni mazolimda qattiq so’roq qilinib, aybi aniqlangach, shunga yarasha jazo berilgani va bu haqda shaxsan Amir Temurning o’zi farmon bergani tarixiy manbalarda o’z aksini topgan”.
Ilgarigi sulolalar davrida mavjud bo’lgan vaqf ishlari vazirligi xizmati Amir Temur davrida sadrlar boshlig’iga yuklatilgan. Yana shuni ta’kidlash joizki, ,,o’tgan zamonlarda ham mavjud bo’lgan ammo mazmunan bu vaqtda o’zining eng yuksak ravnaq darajasiga ko’tarilgan xabar va pochta vazirligidir. Ulkan saltanatda xat-xabarlarni jo’natish, markazdan buyruqlarni yetkazish, farmon, ko’rsatmalar jo’natish, hisobotlarni olish tezkorlik bilan yo’lga qo’yilgan edi”.
O’z davrida habar va pochta xizmati ahamiyatini yaxshi anglagan Amir Temur o’zining dastlabki farmonlarida bu xizmatni yo’lga qo’yishni ko’rsatgandi. Ispaniya elchisi Klavixo De Ganzales yozishicha butun saltanat uzra bir kunlik yo’l oralig’idagi har bir maskanda to’xtash joylari bino etilgan bo’lib, ularda 10 tadan 200 tagacha ot-ulov saqlangan. Mahsus xizmatchilar faoliyat ko’rsatishgan. Bu yumushlarning barchasi davlat xazinasidan ta’minlangan. Dargohdan yo dargoh tomon joylardan , xizmat yuzasidan yo’lga chiqqan har bir shaxs yo guruh mazkur joylarda to’xtab dam olib, otlarini almashtirib yana yo’lda davom etavergan. Hayratga solarlik tomoni shundaki, ulkan saltanatning har bir burchagidan Samarqand tomon yo’naluvchi yo’lda shu tartib joriy qilingan. Ular hahtto aholi turmaydigan yerlarda ham ishlab turgan. Ispaniyalik elchilar Tabrizdan Samarqandgacha bo’lgan safar chog’ida bunday tartibni o’z ko’zlari bilan ko’rganlar. Tartib g’oyatda qat’iy bo’lgan. Masalan, mazkur xizmatdan foydalana bilganlar mingan ot yo’lda, to’xtash joylaridan yiroqda yaroqsiz bo’lib qolsa, yo’lda uchragan otliqning, kim bo’lishidan qat’iy nazar, amirmi, harbiymi, hattoki oliy hukmdorning o’g’limi, otini minib ketishga haqli bo’lgan. Bir safar shunday holatda Amir Temurning katta o’g’lining otidan foydalangan ekanlar”. Bu boradagi tartib va ahvol hususida yanada aniqroq ma’lumotni Hofiz Abro’ qoldirgan. Unga ko’ra, Samarqanddan qaysi bir tomonga yo’lga chiqilmasin, bir oy yoki ikki oy yo’l yuriladimi, hech kim hech qachon ko’chada qolmagan. To’xtash joylari bir yo’la hatto 1000 kishini qabul qilishi mumkin bo’lgan ekan.
,,Klavixoning Samarqandda elchilar bilan shug’ullanuvchi maxsus amirlar xizmat qilgani, elchilarni kutib olishi, kuzatishi bilan bo’g’liq tadbirlarni uyushtirishga oid guvohliklarini inobatga olib xulosa qilish mumkinki, tashqi aloqalar, elchilar, xalqaro yozishmalar bilan shug’ullanuvchi xizmat bo’lgan. Aftidan, bu xizmat ijroiya tuzumida emas, dargoh tarkibida faoliyat ko’rsatgan” -deb ko’rsatarkan Azamat Ziyo. Akademik B.Ahmedov, R.Mukminova va G.Pugachenkovalar esa o’z kitobida ,,bu ish bilan mahsus vazirlik tashqi xabar va aloqalar vazirligi shug’ullangan” deb ta’kidlashadi (Divani rasail).
Shuni ta’kidlash joizki, xoh dargoh, xoh ijroiya tizimi bo’lsin, davlat xizmatlari qanday puxta va aniq ishlangan. Aynan shu xollarni Klavixo quyidagicha ta’riflaydi. ,,har bir maslahatchi, ya’ni yirik amaldor o’z bitikchisi va qayd daftariga ega ekan. Bitikchilar o’z boshliqlari ko’rsatmasiga muvofiq turli hujjatlar masalan, yorliqlar yozib tayyorlar ekanlar, albatta, bu haqda qayd daftariga yozib yorliqqa tegishli belgi (raqam) qo’yganlar. Keyin esa yorliq yo’riqchiga topshirilib, u unga muxr bosgan va mazkur masalaga dahldor xizmatlarga yuborgan. Xullas, hujjat yana 3 – 4 amaldor nazoratidan o’tib, ularning muxrlari bosilgandan keyingina oliy hukmdor muxri urilgan. Shundan so’ng bu hujjat qonun kuchini olgan. Sohibqiron muxrida uch belgi o’z aksini topgan”.
Shuni ta’kidlash joizki, Amir Temur davlatida davlat xizmatiga olinadigan kishilarga katta talablar qo’yilgan. Shuningdek, ,,Tuzuklar”da ,,qaysi vazir g’iybat gaplarni aytsa, uydirma gaplarga quloq solsa, jabr-zulm qilsa, o’ziga yoqmagan kishilarni yo’qotish poyiga tushsa, nasliyu zoti yomon, hasadchi, gina-kek saqlovchi, qora ko’ngilli kishilarga zinhor vazirlik lavozimi berilmasin. Buzuqi, qora ko’ngilli, zoti past odam vazirlik qilsa, davlatu saltanat tez orada qulaydi”.
Shuni ta’kidlash joizki, mahalliy boshqaruv ham saltanatning hukmron sulola namoyondalari va shu xonadon tayanchi bo’lmish harbiy-siyosiy kuchlar yordamida idora etilgan. Tabiiy ravishda Amir Temur ham saltanatni o’z o’g’illari va avlodlariga tayangan holda boshqardi.
Sohibqiron ,,Tuzuklari”da yozilishicha ,, Amir qildimki, agar o’g’illarimdan qaysi birovi saltanat martabasiga davogarlik qilib bosh ko’tarar ekan, uni o’ldirishga, qo’llarini bog’lashga yoki muchasidan biron joyini kamaytirishga hech kim jur’at qilmasin. Lekin o’z davosidan kechmaguncha, uni asrlikda saqlasinlar, toki Xudoning mulkida urush chiqmasin. Agarda nabiralar yoki qavm-qarindoshlardan biri menga qarshi ko’tarilsa, uni darveshlik holatiga solsinlar”. Shu boisdan sohibqiron to’ng’ich o’g’li Muhammad Jahongirga viloyat hokimligi va ikkiming otliq askar ulufasini berdi. Ikkinchi o’g’li Umarshayxga o’nming otliq askar va viloyat hokimligini berib. Uchinchi o’g’li Mironshohga to’qqizming otliq askar va bir viloyatni topshirdi. To’rtinchi og’li Shohruhga yettiming otliq askar va bir viloyat hokimligini topshirgan. Lekin mahalliy boshqaruv markaziy boshqaruvdan farq qilgan holda keng tarmoqli emasdi. Oliy dargoh va ijroiya tizimi oldida javobgarlik holatida faoliyat ko’rsatgan.
Aynan shu boisdan ham “ Temur tuzuklari” da saltanatim qo’rg’onlari bo’lmish amirlar, agar ish ustuda nifoqqa borsalar, ularni martabasidan tushursinlar va yerlari tortib olinsin. Agar davlatga ziyon yetkazgudek ish qilsalar, ular boshqa amirlarga tobe etilsinlar. Agar sipohiylik ishlarida yalqovlik qilgan bo’lsalar, ularga yozish – chizish bilan shug’ullanuvchilar orasidan ish berilsin. Agar shundan keyin ham xatolikka yo’l qo’yib kaltabinlik qilsalar, ikkinchi bor hizmatga olmasinlar”- deyilgan.
Mamlakat oldida alohida ko’rsatgan hizmatlari uchun yirik amaldorlar, harbiylar din peshvolari hamda bo’ysudurilgan sobiq hukumdorlarga shaxsiy xizmat va sharoitga munosib ravishda biron xudud viloyat, tuman suyurg’ol (tortiq) qilingan. Har bir suyurg’ol qilingan hududga (viloyat, mamlakat, tuman) ikkitadan vazir tayinlangan.
Birinchisi – yig’iladigan soliqlarni qayd etib aholi ahvolidan boxavar bo’lib turish, ikkinchisi esa yig’iladigan daromadlar qay tarizda xarj qilinayotganini hisobga olish, shu yerda mavjud harbiy qismlarga beriladigan moash taqsimoti bilan shug’ullanishgan.
Bu vazirlarning birinchisi “ viloyatdan yig’ilgan molni yozib, raiyat fuqoraga jabr – zulm yetkazib ularning holini - harob etmasin, - ikkinchi vazir esa, qaysi amirga tuyul berilar ekan, uni uch yilgacha o’z holiga qo’ysinlar. Xirojni raiyatdan kaltaklash va savalash yo’li bilan emas, balki ogohlantirish, qo’rqitish va tushuntirish yo’li bilan undursinlar qaysi hokim hukmning ta’siri kaltaklash ta’siridan kamroq ekan, unday hokim hukumat yurguzishga yaroqsiz” – deb takidlaydi Amir Temur “tuzuklar” ida. Shunday qilib maskur vazirlar orqali markaz joylardagi moliyaviy, soliq, ijtimoiy holat masalalari bo’yicha to’g’ridan – to’g’ri ma’lumot olib turgan. Shuningdek suyurg’ol egalari o’zlariga tortiq qilingan joylardagi aholidan olinadigan soliqlarning ma’lum bir qismini o’zlari olgan.
Suyurg’ol egalariga o’z yeri doirasida amaldorlar tayinlash, soliqlar va turli to’lovlarni to’plash hamda ayibdorlarni jazolash huquqi berilgan. Amir Temur o’z piri Sayyid Barakaga Andxudni tortiq qilgan. ,,A.Samarqandiyning yozishicha Shohruh davridan Xorazm – Shohmalikning; Farg’ona – Mirzo Ahmadning; Tus – Mashhad, Obivard va Nisoni o’z ichiga olgan.
Xuroson-Boysung’ur Mirzoning, Qobul, G’azna va Qandaxor viloyatlari esa, Mirzo Qaydu Bahodirning suyurg’oli edi. Suyurg’oli egasi markazga bo’ysunmagan taqdirda, suyurg’oldan mahrum qilishardi. Shuningdek, markazga bo’ysunmagan Mirzo Iskandarni 1414-yilda, Mirzo Boyqaroni Shohruh suyurg’ollaridan mahrum qilgan”. Shuni ta’kidlash joizki, Temur davlatida ham ,,g’alla g’aram qilinmasdan burun soliq to’plash qat’iyan man etilgan. Soliq uch muddatda saraton (iyun-iyul), sunbula-mezon (avgust, sentabr) va qavs (noyabr) oylarida yig’ilar edi. Soliq yig’ishda dehqon, chorvadorga, bog’bonga zug’um qilmasliklari zarur edi.
Shuningdek, soliq va boshqa to’lovlarni undirishda me’yordan chiqish, aholi noroziligiga sabab bo’luvchi ishlarga qo’l urish umuman saltanat qudratiga putur yetkazish turgan gap edi. Shuning uchun ham markaz joylarda o’z vakillariga ega bo’lish tabiiy hol bo’lgan. Shuni ta’kidlash joizki, ,,mahalliy boshqaruvda shahar, tuman miqyosidagi boshliqlar dorug’a, qal’a boshlig’i qutvol deb nomlangan. Hokim esa shahar fuqaroviy boshliq kadxuda (qishloq oqsoqoli), kalantar (mahalla oqsoqoli), zakotchi (soliq yig’uvchi)”.
Davlat tashkil qilishning dastlabki yillaridayoq, (1370-yili) qurultoyda harbiy qo’shin birlashmalariga hayot va urushlar sinovidan o’tgan amirlar: Jaki-Barlos, Xoji Sayfuddin Abbos-Bahodir, Alayka-Kachin, Ardasher tavoji va Qori-inoqlar bosh qilib tayinlangan edi. Mazkur davrda davlat apparatini shakllantirish va uni qurishda qonun va tartiblar tarzida Temur tuzgan tuzuklar muhim rol o’ynagan. ,,Bu tuzuklardan, deb yozadi muallif kelajakda saltanat ishlarini boshqarishda qo’llanma sifatida foydalanganlar”.
Tarixdan ma’lumki, har bir jamiyat o’ziga munosib yo o’zi munosib bo’lgan hukmdorga ega bo’ladi. Amir Temur davri qonunchiligi nafaqat uning shaxsiyati balki, o’sha jamiyat dunyoqarashi, odatlari, talab va imkoniyatlari kabilar bilan bo’g’liq bo’lgani aniq. Sohibqiron ,,davlat ishlarini saltanat qonun qoidalariga..to’ro-tuzukka tayanib, amirlar, vazirlar, sipoh, raiyyat har birini o’z lavozimiga va martabasiga qarab boshqardim” deb ko’rsatgan. ,,Garchi bir qaraganda haqiqatan ham Amir Temur boshqargandek tuyulsa-da va bunda haqiqat bor, ammo shu bilan birga aslida jamiyat va saltanat shariat va to’ro-tuzuklar, ya’ni o’z davri qonunchiligi asosida boshqarilgan”.
Amir Temur o’z tuzuklarini ishlab chiqib hayotga tadbiq qilar ekan, boshqaruvda eng avvalo, bir narsani-jamiyatda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy qonuniy asosga qo’yishni mo’ljal qilgan. Bunda oliy hukumdor-davlat rahbari oldida turgan ma’suliyatni ham unutmagan. Uningcha davlat rahbari bir so’zli o’z ishini o’zi bilib qilishi, xolis o’zi va atrofdagilarga adolatli bo’lish qat’iylik bilan ish yuritish, fikrlar hilma xilligidan cho’chimasligi qiziquvchan bo’lmasligi, mulohaza bilan ish yuritishi lozim. Amir Temurning siyosati amalga oshirishda ,,davlat ishlarining to’qqizi umumiy kengash tadbir va mashvarat, qolgan bir ulush esa qilich bilan bajo keltirishini angladi”-deb ko’rsatgan. Uning bayrog’i esa doimo siyosat va tadbir bo’lib kelgan. Uning hatrbiy siyosatda bosh maqsad-qudratli davlat va siyosat barpo etish ishiga xizmat qilgan. Amir Temur lashkarida qat’iy xizmat va tashkiliy intizom o’rnatilgan, kim nima bilan shug’ullanish nimaga javob berishini aniq ko’rsatib qo’yilgan.
Amir Temur bo’lajak harbiy tadbirlarga eng avvalo, tinchlik sharoitida, lashkarni har jihatdan ta’minlash, u to’g’rida qayg’urish orqali tayyorgarlikni ko’rib qo’ygan. Demak, Amir Temur harbiy siyosati, eng avvalo, davlatni mustahkamlash, havfdan saqlashga yo’naltirgan bo’lib, bu siyosatni puxta yo’lga qo’yishda masalaning iqtisodiy, tehnikaviy, ilmiy, tashkiliy tomonlariga katta e’tibor bergan. Shunday qilib, biz Amir Temur davri davlati boshqaruvi, qonunchiligi, harbiy san’ati masalalariga oid mulohazalarni bildirdik. Bu mulohazalar shubhasiz, davlat qudrati va jamiyatni iqtidorli etishga qaratilgandir.
Amir Temur davlat boshlig’i sifatida mamlakat iqtisodiyotini eng asosiy masala deb bildi. Shu boisdan ham uningcha ,,insonni yer boqadi, yerni millat, sug’orishi lozim”. Sohibqiron bu masalani davlat siyosati darajasiga chiqardi. ,,Obodonchilikka yaraydigan biron parcha yerning bo’lishini ravo ko’rmasdi. U Movaraunnahr, Xuroson va boshqa o’lkalarda suv chiqarib obodonchilik qilib yangi yerlar ochish, bog’lar barpo etish kabi muhim tadbirlarni amalga oshirdi. Amir Temur davrida Samarqand, Shahrisabz va boshqa tumanlarda ariqu-qanallar qazdirdi. Daraxtzorlar , ekinzorlar, bog’-rog’lar yashnab, to’kin-sochinlik yuzaga keldi. Xurosondagi Murg’ob daryosi vodiysida daryodan 20 ta qanal qazdirib suv chiqartirgan. Shuningdek Ozarbayjonda ham sun’iy sug’orish tizimlarini bunyod qilgan.
Temur davrida hunarmandchilik, ishlab chiqarishga keng yo’l ochilgan. Ip, ipak, jundan gazlamalar to’qish, matolar to’qish va kiyim-kechaklar tikilgan. Qurolsozlik, oynasozlik, duradgorlik, tosh yo’nuvchilik, zargarlik, ko’nchilik va kulolchilik sohalari yuqori saviyada rivoj topgan. Ta’kidlash joizki, zardo’zlik hunarmandchiligi Ispaniya elchisini lol qoldirgandi.